Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

5-rasm

«Qirqqiz»  tabiat  yodgorligi


53
kab  tadbirlar  tizimi  bo‘lib,  ularni  oqilona  tashkil  etish  uchun  quyidagi 
geografi k-ekologik  tamoyillarga  amal  qilinadi.
Geotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik mu-
vozanat tamoyiliga
  ko‘ra,  har  bir  tabiiy  chegaralangan  hududda  jonli 
va  jonsiz  tabiat  orasida  shunday  teng  munosabat  mavjudki,  bunda  ular 
bir-biri  bilan  muayyan  tabiiy  muvozanatda  bo‘ladi.  Lekin,  ulardan  biri-
ning  tashqi  ta’sir  natijasida  buzilishi  uzoq  muddatli  muvozanatni  izdan 
chiqishiga  olib  keladi.  Ekologik  muvozanat  tabiatda  juda  ham  mo‘rt 
bo‘lib,  ko‘p  hollarda  o‘simlik  olamining  qashshoqlanishi,  suv  maromi-
ning  buzilishi  va  tuproq  qoplamining  yemirilishi  bilan  bog‘liq.     
Ekologik  muvozanat  barqarorligi  geotizimlarning  qaysi  taksonomik 
pog‘onadaligiga  bog‘liq.  Masalan,  ekologik  muvozanat  landshaftda  joy-
ga  nisbatan,  joyda  esa  urochishega  nisbatan,  urochisheda  esa  fatsiyaga 
nisbatan  barqaror  hisoblanadi. 
Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyiliga
  asosan 
ishlab  chiqarish  jarayonida  va  kundalik  turmushda  vujudga  kelayotgan 
turli  chiqindilarni  atrof-muhitga  tashlashdan  oldin  ularni  toza lab,  butun-
lay  zararsizlantirish  lozim.  Ushbu  tamoyilning  amaliyotga  tatbiq  etilishi 
ekologik  xavfsizlikni  ta’minlash,  aholi  sog‘lig‘ini  mustahkamlash,  kasal-
lik  keltirib  chiqaruvchi  va  tarqatuvchi  manbalarni  yo‘qotish  va  shu  kabi 
ekologik  muammolarning  oldini  olishda  yuqori  samara  beradi.
Tabiiy resurslardan me’yorga yarasha foydalanish tamoyili
  tabiiy 
resurslarning  ma’lum  miqdorga  egaligi,  ularning  o‘z  miqdori  va  foy-
dalanish  me’yori  mavjud  ekanligiga  asoslanadi.  Ushbu  me’yorga  amal 
qilmaslik  ularning  qashshoqlanishi  va  ifl oslanishiga,  modda  va  ener giya 
almashinuvining  buzilishiga  sabab  bo‘ladi.  Natijada  geotizimlarning  
ekologik  muvozanati  buzilib,  o‘zgarishiga  olib  keladi,  tabiiy  resurslar-
dan  foydalanish  jarayonini  murakkablashtiradi,  sun’iy  taqchilliklarga 
sabab  bo‘ladi.  Masalan,  dehqonchilikda  suvdan  ortiqcha  foydalanish 
tog‘oldi  va  yuqori  terrasa  landshaftlarida  eroziya,  suffoziya,  karst,  su-
rilma  kabi  tabiiy  geografi k  jarayonlarni  tezlashtiradi  yoki  yuzaga  kelti-
radi.  Quyi  terrasalardagi  landshaftlarda  esa  suv  tanqisligi,  botqoqlanish, 
fl ora  va  faunaning  kamayishi  kabi  ko‘plab  ekologik,  iqtisodiy-ijtimoiy 
muammolarni  keltirib  chiqaradi.
Axborotning to‘liqligi tamoyili.
  Geotizimlarning  xususiyatlari  va 
rivoj lanishi  haqida  mutlaqo  ishonchli,  ilmiy  asoslangan  ma’lumotga  ega 
bo‘lmasdan,  uni  o‘zlashtirishga  urinib,  osongina  zarar  keltirish  mum-


54
kin.  Geotizimlar  haqida  aniq  ma’lumotlarga  ega  bo‘lmay  turib,  amalga 
oshi rilgan  tadbirlar  oqibatida  tabiatda  muayyan  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi, 
tabiatning  aks  ta’siri  unga  bo‘lgan  ta’sir  hajmidan  bir  necha  barobar 
oshib  ketishi  mumkin.  Masalan,  Orol  va  Orolbo‘yidagi  ekologik  va  ij-
timoiy-iqtisodiy  muammolar.
Xilma-xillikning zarurligi tamoyili
.  Tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiat-
dan  foydalanish  tadbirlarini  qo‘llayotganda  turli  usullar,  ayniqsa,  bio logik 
xilma-xillikga,  asosan,  mahalliy  elementlarga  katta  e’tibor  berish  ke-
rak.  Chunki,  o‘simliklar  eroziya,  sel,  ko‘chki  kabi  jarayonlarning  oldini 
olish da  va  geotizimlarning  barqarorligini  ta’minlashda  eng  muhim  omil 
hisoblanadi.  Ayniqsa,  antropogen  landshaftlar  bir  xil  ekinlardan  iborat 
bo‘lib  qolsa  (masalan,  paxta,  sholi,  bug‘doy,  makkajo‘xori)  ob-havodagi 
ozgina  o‘zgarish  yoki  ayrim  kasallik  va  zararkunandalar  bunday  land-
shaftlarni  birdaniga  xarob  qilishi  mumkin.  Tabiatni  muhofaza  qilish  va 
tabiatdan  foydalanishda  bunday  holatlarni  hisobga  olish  zarur.
Tabiatni  muhofaza  qilish,  alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar,  milliy  bog‘, 
qo‘riqxona, biosfera rezervati, buyurtmaxona, tabiat yodgorligi.
1. Tabiatni muhofaza qilish deganda nima tushuniladi?
2. Tabiatni muhofaza qilishning qanday shakllari bor?
3. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlarida qanday 
geografi k-ekologik tamoyillarga amal qilinadi?
4. Respublikamizdagi alohida muhofaza etiladigan hududlardan birontasi haqida ax-
borot tayyorlang. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish