Geografiya fanidan test
1. Dunyoning eng baland nuqtasini belgilang.
A) Jamolungma B) Tirichmir C) Qoyali tog’lar D) Elbrus
2.Quyidagilardan ichki dengizni aniqlang.
A) Sargasso dengizi B) Qora dengiz C) Filippin dengizi D) Barens dengizi
3. Shimoliy yarimsharning “sovuqlik qutbi”ni toping.
A) Islandiya B) Taymir C) Oymyakon D) Chukotka
4. Tinch okeaniga quyiladigan daryo? A)Dajla B)Yenisey C) Amur D)Dunay
5. Shimoliy Amerikaning tub joy aholisini toping.
A) aborigenlar B) pigmeylar C) aleutlar D) berberlar
6.”Sayyoh olimlar” asarining muallifi kim? A) T.Zohidov B) Xorazmiy C) H.Hasanov D) Farg’oniy
7.Yevropadagi tog’ni belgilang? A) Alp B) And C) Tibet D) Tyanshan
8.Yer sharida balandligi 8000 metrdan ortiq bo’lgan nechta cho’qqi bor?
A) 5 ta B) 7ta C) 11ta D) 14 ta
9.Nelson daryosi qayerga quyiladi?
A) Tinch okeaniga B) Gudzon qo’ltig’iga C) Shimoliy Muz okeaniga D)Meksika qo’ltig’iga
10.Dunyodagi eng uzun g’or? A) Kili B) Flinders C) Katta Kanyon D) Flint – Mamont
11.Dunyoning eng yirik orolini toping qaysi okeanda joylashgan?
A)Madagaskar B) Saxalin C) Grenlandiya D) Tasmaniya
12. Eng past va eng quruq materik ?
A) Janubiy Amerika B) Antarktida C) Afrika D) Avstraliya
13. Afrikaning eng past ( - 153 m.) yerini toping.
A) Assal ko’li B) Kattara botig’i C) Chad ko’li D) Somali yarim oroli
14. Dunyodagi iqlim mintaqalari eng kam, eng sayoz okean qaysi?
A)Tinch B)Atlantika C)Hind D)Shimoliy Muz okeani
15.Afrika tabiatini o’rgangan marokashlik mashhur sayyohni toping.
A) D.Livingston B) Ibn Battuta C)B.Diash D)G.Stenli
16.Afrikaning sharqidagi orolni toping.
A)Madagaskar B) Madeyra C) Kanar D) Kipr
17. Shimoliy Muz okeanni yevropaliklar qadimda nima deb atashgan?
A) Abba-Sind B) Atlant C) Paleotin D) Giperborey
18. Hind okeanining chuqurligini kim aniqlagan?
A) F.Nansen B) J.Kuk C) B.Varenius D)A.Tasman
19. Afrikaning mashhur milliy bog’ini toping.
A) Olekmin B) Serengeti C) Pinega D) Natur
20. Dunyodagi eng uzun daryoni aniqlang. A) Amazonka B) Kongo C) Dunay D) Nil
21. Maydonining kattaligiga ko’ra dunyoning uchinchi davlati qaysi?
A) Xitoy B) Kanada C) Rossiya D) AQSh
22.O’zbekiston hududidan oqib o’tadigan daryolarni toping.
A) Irtish va Zarafshon B) Amudaryo va Sirdaryo C) Norin va Amur D) Murg’ob va Panj
23. Hosil bo’lishiga ko’ra tektonik ko’llarni aniqlang.
A) Orol va Kaspiy B) Jeneva va Baykal C) Onega va Sarez D) Jeneva va Issiqko’l
24.Aholisining soniga ko’ra dunyoning birinchi davlati qaysi?
A)AQSh B)Rossiya C)Kanada D) Xitoy
25.Yevropadagi yarimorolni toping.
A) Apennin B) Arabiston C) Hindixitoy D)Somali
26.Osiyodagi qo’riqxonani belgilang.
A)Belovej B) Serengeti C) Chotqol D) Natur
27. O’rta Osiyo tabiiy- geografik o’lkasining eng past nuqtasini aniqlang.
A)Mingbuloq botig’I B) Turfon botig’i C) Qoragiyo botig’i D) O’lik dengiz
28.Gerlaxovski-Shtit ch’oqqisi qaysi tog’da joylashgan?
A) Alpda B) Karpatda C) Uralda D) Pomirda
29.Quyidagilardan tundra zonasidagi hayvonni aniqlang.
A) Puma B) Lama C) Qor qoploni D) Shimol bug’usi
30.Yevrosiyo nechta tabiiy- geografik o’lkaga ajratilgan?
A) 3 ta B) 7 ta C) 12 ta D) 14 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |