27-§. OKEANIYA DAVLATLARI
1.
Okeaniya Tinch okeanining qaysi qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan?
A) Janubi-sharqiy va markaziy
B) Shimoliy-g‘arbiy va markaziy
C) Janubi-g‘arbiy va markaziy
D) Shimoliy -sharqiy va markaziy
2.
Okeaniya mintaqasini umumiy maydoni qancha? A) 1,55 mln km² B) 1,26 mln km²
C) 2,25 mln km² D) 2,55 mln km²
3.
Okeaniya mintaqasida qancha aholi istiqomat qiladi?
A) 11 mln kishi B) 14 mln kishi
C) 8 mln kishi D) 17 mln kishi
4.
Okeaniyaning tarkibida nechta turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud?
A) 20 ga yaqin B) 30 ga yaqin
C) 40 ga yaqin D) 45 ga yaqin
5.
Okeaniyada nechta mustaqil davlat bor?
A) 10 ta B) 11 ta C) 13 ta D) 15 ta
6.
Okeaniya siyosiy xaritasidagi federativ davlatni belgilang.
A) Guam B) Amerika Samoasi
C) Tonga D) Mikroneziya Federativ shtatlari
7.
Okeaniya siyosiy xaritasidagi monarxiya davlatni belgilang. Tonga
A) Guam B) Amerika Samoasi
C) Tonga D) Mikroneziya Federativ shtatlar
8.
Okeaniyadagi AQSHni mustamlaka hududlari qaysilar?
A) Norfolk, Ashmor , Guam,
B) Amerika Samoasi, Guam, Kingmen rifi
C) Norfolk, Ashmor va Kartye
D) Amerika Samoasi, Guam ,Yangi Kaledoniya
9.
Pitkern oroli qaysi davlatga tegishli hudud?
A) Avstraliya B) AQSH
C) Fransiyaga D) Buyuk Britaniya
10.
Norfolk, Ashmor va Kartye orollari qaysi davlatga tegishli hudud?
A) Avstraliya B) AQSH
C) Fransiya D) Buyuk Britaniya
11.
Okeaniyadagi Fransiyaga tegishli bo’lgan hududni aniqlang.
A) Norfolk, Yangi Kaledoniya
B) Fransuz Polineziyasi, Yangi Gvineya
C) Norfolk, Ashmor
D) Fransuz Polineziyasi Yangi Kaledoniya
12.
Yangi Zelandiya,Yangi Gvineya,Yangi Kaledoniya orollari Okeaniya hududining
qanchasini egallaydi?
A) 65 % B) 75 % C) 87% D) 95 %
13.
Okeaniyada nisbatan yirik orollar asosan mintaqaning qaysi qismida joylashgan?
A) Janubi-sharqiy B) Janubi-g‘arbiy
C) Shimoliy-g‘arbiy D) Shimoliy -sharqiy
14.
Tinch okean akvatoriyasining qancha qismini Okeaniya orollari tashkil qiladi?
A) 1/2 B) 1/3 C) 2/5 D) 2/4
15.
Okeaniya mintaqasida yog‘in miqdori qancha?
A) 500–400 mm B) 1000–3000 mm
C) 800–1000 mm D)1500–4000 mm
16.
Okeaniya mintaqasida o’rtacha harorat qancha?
{ 266 }
A) +24° C, +28°C B) +22° C, +25°C
C) +20° C, +23°C D) +27° C, +30°C
17.
Okeaniyaning eng yirik daryolari qaysilar?
1-Darling; 2-Sepik;3-Myurrey; 4-Flay; 5-Uaikato
A) 1,3,4 B) 2,4,5 C) 1,4,5 D) 2,3,4
18.
Sepik daryosini uzunligi qancha?
A) 1050 km B) 425 km C) 1126 km D) 525 km
19.
Flay daryosini uzunligi qancha? 1050 km
A) 1050 km B) 425 km C) 1126 km D) 525 km
20.
Uaikato daryosini uzunligi qancha?
A) 1050 km B) 425 km C) 1126 km D) 525 km
21.
Okeaniya mintaqasida nikel qaysi mamlkatdan qazib olinadi?
A) Fidji B) Papua-Yangi Gvineya
C) Nauru D) Yangi Kaledoniya
22.
Okeaniya mintaqasida neft va gaz qaysi mamlkatlardan qazib olinadi?
A) Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya
B) Yangi Kaledoniya, Nauru
C) Papua-Yangi Gvineya, Fidji
D) Yangi Kaledoniya, Yangi Kaledoniya
23.
Okeaniya mintaqasida mis qaysi mamlkatdan qazib olinadi?
A) Fidji B) Papua-Yangi Gvineya
C) Nauru D) Yangi Kaledoniya
24.
Okeaniya mintaqasida oltin qaysi mamlkatlardan qazib olinadi?
A) Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya
B) Yangi Kaledoniya, Nauru
C) Papua-Yangi Gvineya, Fidji
D) Yangi Kaledoniya, Yangi Kaledoniya
25.
Okeaniya mintaqasida fosfat qaysi mamlkatdan qazib olinadi?
A) Fidji B) Papua-Yangi Gvineya
C) Nauru D) Yangi Kaledoniya
26.
Dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda qanday mineral resurslar qazib olinadi?
A) Oltin-kumush qotishmalari, kobalt
B) Temir-marganes qotishmalari, kobalt
C) Oltin-kumush qotishmalari, nikel
D) Temir-marganes qotishmalari, nikel
27.
Okeaniya orollarida asosan qaysi irqqa mansub xalqlar yashaydi?
A) Yevropoid B) Mongoloid
C) Avstraloid D) Negroid
28.
Okeaniya orollarida yashovchi Avstraloid irqiga mansub xaqlarni belgilang
1-polinez; 2-aleut; 3-melanez; 4-atapaskan;
5-mikronez; 6-indiyes; 7-papuaslar
A) 1,4,5,6, B) 1,3,5,7
C) 2,3,4,7 D) 2,4,5,6
29.
Okeaniya mintaqasida asosan muloqotda qaysi tillardan foydalaniladi?
A) ispan, portugal B) ingliz, fransuz
C) ispan, fransuz D) ingliz, portugal
30.
Okeaniya aholisining asosiy faoliyat sohasi aniqlang.
A) Kon qazib olish B) Mashinasolik
C) Metallugiya D)Qishloq xo‘jaligi
31.
Okeaniya mintaqasi qishloq xo‘jaligida eksportbop monokul’tura ekinlarini qaysi turalri
yetishtiriladi? 1-paxta; 2-kokos palmasi; 3-apelsin;
4-shakarqamish; 5-ananas; 6-choy;
7-banan; 8-kofe; 9-zaytun; 10-kakao
{ 267 }
A) 1,4,5,7,9,10 B) 2,4,5,7,8,10
C) 1,2,6,7,8,9 D) 2,3,6,7,9,10
32.
Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra(quritilgan kokos)eksportini necha foizini beradi?
A) 8% B) 10% C) 15% D) 18%
33.
Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha ananas hosilining necha foizni beradi?
A) 65% B) 70% C) 90% D) 95%
34.
Okeaniyada chorva mollari soni bo‘yicha qaysi davlat yetakchilik qiladi?
A) Fidji B) Yangi Zelandiya
C) Tonga D) Mikroneziya Federativ shtatlari
35.
Okeaniya mintaqasidagi sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hudularni aniqlang.
A) Papua-Yangi Gvineya, Nauru
B) Yangi Kaledoniya, Solomon orollari
C) Yangi Zelandiya ,Tonga
D) Fidji,Solomon orollari
36.
Okeaniya mintaqasida qaysi davlat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra oldingi
o‘rinda turadi?
A) Fidji B) Yangi Kaledoniya
C) Tonga D) Yangi Zelandiya
37.
Okeaniya mintaqasidagi qaysi davlat ikkita yirik (Shimoliy va Janubiy orollar) va 700
dan ortiq kichik orollardan tashkil topgan?
A) Fidji B) Yangi Kaledoniya
C) Tonga D) Yangi Zelandiya
38.
Yangi Zelandiya hududining necha foizi dengiz sathidan 2000 m balandda joylashgan?
A) 45% B) 55% C) 75 % D) 85%
39.
Yangi Zelandiya hududida qanday mineral resurslar tarqalgan?
A) Oltin, kumush, tabiiy neft, ko‘mir, turli rangli metallar
B) Oltin, kumush, tabiiy gaz, ko‘mir, turli rangli metallar
C) Oltin, olmos, tabiiy neft, ko‘mir, turli rangli metallar
D) Oltin, kumush, platina, ko‘mir, turli rangli metallar
40.
Yangi Zelandiyada nechta daryo mavjud?
A) 25 dan ortiq B) 30 dan ortiq
C) 40 dan ortiq D) 50 dan ortiq
41.
Yangi Zelandiya nechta ko’l mavjud?
A) 2280 ta B) 3280 ta
C) 4280 ta D) 5280 ta
42.
Yangi Zelandiya iqtisodiyoti rivojlanishida qanday tuproqlar katta ahamiyatga ega?
A) Qizil-sariq ferrolit, och bo’z, tog‘ tipli
B) To‘qo‘ng‘ir, sariq-qo‘ng‘ir, tog‘ tipli
C) Chimli-podzol, sur-qo’ng’ir, tog‘ tipli
D) Toshloq shag’alli va tog’ botqoq
43.
Yangi Zelandiya necha gektarga yaqin o‘rmon hududlari ham bor?
A) 1,5 mln B) 2 mln C) 2,5 mln D) 3 mln
44.
Yangi Zelandiyada sanoatning qaysi tarmoqlari yaxshi rivojlangan?
A) Konchilik, metallurgiya, yoqilg‘i energetika va oziq-ovqat
B) Konchilik, mashinasozlik, yoqilg‘i energetika va oziq-ovqat
C) Konchilik, neft-kimyo, yoqilg‘ie ner getika va oziq-ovqat
D) Konchilik, elektrotexnika, yoqilg‘ie ner getika va oziq-ovqat
45.
Yangi Zenlandiyani qaysi shaharlarini davlatning eng yirik iqtisodiy markazlari sifatida
ko‘rish mumkin?
1-Sidney; 2-Oklend; 3-Melbrun; 4-Gamilton;
5-Vellington; 6-Kanberra
A) 1,2,5 B) 1,3,6 C) 2,4,5 D) 2,5,6
46.
Yangi Zelandiyaning yagona millioner shaharini belgilang.
{ 268 }
A) Gamilton B) Oklend
C) Vellington D) Kanberra
Do'stlaringiz bilan baham: |