Geografiya 10 sinf 2017. indd


Rekreatsiya resurslarini baholash



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Rekreatsiya resurslarini baholash.
  Geotizimlarning  dam  olish  maq-
sadlarida  foydalaniladigan  xususiyatlari  yoki  komponentlari 
rekreatsion 
resurslar  deb  ataladi.  Masalan,  xushmanzara  o‘rmon,  dengiz  va  okean 
qirg‘oqlari,  tog‘  vodiylari,  ko‘llar,  g‘orlar,  manzarali,  chiroyli  o‘sim-
liklar,  g‘aroyib  relyef  shakllari,  muzliklar  shular  jumlasidandir.
Rekreatsiya
  (tiklash,  o‘rnini  to‘ldirish)ning  qamrovi  katta  bo‘lib, 
odamlarning  dam  olishi,  salomatligini  tiklashi,  madaniy  hordiq  chiqari-
shi  ma’nosida  ishlatiladi.
Geotizimlarni  rekreatsiya  nuqtayi  nazaridan  tadqiq  qilish,  asosan, 
ularning  rekreatsion  imkoniyatlarini  va  ularga  rekreatsion  bosimning 
ta’sirini  baholashdan  iborat.
Dam  olish  tashkiliy  va  notashkiliy  (ixtiyoriy)  bo‘lishi  mumkin.  Tash-
kiliy  dam  olish  turli  muassasalar  tomonidan  uyushtiriladi.  Notashkiliy 
(ixtiyoriy)  dam  olish  esa  odamlarning  o‘z  xohishlari  bo‘yicha  bir  yoki 
bir  necha  kishi  bo‘lib,  tanlangan  hududlarda  uyushtiriladi.
Dam  olishdan  ko‘zlangan  maqsad  turlicha  bo‘lishi  mumkin:  davola-
nish,  sog‘lomlashtirish,  sport,  tanishuv  va  h.k.
Dam  olish  mavsumga  qarab  ham  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Yozgi 
dam  olish  turlari  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:  cho‘milish,  quyosh  van-
nalari  olish,  piyoda  sayr  (davolanish,  salomatlikni  tiklash,  ekskursiya), 
qayiq  sporti,  baliq  ovi,  turli  xil  mevalar  va  qo‘ziqorin  terish,  otda  sayr 
qilish,  alpinizm  bilan  shug‘ullanish  va  h.k.  Qishki  mavsumda  quyidagi 
dam  olish  turlari  bilan  shug‘ullanish  mumkin:  chang‘i  sporti,  muzosti 
baliq  ovi,  sport  ovchiligi,  davolanish,  salomatlikni  tiklash,  piyoda  sayr.


63
Rekreatsion  baholash  obyekti  –  landshaftlar  va  ularning  qismlari 
bo‘lishi  mumkin.  Rekreatsiya  komplekslarini  joylashtirishni  loyihalash-
da  landshaftlarni  tahlil  qilish  yaxshi  natija  beradi.  Bunda  turli  land-
shaftlardan  rekreatsion  maqsadlarda  foydalanish  darajasiga  qarab  eng 
qulay  landshaft  turi  tanlanadi.  Masalan,  daryo  vodiysi,  tog‘  yonbag‘ri, 
ko‘l  yoki  suvombori  qirg‘og‘i,  tekislik,  okean  yoki  dengiz  qirg‘og‘i, 
o‘rmon  va  h.k.
Alohida  rekreatsion  komplekslarni  (dam  olish  uylari,  sanatoriylar, 
sayyohlik  komplekslari  va  h.k.)  loyihalashtirayotganda  aniq  bir  joyni 
baholash  yaxshi  natija  beradi.
Rekreatsion  maqsadlarda  baholashda  ularni  estetik  jihatdan  baholash 
ham  muhim  o‘rin  tutadi.  Bunda  tabiiy  sharoitning,  relyefning,  o‘sim-
liklarning,  landshaft  umumiy  ko‘rinishining  estetik  jihatdan  zavq  bera 
olish  imkoniyati  e’tiborga  olinadi.  Baholashning  oxirgi  bosqichida 
geotizimlarning  rekreatsion  binolarni  joylashtirish  uchun  yaroqliligi  va 
rekreatsion  bosimga  barqarorlik  darajasi  hisobga  olinadi.
Geografi k baholash, dehqonchilik, rekreatsiya, baholash bosqichlari, baholashning 
sifat va miqdor usuli.
1. Geografi k baholash deb nimaga aytiladi?
2. Geografi k baholash qanday bosqichlardan iborat?
3. Geografi k baholashning qanday usullarini bilasiz?
4. O‘zingiz yashab turgan joy dehqonchilik uchun qulaymi yoki noqulaymi? Fikri n-
gizni asoslab, daftaringizga yozing.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish