2) Daryo deb nimaga aytiladi ?
O’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqadigan suv oqimiga
3) Daryo boshlanadigan joy uning nimasi hisoblanadi ?
Manbayi
4) Bosh daryoga yon tomonlardan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga nima deb ataladi
Irmoqlar
5) Daryo sistemasi nima ?
Bosh daro o’zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi
6) Daryo mansabi deb nimaga aytiladi ?
Daryoning okean , dengiz , ko’l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyiga
7) Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoniga nima deyiladi ?
Drayo havzasi
8) Qo’shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara nima deb ataladi ?
Suvayirg’ich
9) Amazonka havzasining maydoni qancha ?
7 mln km2
10) Sirdaryo Tyanshan tog’larida necha metr ga yaqin balandlikdan Norin nomi bilan boshlanadi ?
5000 metrdan
11) Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikadagi Churun daryosidagi Anxel sharsharasi bo’lib uning balandligi qancha ?
1054 metr
12) Eng ser suv sharsharalardan biri Niagara sharsharasi qaysi materikda joylashgan ?
Shimoliy Amerika
13) Niagara sharsharasining suvi necha metr balandlikdan otilib tushadi ?
48 metr
14) Afrikadagi Viktoriya sharsharasi suvi necha metr balandlikdan otilib tushadi ?
120 metr
19-mavzu . Ko’l va muzliklar . Yer osti suvlari
1) Tabiiy chuqurlikda to’planib qolgan suvga nima deb ataladi ?
Ko’l
2) Yer yuzidagi eng kata ko’l Kaspiy ko’li bo’lib uning maydoni qanchaga teng ?
376 ming km2
3) Eng chuqur ko’l Baykal bo’lib uning chuqurligi qanchaga teng ?
1620 metr
4) Yer po’stining yorilishidan vujudga keladigan ko’llar qanday ko’llar hisoblanadi ?
Tektonik ko’llar
5) Baykal ko’liga qanchadan ortiq daro quyiladi ?
300 dan
6) Angara daryosi qaysi ko’ldan oqib chiqadi ?
Baykal ko’lidan
7) Dunyodagi eng sho’r ko’l Arabiston yarimorolidagi O’lik dengiz bo’lib uning 1 litr suvida qancha miqdorda tuz mavjud ?
270 grammgacha tuz mavjud
8) Tyanshan va Pomir tog’laridagi muzliklar necha metr balandda hosil bo’ladi ?
3500 metr
9) Qor yig’iladigan va muzlik hosil bo’ladigan balandlikning quyi chegarasi nima deyiladi ?
Qor chizig’i
10) Dunyodagi eng kata orol Grenlandiya orolidagi muzliklarning qalinligi qanchagacha yetadi ?
4 ming metrgacha
11) Aysberg so’zining ma’nosi qanday ?
Gollandcha ‘’ iys ‘’ – muz , nemischa ‘’ berg ‘’ - tog’
12) Antarktida qirg’oqlari yonida kuzatilgan kata aysbergning hajmi qanday edi ?
Uzunligi 170 km , eni 45 km , qalinligi 200 m bo’lgan
13) Yer po’sti yuza qismidagi tog’ jinslarining g’ovak , bo’shliq va yoriqlaridagi suvlar qanday suvlar hisoblanadi ?
Yer osti suvlari
Do'stlaringiz bilan baham: |