Geodeziya va marksheyderiya


-MA’RUZA. JOYNING PLAN, KARTA VA PROFILI



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/69
Sana13.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#661573
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
Геодезия маъруза (1)

4-MA’RUZA. JOYNING PLAN, KARTA VA PROFILI. 
MASSHTABLAR 
 
 
Reja. 
1. Plan. 
2. Karta. 
3. Profil. 
4. Masshtablar. 
5. Planda siniq va egri chiziq uzunliklarini aniqlash. 
Tayanch iboralar:
plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota, 
yirik masshtabli, o‘rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik 
karta, profil, chizg‘iy inshoot. plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota, 
yirik masshtabli, o‘rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik 
karta, profil, chizg‘iy inshoot, masshtab, plan masshtabi, kichraytirish darajasi, 
sonli va chizg‘iy masshtab, yirik va mayda masshtab, uzunlik birligi, chizg‘iy 
masshtab, ko‘ndalang va oddiy chizg‘iy masshtab, transversal, normal yuzli 
masshtab, masshtab aniqligi, grafik aniqlik, o‘tma masshtab, siniq chiziq, egri 
chiziq, kurvimetr. 
Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi 
geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan
plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. 
Planda joydagi bino, yul, kanal, tog‘-tepa, soy kabi joylar yuzasini harakterlovchi 
narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. 
Joyni sfera yoki tekislikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. 
Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin. 
Plan.
Joy kichik bo‘lagining yer egriligini hisobga olmay kichraytib, 
o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi 
plan 
deyiladi. Planda 
joy tafsiloti to‘la ko‘rsatilib, joyning baland-pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u 
kontur 
yoki 
tafsilot 
plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham 
tasvirlansa, u 
topografik 
plan deb ataladi. 
Karta.
Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka 
o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda 
kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib 
tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini yerning egriligini hisobga olib, matematik 
qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi 
karta 
deyiladi. Kartada butun yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash 
mumkin. Kartalar to‘rli masshtabda tuziladi. Masshtabiga qarab kartalar uchga 
bo‘linadi: a) 
yirik masshtabli kartalar; 
bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha 
bo‘lgan kartalar kiradi; b) 
o‘rta masshtabli kartalar; 
bo‘lap jumlasiga masshtab 
1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v) 
mayda masshtabli kartalar; 
bo‘larga 
masshtabi 1:1000 000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi. 
Yirik masshtabli kartalar 
topografik kartalar 
bo‘ladi.
 
Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta 
masshtabli kartalar 
obzor topografik kartalar 
deyiladi. Mayda masshtabli kartalar 


geografik kartalar 
bo‘ladi. 
Profil
. CHizg‘iy
inshootlarda (yo‘l, kanal va boshqalarda) planiy loyihalash 
kifoya qilmaydi. Bunda ma’lum chiziqdagi nuqtalarning vertikal tekislikdagi 
o‘rinlari ham vertikal tekislikda tasvirlanishi kerak bo‘ladi. Joyda bir yo‘nalishdagi 
chiziqning vertikal kesimining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri 
profil 
deyiladi. 
4.1-shakl 
Profilda chizg‘iy
inshootlar loyihalanadi. 5.1-shaklda relefning harakterli nuqtalari 
A, B, C 
va 

larning sathiy yuzadan balandligi 

lar topilgan (4.1-shakl). Keyin 
shu otmetkalar bo‘yicha profil chizilgan. Buning uchun 
OP 
to‘g‘ri chiziq olinib, 

dan joydagi 
d
l,
d
2
, d
3
 
lar gorizontal masofa masshtabi bo‘yicha qo‘yilib, 
M, N, P 
nuqtalar topiladi (4.1-shakl, 
b). 
Bu masofalar qatoridan yuqoridagi qatorga nuqta 
otmetkalari yoziladi. Otmetka qiymatlari vertikal masshtab bo‘yicha qo‘yilib 
topilgan 
a, b, c 
va 

nuqtalar bilan tutashtirilsa, vertikal tekislikdagi 
abcd 
siniq 
chiziq, yasaladiki, bu chiziq joydagi 
ABCD 
ning profili bo‘ladi.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish