Prognozlashtirishning ob’ekti. maqsadi va usullari. - Geoekologik tadqiqotlarda prognozlashtirish ob’ektlari bo’lib landshaft, uning morfologik birliklari, geotizim, tabiiy jarayon, xodisa va boshqalar xizmat qiladi. Prognozlashtirish maqsadi turlicha bo’lishi mumkin:
a) landshaftning dinamik o’zgarishi natijasida ekologik vaziyatlarni evolyutsiyasi yoki asosiy yo’nalishlarini aniqlash
b) sanoat korxonalari chiqindilarini ko’plab chiqarilishi natijasida atrof muxitni ifloslanishi va buning asosida vaziyatni jiddiylashuvini prognoz qilish
v) Orol dengizi satxini pasayib borishi natijasida uning qurigan qismida ekologik vaziyatni murakkablashuvini prognoz qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |