O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDOQ NOMIDAGI QORAQOLPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
“GEODEZIYA,KARTOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR” KAFEDRASI
NEFT VA GAZ GEOLOGIYASI FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: Neft va gazning paydo boʻlish nazariyalari
Bajardi: 2-kurs Saparbayev Asadbek _______
Qabul qildi: __________ Bekmanov Nuraddin _______
Baho ________
Sana ________
Nukus 2021y
Kurs ishi
Mavzu: Neft va gazning paydo boʻlish nazariariyalari
1. Kirish
2. Asosiy qisim:
2.1 Neft qanday paydo boʻlgan
2.2 Gazlar haqida umumiy maʼlumot
2.3 Qatlam sharoitidagi neftlar
2.4 Neftlarning fizik xossalari
2.5 Neft va gazning ochilish tarixi
2.6. Organik neft va gaz kelib chiqishi tushunchasi.
2.7. Neft va gazning mineral kelib chiqishi haqidagi gipoteza.
3. Xulosa va takliflar
4. Faydalanilgan adabiyotlar
Kirish
XX asrning boshida neftning xalq xojaligida energiya manbai sifatida salmogi 2,5 %, tabiiy gaz esa osha vaqtda deyarlik ishlatilmas edi. Bu korsatkich tobora ortib boradi va XX asrning 90 yillariga kelib neftning energiya manbai sifatidagi salmogi 39%, gazniki esa 22 % ga etadi. Buning natijasida neft va gaz qolgan barcha energiya manbalaridan benihoya osib ketadi (komir 27%, gidroresurslar 7%, atom energiyasi 6%). Hozirgi kunda bu nisbat deyarlik ozgarmay kelmoqda. Neft va gazning xalq xojaligida bunday yuqori oringa chiqishiga va uning beqiyos rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan yuqori darajadagi energiya manbai ekanligida. Buni quyidagi solishtirishda korishimiz mumkin: 1 kg yoqilgi yonganda 7000 kkal energiya beruvchi yoqilgini shartli yoqilgi deb qabul qilsak: M 1 kg benzin yonganda 1,49 shartli yoqilgi teng boladi 1 kg oddiy neft yonganda 1,43 -"- -"- -"- 1 kg mazut yonganda 1,37 -"- 1 m 3 tabiiy gaz yonganda 1,17 -"- 1 kg komir yonganda 0,7 -"- 1 kg torf 0,35 -"- 1 kg otin 0,27 -"- 1 m 3 tabiiy gaz 1 kg neft va neft mahsulotlariga ekvivalent hisoblanadi. Ikkinchidan, neft va gazni qazib olish komirni qazib olishdan ancha arzonga tushadi. CHunonchi mehnat unumdorligi neftni qazib olishda komirga nisbatan 6 marta, gazni chiqarishda esa bu korsatkich 55 marta ortiqdir! Misol tariqasida keltiradigan bolsak, 1965 yilda ishlab turgan gazkondensat koni SHebelinkada 24, mlrd. m 3 gaz olingan (30 mln.t. shartli yoqilgiga teng) va osha vaqtda shu konda 632 nafar kishi ishlagan (shulardan 464 nafar ishchi), qolganlari muhandis-texnik xodimlar. SHuncha energiya berishi mumkin bolgan komirni qazib olish uchun 60000 shaxtyor ishlaydigan 50 ta shaxta lozim bolar edi. Demak, gaz kondensat konidagi 1 nafar ishchi deyarlik 100 nafar shaxtyor ishini qilar ekan. Uchinchidan, neftni uzatish uchun ketadigan xarajat komirnikiga nisbatan 1,7 marta arzon, gaz uzatish esa komirga nisbatan 3,37 marta arzon ekan. [1] Sanoat korxonalarida komir orniga neft mahsulotlari yoki gazning ishlatilishi kop tomondan foyda keltirishi aniqlangan. CHunonchi mis erituvchi pechlarni komirdan gazga otkazish uch tomonlama foyda keltirar ekan, masalan bunday pechlar gazlashtirilganda komir shlaki bilan birga chiqib ketuvchi mis miqdori 17% ga kamayadi, pechning ish unumdorligi 10-12% ortadi, energiya sarfi esa 25 % ga kamayar ekan. Yuqorida keltirilgan misollardan aniq boladiki, hozirgi kunda energiya manbai sifatida yuqori orinda turgan neft va gaz hali ancha vaqt liderlikni ushlab tursa ajab emas. Xullas, turmushimizning farovon bglishini neft va gaz mahsulotlarisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Xuddi shuning uchun neft va gaz sanoati xodimlari oldigab neft-gaz konlari joylashgan yangi glkalarni egallash, ishlab turgan konlarimiz bagridan iloji boricha kgproq neft va gaz chiqarib olishni taminlash, neft chiqarish texnologiyasining ilgor usullarini izlab topgan holda, er bagrida qolib ketayotgan kgplab miqdordagi neftlarni yuzaga chiqarish imkoniyatlarini bajarish masalalari eng dolzarb mavzu sifatida qgyilgandir. Yuqorida zikr qilingan vazifalar asosan neft-gaz koni geologiyasi xizmati zimmasiga yuklatilgan bglib, bu ishlarni ongli va bilimdon mutaxassis sifatida sidqidildan bajarilishini taminlash hozirgi kunning talabidir. SHuning uchun ham neft-gaz koni geologiyasi sohasi konning mavjudligini aniqlagan quduqni ishga tushirishdan boshlab, to uning bagridagi barcha mahsulot imkoni boricha olinganligini ifodalovchi hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar bgladigan konning "hayot ygli" davomidagi barcha jarayonlarni oqilona va bilimdonlik bilan bajarilishining rahbari va ishtirokchisi bglishi taqozo etiladi. Bu borada quduqlarning kovlanish jarayoni, ular bilan mahsuldor qatlamlarni ochish, ularni sinash va ishga tushirish, qatlamlarning fizik-geologik xususiyatlarinn grganish, ulardagi mavjud neft, gaz, kondensat va suvlarning xossalarini g’rganish, neftgaz uyumlari joylashgan strukturalarning tuzilishini aniqlash, konningkesimlarini tuzish, mahsuldor qatlamdagi neft-gaz zahiralarini aniqlash va hisoblash, konning ishlash rejimlarini chamalash va uning umumiy suv siquvi sistemasidagi grnini belgilash, konni oqilona qazib chiqarish uchun kovlanishi lozim bglgan quduqlar sonini belgilash va ularning qazilish hamda ishga tushirilish navbatini aniqlash, qatlamning energetik quvvatlarini chamalash, uni qazib chiqarish uchun qgllanishi lozim bglgan qatlam bosimining pasayishini oldini oladigan va undagi mahsulotni haydab chiqarish imkonini beradigan usullarni tavsiya qilish va qgllash, hamda ularning ishini nazorat qilish, neft-gaz konlarini qazib chiqarish jarayonida er bagri boyliklarini va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari - hammasi neft-gaz koni geologining va geologik xizmatining vazifalaridandir. Hozirgi sharoitda neft-gaz konlarining chuqurligi ortib bormoqda. Ulardan mahsulotning olinishi ancha murakkab sharoitlarda gtmoqda, bular albatta texnika va texnologiyaning murakkablashuviga olib keladi va geologik xizmatning gz ishida izchilligini, bilimdonligini taqozo etadi. Undan tashqari hozirgi sharoitda tabiatning zukko qudrati bilan gnglab, yuzlab million yillar davomida hosil qilingan qimmatli mahsulot ayovsiz ishlatilmoqda va hozirgi darajada u davom etsa, yaqin kelajakda insoniyat bunday ajoyib mahsulotlarni tamomlaydi. Xuddi shu sababdan er osti boyliklarimizni oqilona ishlatish va ularning zahiralariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bglishlik har bir kon geologining muqaddas burchidir.
Respublikamizning mustaqallikka erishganligi natijasida neft va gaz sanoatining rivojiga hissa qo’shadigan beqiyos imkoniyatlar yaratildi. Bu borada davlatimizni neft va neft mahsulotlari bilan taminlashga erishish, yurtimizning eng chekka glkalarigacha gazlashtirish vazifalar togrisidagi siyosati ustuvorlik bilan olib borilmoqda. Glkamizning yangidan-yangi imkoniyatlari namoyon bglmoqda. Lekin shu joyda bir narsani takidlash joizki, bizning zahiralarimiz chegarasiz emas, doimo ularning isrofiga yol qoʻymaslik tadorikini qilmog’imiz lozim bo’ladi.
2.1 Neft qayerdan paydo bo‘lgan?
Neft iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi. Mubolag‘asiz, insoniyat farovonligi bu manbaga bog‘liq. Biroq ko‘p yillar davomida yonuvchan suyuqlik o‘rganilishiga qaramay, uning kelib chiqishi hali ham sir bolib qolmoqda. Neftning kelib chiqishi haqida olimlar nima deydi? U qayerdan paydo bolgan?
Yagona nazariya mavjud emas
Turli tadqiqotchilar qora oltin sayyorada qanday paydo bolganligi togrisida ozlarining farazlarini ilgari surishadi. Nega ular neft kelib chiqishining yagona nazariyasiga ega emas?
Neft va gaz doimiy ravishda yer qaridagi tabiiy boshliqlar (teshiklar, yoriqlar) boylab harakatlanadi. Biroq, mineralning aynan qayerda va qanday hosil bolishi bugun ham aniqlanmagan. Topilgan konlar esa shunchaki qusursiz toplanish joylar: u yerdan neft qochib qutula olmaydi.
Shu nga qaramay, olimlar neft hosil bolishining ikkita - organik va noorganik ehtimoliy taxminini aniqlashdi.
Organik nazariya
Neft birikmalarini aniqlay oladigan korsatkichlar mavjud. Ulardan biri gil jinslardir. Bu bir vaqtlar dengiz tubida yotib qolgan loy. Vaqt otishi bilan u dengiz hayvonlari qoldiqlari, qum va loy bilan aralashib, toplanib, yanada chuqurroq joylashadi.
Million yillar otgach, zichlanish, yuqori harorat va yer bosimi tasiri ostida bunday loy tog jinsiga aylanadi. Yer ostida chuqur joylashgan organik moddalar yuqori harorat va bosim tasirida parchalanib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida neftga aylanadi. Bu ozgarish uchun 50-350 million yil kerak boladi, bu esa geologlarning sayyora rivojlanishi boyicha bergan malumotlariga toliq mos keladi.
Yer yuzidagi barcha neft va gaz kompaniyalari aynan shu nazariyaga amal qilib kelmoqda, shu sababli neft loyli slanets bor joyda izlashdan boshlanadi.
Noorganik nazariya
Kimyo sanoatining rivojlanishi neft va gaz noorganik birikmalardan laboratoriya sharoitida olish mumkinligini korsatdi. Masalan, uglerod oksidi va vodorod aralashmasi (sintez gazi) uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Aynan shular neft va tabiiy gazdan iborat.
Bundan tashqari, uglevodorodlar kopincha kutilmagan joylarda, masalan, Rossiyaning Kolsk shahridagi ota chuqur qudugida yoriqlar natijasida hosil bolgan kollar tubida va yer ostidagi vulqon otadigan moddalar tarkibida paydo boladi. Shuning uchun bazi geologlar neft yer tubining 50 dan 240 kilometrdagi chuqurligida hosil bolgan deb hisoblashadi. Ular yonuvchan suyuqlik metan zaxiralaridan kelib chiqadi, songra yangi zarb qilingan neft boshliqlar va yoriqlar orqali sayyoramizning yuqori qatlamlariga yetib boradi, deb aytishadi. Ushbu nazariyadagi nuqson shundaki, bu tarzda shakllangan manba klasterlari har qanday joyda toplanishi mumkin. Undan kora loyli slanetsni izlab topish ancha osonroq. Biroq, mabodo neft va gazning kelib chiqishi noorganik bo‘ladigan bo‘lsa, unda ularning zaxiralari bitmasdir. Gap ularni qanday izlab topishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |