Gorizontal syomka qilish.
Gorizontal syomkada berilgan joyning chegarasi
va u yerdagi tafsilot syomka qilinib, planda yolg‘iz joy konturlari tasvirlanadi.
Syomka ishlariga quyidagilar kiradi.
1) syomkaga tayyorgarlik ko‘rish,
2) poligon va teodolit yo‘lini belgilash;
3) poligon va yo‘lni punktga bog‘lash;
4) poligon elementlarini o‘lchash;
5) tafsilotni syomka qilish.
Bundan keyin kameral ishlar:
a) hisoblash ishlari va
b) grafikaviy ishlar bajariladi.
S’yomkaga tayyorgarlik ko‘rishda s’yomka qilinadigan joy karta yoki eski
planda aniqlanib, joy o‘rganib chiqiladi. Keyin shu joyning o‘zida
rikognotsirovka
ishlari olib boriladi, ya’ni joy bilan yaxshi tanishib, tayanch punktlar va ularga
bog‘lash yo‘llari belgilanadi, s’yomka qulay bo‘lishi uchun teodolit yo‘lini va
poligonni qanday olish rejalari tuziladi. Joyning tafsiloti tasvirlangan sxematik
plani chiziladi.
Teodolit yo‘llari kelgusi ishlarga asos bo‘lganidan, burchak uchlari
mustahkam o‘rnatiladi. Nomerlari maxsus ustunchalarga yoziladi, ustunchani
o‘rnatish imkoniyati bo‘lmasa, betondan 0,5 m diametrli
markirovka
(nuqta
atrofidagi betonlangan tekis doira) ishlanadi va uning markaziga nuqta nomeri
yoziladi. Umuman, dalada o‘rnatilgan nuqtalar mahkamlanishi bilan birga, ularni
oson topish uchun turli belgilar qo‘llaniladi.
S’yomka ishlari joyning tuzilishi, quriladigan inshoot va qo‘yilgan talabga
qarab, turlicha tashkil qilinishi mumkin. Masalan, zavod-fabrika binosi, temir yo‘l
stansiyasi, aerodrom, stadion kabi inshootlar va kolxoz, sovxoz erlari ma’lum
kattalikdagi maydonni egallaydi; lekin tosh va temir yo‘l, kanal kabi qurilishlar
ma’lum kenglikda bir yo‘nalish bo‘yicha cho‘zilib ketgan chiziqda quriladi.
SHularni hisobga olib, avval joyga s’yomka qilish uchun asos bo‘ladigan nuqtalar
o‘rnatiladi. Bu nuqtalar sifatida joyda olingan yopiq yoki ochiq ko‘p
burchakliklarning
burchak
uchlari
qabo‘l
qilinadi.
Joyda
belgilangan
ko‘pburchaklik
poligon
deyiladi.
12.2-shakl.
Agar s’yomka qilinadigan joy ma’lum maydon bo‘lsa, poligon tomonlari
shu maydon chegarasi bo‘ylab olinadi, ya’ni poligon bir nuqtadan boshlab maydon
chegarasi bo‘yicha aylanib, yana bosh nuqtaga qaytilsa,
yopiq poligon
hosil bo‘ladi
(12.2-shakl,
a
). Agar poligon koordinatasi ma’lum bir nuqtadan boshlanib, chiziq
oxirida ham koordinatasi belgili ikkinchi bir nuqtada tugasa, bunday poligon
ochiq
poligon
deyiladi (12.2-shakl,
b
). Joy tafsiloti poligon tomonlari va burchak
uchlariga asoslanib s’yomka qilinadi.
YOpiq poligon o‘rta eridagi joy tafsilotini s’yomka qilish uchun poligon
ichidan o‘tib, yopiq poligonni ikki burchagini tutashtiruvchi siniq chiziq ham
ochiq
poligon
bo‘lib, bu, ko‘pincha
diagonal yo‘l
deyiladi. 12.2-shakl,
a
dagi
ABCDEFA
yopiq poligonining diagonal yo‘li
FG NS
bo‘ladi.
Har qanday poligonni s’yomka qilishda joyda uning quyidagi uch
elementini (asosiy qismlarini) o‘lchash kerak: 1) poligon tomonlari uzunligining
gorizontal qo‘yilishlari
d
1
, d
2
,
... ,
d
n
;
2) tomonlarning yo‘nalishlari
a
1
, a
2
,
...
, a
p
;
3)
tomonlar orasidagi burchaklarning gorizontal qo‘yilishlari
1
2
, ... ,
n
.
O‘lchangan ana shu miqdorlar qiymati plan chizish uchun etarli ma’lumot bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |