Gеofizika asoslari va gеokimyo fani to`g`risida umumiy tushunchalar


Gеofizika va gеokimyo fanining bo`linmalari: Yer fizikasi, gidrosfеra gеofizikasi, atmosfеra va kosmik gеofizika, gеofizik tadqiqotlar usullari



Download 394,19 Kb.
bet2/19
Sana26.03.2023
Hajmi394,19 Kb.
#921809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
shppi (1)

Gеofizika va gеokimyo fanining bo`linmalari: Yer fizikasi, gidrosfеra gеofizikasi, atmosfеra va kosmik gеofizika, gеofizik tadqiqotlar usullari.

Geofizika — Yer sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Uchta katta boʻlim: Yer fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasidan iborat. Geofizikaning xususiy usullari xilma-xil boʻlib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini oʻrganish bilan bir-biridan farq qiladi.Geofizikaning bevosita Yerni oʻrganish bilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan iborat. Amaliy Geofizikaga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrik razvedka, magnitrazvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy Geofizika esa Yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni oʻrganadi.Umuman Geofizikaning ayrim sohalari bilan ilmiy nuqtai nazardan shugʻullanish 16-asr oxirlaridan boshlangan. 19-asr oʻrtalarida Geofizika mustaqil fanga aylandi, 20-asr 40—60 yillariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Geofizikaning vujudga kelishi 1867-70 yillarda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi bilan boshlandi. Geomagnit oʻlchashlar 1871 yildan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877 yildan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901 yilda Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik stansiya ochildi, 1928 yilda magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 yillarda Oʻzbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik haritalari tuzildi.Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-asr 40-yillari oʻrtalaridan boshlab Geofizikaga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi (Yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning oʻrganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Fargʻona va Surxondaryo vodiylarida qimmatbaho qazilma boylik konlari aniqlandi. 40-yillar oxiridan boshlab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qoʻllab izlanishlar oʻtkazildi. 50-yillar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usuli ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyoning koʻp qismida shu usuldan keng foydalanildi. 50-60-yillar oʻrtalarida neft va gaz konlarini izlash bilan birga chuqur parmalash loyihalari tayyorlandi (B. B. TalVirskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kolpakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va boshqa).




  1. Download 394,19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish