Geodeziya va marksheyderiya


-MA’RUZA. GEODEZIYADA QO‘LLANILADIGAN KOORDINATALAR



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana13.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#661573
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
Геодезия маъруза (1)

2-MA’RUZA. GEODEZIYADA QO‘LLANILADIGAN KOORDINATALAR 
SISTEMALARI 
 
Reja: 
1.
To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi.
 
2.
Astronomik koordinatalar sistemasi.
 
3.
Geodezik koordinatalar sistemasi.
 
4.
Zonaviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi
 
5.
Nuqtalar balandligi. 
Tayanch iboralar: 
tekislikdagi, fazoviy, koordinatalar sistemasi, xususiy 
koordinatalar sistemasi, astronomik, geografik, kenglik, uzoqlik, astronomik 
meridian, geodezik meridian, geodezik parallel, ekvator, absolyut balandlik
absolyut otmetka, shartli balandlik, nisbiy balandlik. 
Yer yuzasidagi uchastka planini yoki kartasini chizishda joydagi nuqtalar 
o‘rnini tekislikda to‘g‘ri tasvirlash uchun joy kattaligi va yer shaklining qanday 
olinishiga qarab, to‘g‘ri burchakli, geodezik va astronomik koordinatalar sistemasi 
ishlatiladi. 
To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi.
Bu sistema analitik 
geometriyadagi kabi ikkiga bo‘linadi: a) 
tekislikdagi koordinatalar
, b) 
fazoviy 
koordinatalar
. Agar joy kichik bo‘lib, yerning sfera ekanligi hisobga olinmay, u 
tekislikda tasvirlansa, to‘g‘ri burchakli yassi Dekart sistemasi koordinatalari 
qo‘llaniladi. Bunda meridian yo‘nalishi 
x
deb qabul qilinib, 
y
ning qiymati o‘qdan 
sharqqa tomon musbat, o‘qdan g‘arbga tomon manfiy ishorada olinadi.
x
o‘qqa 
perpendikulyar ekvator yo‘nalishi
y
o‘q bo‘lib, 
x
qiymatlari 
y
o‘qdan shimolga 
tomon musbat, janubga tomon manfiy ishora bilan olinadi. Ikki o‘q kesishgan 
O
nuqta koordinatalar boshi bo‘ladi. A nuqtaning o‘rni koordinatalari (-3, +4) 
bo‘yicha 2.1-shakldagi kabi ko‘rsatiladi. Ikki o‘qning kesishuvidan hosil bo‘lgan 
choraklar nomeri shimoli-sharq choragidan boshlab, o‘ngga tomon shakldagi kabi 
oshib boradi. 
2.1-shakl. 2.2-shakl. 
Injenerlik ishlarida o‘qlari ixtiyoriy qabul qilingan koordinatalar sistemasi 
ham ishlatiladi. U 
xususiy koordinatalar sistemasi
deyiladi. 


Nuqta o‘rni fazoga nisbat berib (uch o‘qli qilib) belgilansa
fazoviy 
koordinatalar sistemasi
deyiladi. Masalan, kosmik geodeziyada yuldoshlar o‘rnini 
aniqlashda fazoviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunda 
koordinatalar boshi sifatida yer ellipsoidining markazi olinadi. Yerning qutbiy 
aylanish o‘qi 
z
o‘qi deb, ekvator tekisligining bosh meridian bilan kesishgan 
nuqtasi 
x
o‘qi, 
x
o‘qiga perpendikulyar yo‘nalish 
y
o‘qi deb qabul qilinadi. Bu 
sitema geodeziyada kam qo‘llaniladi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish