Geografiya Fan Oyligini O’tkazish Bo’yicha Metodik Tavsiyalar


Fan oyligini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi



Download 45,5 Kb.
bet2/4
Sana19.08.2021
Hajmi45,5 Kb.
#151797
1   2   3   4
Bog'liq
Geografiya Fan Oyligini

Fan oyligini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi

  1. Geografiya fan oyligining boshlanishi va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimini DTS va o‘quv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmada taxlil qilish (jadval va diogrammalar asosida);

  2. Maktablarning pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi, geografiya xonasining geografik xaritalar, globuslar, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv atlaslari bilan ta’minlanganligini nazorat qilish;

  3. Maktabda“Mustaqilligimizning 21 yilligi”ga va fan yangiliklariga doir qiziqarli devoriy gazetalar chiqarish, masalan “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod  Vatan”, 2012 yil “Mustahkam oila yili», «Mustaqil O‘zbekiston 21 yoshda», «Betakror go‘shalar», kabi mavzularda. Devoriy gazetalarning sahifalarida Respublikamizning 21 yil davomida iqtisodiy va siyosiy sohalarda erishgan yutuqlari, fanga oid qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, qiziqarli boshqotirmalar va  viktorina savollarini  berish;

  4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining  2012-2013 o‘quv yilida  umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geografiya fanidan o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi va olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida  aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun o‘qituvchilarga mavzular yuzasidan  dars davomida ko‘proq ularni xarita va o‘quv atlaslari bilan ishlashlarini yo‘lga qo‘yish, 5-7 sinflarda olgan bilimlari, hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalari asosida quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ochiq darslar o‘tkazish. Jumladan:

   Yo‘nalish azimuti va masofani aniqlashda, geografik xaritalar, xarita masshtabini aniqlab topishda, Litosfera, Yerning qobiqli tuzilganligi, Yer po‘sti harakatlari, materik va okeanlarning paydo bo‘lishi, Dunyo okeani, okean suvinnig sho‘rligi, haroratini aniqlashda, havo harorati va bosimini aniqlab topishda, okean oqimlarini ajratib berishda o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar vujudga kelgan.Ushbu bo‘shliqlarni bartaraf etishda yuqorida ko‘rsatilgan mavzular yuzasidan  amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo‘llash.

  1. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida barcha maktablarda «Geografiya maydonchasi»ni tashkil qilish va o‘quvchilar bilan olib borilayotgan amaliy kuzatuv mashg‘ulotlarining asosida«Geografiya maydonchasidan olingan ma’lumotlar» mavzusida foto ko‘rgazma tayyorlash;

  2. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining sifatini oshirish, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;

  3. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda o‘qituvchi va   o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish;

  4. Fan oyligini tashkil etish orqali fan uyushmalari va metodbirlashmalari faoliyatining samaradorligini oshirish;

  5. O‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish o‘z iqtidorlari va hosil bo‘lgan malakalari asosida kasb yo‘nalishlarini tanlashda, o‘z o‘lkasining tarixi, tabiiy va iqtisodiy geografiyasi, arxeologik va madaniy yodgorliklari, tabiat muhofazasi, madaniy  va milliy merosimizni o‘rganishlariga,ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularni  tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshirish bilan birga, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashlariga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga qaratilgan, maktablarda tashkil etilgan“Yosh o‘lkashunos”, “Yosh sayyoh”, “Muzeyshunoslik” to‘garaklarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda hamkorlik texnologiyasiga amal qilish;

  6. Geografiya fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida sinflar va maktablararo“Mening o‘lkam”, «Nima, qachon, qaerda», «Yosh geograflar bellashadi” kabi mavzularda fan bilimdonlari o‘rtasida  bahs-munozalarni tashkil etish;

  7. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish kabilardir.


Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish