Suvning aylanma harakati sayyoramizda yaxshi ifodalangan: okeandan ko’tarilgan suv bug’lari quruqlikka yog’in sifatida tushib, yana Dune okeaniga qaytadi. Bu jarayonda yiliga 500 min gkm3 suv Er satxiga yog’in-sochin sifatida tushib,shuncha miqdordagi namlik yana qaytadan bug’lanadi. Dune okeani bilan quruqlik o’rtasida suvning tsirkulyatsiyasi Erda hayotning mavjud bo’lishini ta’minlaydi, tirik tabiat bilan notirik tabiat o’rtasida o’zaro munosabat rivojlanadi. Litosferada emirilgan jinslarni botiqlar va Dunyo okeaniga migratsiyasi yuz beradi.
Suvning aylanma harakati bilan birga biologik (biotik) aylanma harakat ham kelib chiqadi. Ekologiyaga bag’ishlangan adabiyotlarda bu hol katta biosferali biotik modda almashuvi deb ataladi. Bu jarayonda sayyora miqyosida to’xtovsiz qonuniy tsiklik modda, energiya va axborotni notekis taqsimlanishi kuzatiladi. Kichik (biogeotsenetik) modda almashinuvi elementar tizimda – biogeotsenozda sodir bo’ladi. Ilk bor moddalar va kimyoviy elementlarni aylanma harakati xaqidagi ta’limotni V.I.Vernadskiy asoslagan. Biologik aylanma harakat – bu tuproq, o’simlik, xayvonot olami, mikroorganizmlar orasida modda almashinuvidir, bunda o’simliklardagi mineral moddalar xayvonlarga o’tadi, ulardan atmosfera yoki tuproqka qaytadi. Bu jarayonda notirik tabiat katta miqdorda biomassa bilan ta’minlanadi.
Tirik organizmlar ishtirokida kimyoviy elementlarni biokimyoviy aylanma harakati yuz beradi. Uglerod, is gazi, azot, fosfor, oltingugurt, kislorod va boshqa elementlarni aylanma harakati muntazam bo’lib, asosan o’simlik, mikroorganizmlar, organizmlar harakati bilan bog’liq.
Geosferalar orasida modda va energiya almashuvida suvning harakati natijasida kimyoviy elementlarni ion holda quruklikdan dunyo okeaniga 2,5 mlrd t. erigan holdagi moddalar, 22,1 mlrd t. tog’ jinslari, illar kelib tushadi. O’rta Osiyo berk oblastiga Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daryolar orkali Orol dengiziga tuz, mikroelementlar oqib kelishi va uning oqibatlari xozirgi kunda salbiy hodisalarni rivojlanishiga sabab bo’lmokda. Tuproq sho’rlanib bormokda, suv omborlarida foydali elementlar to’planib bormokda.
Ma’lum geosistemalarda moddalarning mikro aylanma harakati tufayli ularning dinamik o’zgarishlari va rivojlanishida sifatiy evolyutsiyalar yuz bermoqda. Orol — Kaspiy berk oblasti atrofdagi hududlar uchun moddalarning to’planish makoni, tog’ mintakasi esa yuvilish zonasi funktsiyalarini bajaradi. Bu hodisa butun bir yirik hududda sodir bo’lsa, uning tarkibidagi ayrim hududi (Qizilkum, Orolbo’yi, Mirzacho’l va boshqalar), botiq va qabariq (elyuvial) geosistemalarda maxalliy aylanma harakat yuz beradi. B.B.Polinov bu harakat zanjirlarini elyuvial, superakval subakval komplekslar misolida asoslab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |