- Geodezik tarmoq - yer yuzasida triangulyatsiya, trishteratsiya va poligonometriya asosida barpo etiladigan tarmoq. Aniqligi boʻyicha 4 darajaga boʻlinadi; tarmoqlari 20—25 m dan bir necha yuz metrgacha boʻlishi mumkin. Asosan uchburchak shaklida barpo etiladi. Tarmoqning nuqtalari joyda markazlar bilan belgilanadi. Markazlar esa beton, temir-beton, metalldan yasalishi mumkin. Ular 2—2,5 m chuqurlikdan boshlab quriladi. Markazning ustida yogʻoch yoki metalldan piramidalar oʻrna-tiladi. G. t. burchaklari esa aniqteodolitlar bilan oʻlchanadi. Oʻlchash aniqligi (0,7) dan 2" gacha, baʼzi hollarda aniqlik bundan ham yuqoriroq boʻlishi mumkin. G. t. nuqtalarining koordinatalari geodezik va astronomik oʻlchashlardan, balandliklari esa boshlangʻich deb olingan dengiz sathiga nisbatan nivelirlanib topiladi.
geodeziya punkti— joyda (tuproqda, binoda yoki boshqa sun’iy inshootda) alohida mustahkamlab qo‘yilgan hamda geodeziya usullari yordamida aniqlangan koordinatalarni o‘z ichiga olgan nuqta. Geodeziya punkti, qoida tariqasida, maxsus markazdan, tashqi belgidan hamda zovur yoki val tarzidagi tashqi ko‘rinishdan iborat bo‘ladi; geodeziya punktlari va geografik obyektlar koordinatalari — barcha toifalardagi astronomiya, geodeziya, gravimetriya va nivelir punktlari, yer yuzasidagi tabiiy va sun’iy obyektlar va kontur nuqtalarning geografik va to‘g‘ri burchakli koordinatalari; - Geodezik punkt — koordinatalari maʼlum boʻlgan biror nuktaga nisbatan vaziyati geodezik usullar bilan anikdanadigan nukta. G. p. koordinatalari (vaziyati)ni aniqlashda koordinatalari maʼlum nuqta sifatida baland joylashgan nuktalar tanlanadi. G. p. koordinatalari asosan triangulyatsiya usullari bilan belgilanadi. G. p.lardan uzok, muddat foydalanish maqsadida ularning yer sirtidagi oʻrni geodezik markaz deb ataladigan maxsus beton - quyma (monolit) bilan belgilab qoʻyiladi. Bundan tashqari G. p.da piramida shaklidagi minora (geodezik signal) quriladi (rayemgak,.). G. p. majmui geodezik tayanch shoxobchalari deyiladi. Bular davlat geodezik, mahalliy geodezik va plan olish shoxobchalariga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari topografik planlar olish uchun tayanch punkt boʻlish bilan birga xalq xoʻjaligi va mudofaasiga doyr geodezik va muhandislik-texnik masalalarni hal qilishda ham asos hisoblanadi. Mac, davlat geodezik tayanch shoxobchalari maʼlumotlaridan foydalanib, Yer shakli va oʻlchamlari, Yer qobigʻining harakati, qitʼalarning siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va b. aniqlanadi.
- Davlat T. tarmogʻi burchak va masofa oʻlchash anikligi, uchburchak tomonlarining uzunligi va shoxobchalarni xreil qilish tartibi boʻyicha bir-biridan farq qiladigan 1, 2, 3 va 4sinflarga boʻlinadi. T. qurish umumiylikdan xususiylikka, katta uchburchaklardan kichiklariga oʻtish prinsipiga asoslanadi. Davlat T. tarmogʻining yuqori aniklikka ega boʻlgan 1sinfining asosiy vazifasi quyi sinflardagi T. tarmoklarini rivojlantirish va ular punktlari koordinatalarini yagona tizimda hisoblashni taʼminlashdir. 1sinf T. shoxobchalari tomonlari 20– 25 km li kator uchburchaklar va bu tomonlar taxminan meridianlar hamda parallellar boʻylab yoʻnalgan va 800–1000 km perimetrli poligon koʻrinishida quriladi. Davlat T. tarmogʻining 2va quyi sinflarini rivojlantirishdan maqsad, keyingi bosqichdagi geodezik va topografik ishlar uchun butun davlat hududida geodezik punktlar tarmogʻini zarur zichlikda taʼminlashdan iborat. 2sinf T.da tomonlari 10 –20 km li uchburchaklardan va bu tomonlar 1sinf poligonini qoplaydigan shoxobchalar koʻrinishida quriladi. 1 va 2sinf T. shoxobchalari asosida 3 va 4sinf punktlari aniqdanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |