O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEODEZIYA VA GEOINFORMATIKA KAFEDRASI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO`NALISHI
GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI FANIDAN
1-AMALIY ISH
MAVZU: TASVIRLARNI RO`YXATGA OLISH VA PROYEKSIYA TANLASH
Bajardi: 2-kurs o`zbek guruhi talabasi Kamolov A.
Qabul qildi: dos.v.b. I.O`.ABDULLAYEV.
TOSHKENT-2020
Reja:
Dastlabki manbaani tanlash.
Xaritalarni kompyuterga kiritish.
Dastlabki xaritani ro`yxatga olish uchun proyeksiya tanlash.
Xaritalarni ro`yxatga olish uchun tayanch nuqtalarni tanlash.
Tayanch nuqtalarning koordinatalarini kiritish va xatoliklarni baxolash.
Adabiyotlar:
E.Yu.Safarov “Geografik axborot tizimlari” O`quv uslubiy qollanma Toshkent “Universitet” – 2010.
I.O`.Abdullayev Geografik axborot tizimlari fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun “Uslubiy ko`rsatmalar”.
L.X.Gulyamova “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” Darslik, Toshkent “Universitet” – 2018.
MapInfo – dasturida ishlashdan oldin biz geografik asos va ma`lumotlar ba`zasini tayyorlab olishimiz kerak. Geografik asos sifatida oldin nashr qilingan kartalardan foydalanishimiz mumkun. Kartani “skaner” qurilmasi yordamida elektron holatga o`tkazamiz va amaliy ishni bajarishni quyidagi tartibda olib boramiz:
Kompyuter ishchi stolida ixtiyoriy nom bilan papka hosil qilamiz va elertron holatga keltirilgan kartani papkaga joylashtiramiz(1-rasm).
1-rasm
Georafik asos tayyor bo`lgandan so`ng “MapInfo” dasturiga kiramiz. Dasturga kirganimizda eranda MapInfo dasturining ishi oynasi ochiladi(2-rasm).
2-rasm.
Ishchi oynasida “Открытъ сразу” - dasturda ishni boshlash dialogi ham ochiladi (3-rasm). Dasturda birinchi marta ishlayotganimiz uchun “Таблицу” tanlaymiz va “Oткрытъ” buyrug`ini bosamiz.
3-rasm.
“Oткрытъ” dialogi ochilgandan so`ng, geografik asos qilib olingan kartaning rastrli tasviri saqlangan papkaga murojaat qilinadi. “Тип файла – растр” , “Представление – в активной карте” tanlanadi (4-rasm).
4-rasm
5-rasm
Rastrli tasvirni ochganimizda “Tasvirni ro`yxatga olish” “Регистрация изображения” dialogi chiqadi va “Регистрироват” buyrug`ini tanlaymiz. “Регистрация изображения” dialogida nuqtalarning koordinatalarini kititishimiz kerak va buning uchun proyeksiya tanlashimiz zarur. “Проекция” tugmasi bosiladi va “Выбор проекции” dialogidan “План схема” qatori belgilanadi (6-rasm).
6-rasm.
Tayanch nuqtalari sifatida kordinata to`ri kesishgan joyi, yo`llarning burilish joylari yoki shartli belgilar orqali ifodalanilgan aholi punktlarini olishimiz mumkun, Tayanch nuqtalari qilib biz topografik to`rda meridian va parallelar kesishgan joyini oldik. Tayanch nuqtalar soni 4tadan kam bo`lmasligi kerak. Kartada tayanch nuqtani belgilaganimizda “Изменитъ контролъную точку” dialogi chiqadi (7-rasm) va u yerga koordinatalarn i kiritib “OK” buyrug`ini tanlaymiz. Kiritgan koordinatalarimiz EHM xotirasiga kiritilib boriladi. Qolgan nuqtalar ham shu tartibda belgilanadi.
7-rasm.
Kartada tayanch nuqtalar belgilangandan so`ng uning xatoligi aniqlanadi. Xatolik 10 dan oshmasligi kerak. (8-rasm)
8-rasm.
Rastrlangan tasvirni bir marta ro`yxatdan o`tkazgan ma`qul. Sababi keying marta rastrli tasvir fayli “MapInfo” dasturining istalgan boshqa jadvallari kabi ochiladi. Bu bajargan amaliy ishimizdan keyin qolgan vazifalarni ketma ketlikda bojarishimiz mumkun bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
E.Yu.Safarov “Geografik axborot tizimlari” O`quv uslubiy qollanma Toshkent “Universitet” – 2010.
I.O`.Abdullayev Geografik axborot tizimlari fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun “Uslubiy ko`rsatmalar”.
L.X.Gulyamova “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” Darslik, Toshkent “Universitet” – 2018.
Do'stlaringiz bilan baham: |