Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Geografi k  prognoz
  deb,  tabiiy  muhit  va  hududiy  ishlab  chiqarish 
majmualarining  o‘zgarishidagi  asosiy  yo‘nalishlarni  ilmiy  jihatdan  ol-
dindan  asoslab  berishga  aytiladi.
Geografi k  prognozlar  bir  necha  variantlarda  amalga  oshiriladi.  Ular-
dan  avvaliga  nisbatan  yaxshi  bo‘lgan  bir  nechtasi,  keyinchalik  esa  eng 
maqbul  varianti  tanlab  olinadi  va  mazkur  variant  asosida  barcha  hi-
sob-kitob  ishlari  bajariladi.
Geografi k  prognozlar  turli 
muddatlarga
  tuziladi.  Shuning  uchun 
prognozlar  muddatiga  ko‘ra,  quyidagi  turlarga  bo‘linadi: 
operativ prog-
noz 
1  oy  muddatga
,
 
qisqa muddatli prognoz
  1  oydan  1  yilgacha, 
o‘rta 
muddatli prognoz
  1  yildan  5  yilgacha, 
uzoq muddatli prognoz
  5  yildan 
15  yilgacha, 
juda uzoq muddatli prognozlar
  15  yildan  ko‘proq  muddat-
ga  ishlab  chiqiladi.
Tabiiy  geografi k  prognozni  amalga  oshirish  uchun  geotizimlar  kom-
ponentlarining  prognozli  xossalarini  aniqlab  olish  talab  etiladi.  Ma’lum 
bir  joyning  relyefi ,  tog‘  jinslari,  tuproqlari,  suvlari,  o‘simligi  va  hay-
vonot  dunyosi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘ladi.  Bu  xususiyatlar 
haqidagi  ma’lumotlar  tabiiy  geografi k  prognozlarda  ishlatiladi.
Geotizimlar  komponentlarining  tabiiy  muhit  ifl oslanishini  kamaytirish 
xususiyatlari  quyidagilardan  iborat:
1. 
Relyef.
  Botiqlar  texnogen  mahsulotlarni  (chiqindilarni)  to‘plov-
chidir.  Balandliklar  esa  ularni  tarqatib  yuboruvchidir.  Yonbag‘irlar 
qiyaligi  ularning  parchalanish  darajasi,  zichligi,  yerosti  suvlarining 
harakatiga  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sir  qilishi  mumkin.
2. 
Tog‘ jinslari. 
Suv  o‘tkazadigan,  suv  o‘tkazmaydigan  jinslar,  ular-
ning  qalinligi  tabiiy  muhitga  ta’sir  ko‘rsatadi.
3. 
Suvlar.
  Ularda  erigan  organik  moddalarning  miqdori,  yillik 
oqim  miqdori,  oqim  tezligi  muhim  ahamiyatga  ega.  Oqim  tezligi 
qancha  yuqori  bo‘lsa,  ifloslovchi  moddalar  shuncha  tez  olib  ketila-
di.  Suvdagi  organik  moddalar  og‘ir  metallarning  eruvchanligini  tez-
lashtiradi.
4. 
Tuproqlar.
  Oksidlanish-qaytarilish,  kislotali-ishqorli  sharoit. 
Tuproq  ni  ifl oslovchi  moddalardan  o‘z-o‘zini  tozalash  qobiliyatini  belgi-
lab  beradi.
5. 
O‘simliklar. 
Ifl oslovchi  moddalarni  yutadigan  o‘simliklar  turlari.
Mazkur  xususiyatlar  asosida  tabiiy  muhitning  o‘zgarishini  oldindan 
aytib  berish  mumkin.


65
Geografi k  prognozlar 
sayyoraviy, mintaqaviy
 
va mahalliy
  miqyoslar-
da  olib  boriladi.
Sayyoraviy prognozlar 
ma’lum  bir  hududga  bog‘lanmagan  bo‘lib, 
geografi k  qobiq  doirasidagi,  butun  insoiyatga  daxldor  muammolarga 
bag‘ishlanadi.  Sayyoraviy  geografi k  prognozlarning  asosiy  maqsadi  in-
soniyatning  kelajakdagi  hayotini  va  Yerni  saqlab  qolishga  qaratilgan 
muammolarni  oldindan  prognoz  qilishdir.  Shuning  uchun  ham  muta-
xassis  va  olimlarning  ko‘pchiligi  hozirgi  paytda  butun  dunyo  miqyo-
sida  kelajakda  kutilayotgan  turli  noxush  hodisalarni  prognoz  qilish  bi-
lan  shug‘ullanadi.  Atmosfera  havosining  ifl os lanishi,  ozon  qatlamining 
yupqalanishi,  «issiqxona  samarasi»ning  vujudga  kelishi,  cho‘llashish 
jarayoni,  gidrosferaning  ifl oslanishi  va  toza  ichimlik  suvi  muammosi 
shular  jumlasidan.  Insoniyatning  kelajakdagi  hayoti  yuqoridagi  muam-
molarning  qanday  prognoz  qilinishi  va  bartaraf  etilishiga  bog‘liq. 
Mintaqaviy prognozlar
  biron  mintaqa  doirasida  bir  nechta  davlatlar-
ga  daxldor  muammolarning  kelajakdagi  o‘zgarishini  oldindan  asoslab 
berishga  qaratiladi.  Jahonning  xo‘jaligi  yuksak  darajada  rivoj langan 
qismlarida  jamiyat  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  munosabatlar  o‘ta  keskin-
lashdi.  Buning  oqibatida  turli  xil  ekologik  muammolar  yuzaga  keldi, 
natijada  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlar  murakkablashdi.  Mazkur  mintaqa-
larga  O‘rta,  Boltiq,  Shimoliy,  Qora  dengizlar,  Meksika,  Fors  qo‘ltiqlari 
va  boshqa  joylar  kiradi.  Ushbu  joylarda  neft  tashilishi,  daryolar  orqali 
turli  xil  zararli  moddalarning  oqib  kelishi,  turli  sanoat  chiqindilarining 
dengizlarga  tashlanishi  natijasida  tobora  ifl oslanib  bormoqda.  Oqibat-
da  dengiz  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosiga  katta  zarar  yetkazilmoq-
da,  dengiz  qirg‘oqlarining  rekreatsion  imkoniyatlari  cheklanmoqda  va 
aholining  yashash  sharoiti  yomonlashmoqda.
Mahalliy  geografi k  prognozlar
.  Ma’lum  bir  muhandislik  inshoo-
ti  yoki  inshootlar  guruhining  tabiiy  muhitga  ta’sirini  oldindan  asoslab 
berish  mahalliy  geografi k  prognoz  deb  ataladi.  Tabiatga  ta’sir  etadigan 
muhandislik  inshootlari  sanoat  korxonasi,  suvombori,  shaxtalar,  yo‘llar, 
aerodromlar,  shaharlar  va  boshqalar  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  foydali 
qazilma  koni  ochiq  usulda  qazib  olinadigan  bo‘lsa,  hududda  botiq  ho-
sil  bo‘ladi,  tashlamalar  vujudga  keladi,  yerosti  suvlari  sathi  pasayadi, 
noxush  jarayon  (surilma,  ko‘chki,  o‘pirilma)lar  rivojlanadi,  suv,  tuproq, 
o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  ma’lum  joylarda  butunlay  yo‘qoladi, 
ma’lum  bir  joylarda  esa  katta  o‘zgarishlarga  uchraydi.


66

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish