8 - sinflar uchun geografiya fanidan “Bilimlar bellashuvi” uchun
T E S T S A V O L L A R I
1. O’zbekistonning umumiy yer maydoni qancha?
a) 447,4 ming km2 b) 448,9 ming km2
c) 449,1 ming km2 d) 26,1 ming km2
2. O’zbekistonda dehqonchilikda foydalaniladigan yer maydoni necha gektar?
a) 26,1 mlnga b) 5 mlnga
c) 4 mlnga d) 1 mlnga
3. O’zbekiston aholi soni bo’yicha jahonda nechanchi o’rinda?
a) 35 b) 39
c) 38 d) 40
4. O’zbekiston aholisida o’zbeklar ulushi necha foiz.
a) 71% b) 80%
c) 75% d) 69%
5. Mamlakatimizda qancha shahar bor?
a) 100 ta b) 110 ta
c) 120 ta d) 113 ta
6. 1 kg yoqilg’i yonganda 7 ming kkal energiya beradigan, issiqlik koefitsenti bir deb qabul qilingan yoqilg’iga nima deyiladi?
a) yoqilg’i boyligi b) shartli yoqilg’i
c) Issiqlik koeffitsenti d) yoqilg’i sarfi
7. O’zbekistonda aniqlangan gaz zahiralari qancha?
a) 2 trillion kub b) 3 trillion kub
c) 5 trillion kub d) 4 trillion kub
8. O’zbekiston yiliga qancha neft qazib chiqarmoqda?
a) 5-6 mln ton b) 6-7 mln ton
c) 7-8 mln ton d) 8-9 mln ton
9. O’zbekistonda asosiy ko’mir zahiralari nechta konda to’plangan?
a) 2 ta b) 3 ta
c) 4 ta d) 1 ta
10. O’zbekistonda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi qaysi shaharda joylashgan?
a) Toshkent b) Navoiy
c) Chirchiq d) Farg’ona
11. Mamlakatimizda yuqori sifatli ammafos ishlab chiqaruvchi korxona qayerda barpo etilgan?
a) Samarqand b) Muborak
c) Chirchiq d) Olmaliq
12. Temir rudasi qazib chiqarish, cho’yan, po’lat eritish, prakat va ferrqotishmalar ishlab chiqarish qaysi tarmoqqa xos?
a) rangli metallurgiya b) qora metallurgiya
c) mashinasozlik d) yoqilg’i
13. Mamlakatimizda qora metallurgiyaning yagona korxonasi Bekobod matallurgiya zavodi qachon ishga tushgan?
a) 1941 y b) 1944 y
c) 1946 y d) 1950 y
14. Rangli metallar necha guruhlarga bo’linadi?
a) 3 ta b) 5 ta
c) 2 ta d) 4 ta
15. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nima ishlab chiqarishga ixtisoslashgan?
a) Oltin b) qo’rg’oshin
c) mis d) molibden
16. Yevrosiyodagi eng katta oltin koni qaysi?
a) Chodak b) Zarmitan c) Marjonbuloq d) Murontov
17. O’zbekistonda mashnasozlikning qaysi tarmog’i rivojlangan?
a) Avtomibilsozlik b) kimyo mashinasozlik
c) qishloq xo’jalik mashinasozlik d) Samalyotsozlik
18. Respublikamizda irrigatsiya mashinasozligi markazi qaysi shahar hisoblanadi?
a) Toshkent b) Andijon
c) Samarqand d) Chirchiq
19. Asaka yengil avtomobillar zavodi qachon ishga tushdi?
a)1996 yil b)1991 yil
c)1998 yil d)1999yil
20. O’zbekiston oltin qazib chiqarish bo’yicha dunyoda nechanchi o’rinda turadi?
a)7 b)8
c)9 d)10
Javobi yoziladigan test
21. O’zbekistonda mis konlari soni nechta?
Javobi _________________________
22. Mamlakatimizda kimyo sanoatining asosiy mahsulotii nima?
Javobi _________________________
23. O’zbekistonda bir yilda qancha elektr energiyasi ishlab chiqariladi?
Javobi _________________________
24. Mamlakatimizda qazib olinayotgan ko’mir miqdori qancha?
Javobi _________________________
25. Ishlab chiqarishning yirik korxonalarida to’planishi nima deyiladi?
Javobi _________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |