Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

14-§. GEOGRAFIK BAHOLASH 
 
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazari-
dan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hudud-
ning  yoki  tabiat  komponentining  dehqonchilik,  chorvachilik,  dam  olish, 
qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi. 
Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida 
baholash – 
geografi k baholash
 deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chor-
vachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda 
baholash amalga oshirilishi mumkin.
Geografi k baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
a)  baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo 
vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);
b)  baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘y-
xatini tuzish;
d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi ho-
latini  belgilaydigan  ko‘rsatkichlar  yoki  xossalarni  o‘rganish  va  o‘lchash 
(vodiyning  geologik  tuzilishi,  uzunligi,  kengligi,  balandligi,  yonbag‘irlar 
qiyaligi, suv sarfi , loyqaligi, me’yori va h.k.);
e)  olingan  ma’lumotlar  va  ko‘rsatkichlarni  bir-biriga  taqqoslash  asosi-
da har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, 
geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.);
f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv-
omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);
g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.


60
Tabiiy  geografi k  baholashning  aniq  maqsadiga  ko‘ra  sifat  va  miqdor 
usullaridan  foydalaniladi.  Sifat  ko‘rsatkichlari  qulaylik  darajasiga  qarab 
«juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», 
deb baholanadi.
Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, 
to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qu-
lay emas.
Baholash  miqdor  usulida  sonli  ko‘rsatkichlar  asosida  amalga  oshirila-
di. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi 
bo‘lishi shart. Vegetatsiya davrida havoning + 10° C dan yuqori haroratlari 
yig‘indisi 1000° C gacha bo‘lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun 
yetarli emas, mazkur arpa navi 1000–1400° C da pishadi, 1400–1800° C 
da esa o‘rta pishar, 1800° C dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. 
Ko‘rsatilgan ushbu miqdor ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli 
darajalari hisoblanadi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish