GPS SYOMKA
Qo‘llaniladigan GPS-priyomniklar soni ikki va undan ortiq bo‘lganda syomka (tasvirlash) o‘tkazishning uch turi mavjud. Bu
1 3 1
rasm. Nisbiy aniqlashlar prinsipi.
turlar umumiy, nisbiy yoki diffe- rensial aniqlashlar nomiga ega bo‘lib, statik, psevdokinematik va kinematik tasvirlash deyiladi.
Statik tasvirlashda ikki GPS- priyomnikda bir vaqtda ushlangan umumiy bir necha yo‘ldoshlar ho- lati fazali o‘lchashlar bo‘yicha aniqlanadi. Bir priyomnik ma’lum punktning holati, ikkinchisi esa noma’lum punktning ko‘rinish holati to‘g‘risida ma’lumot yig‘adi. Differensiyalangan fazoli o‘lchash-
lar yo‘ldoshli axborot va priyomnik muntazam xatoliklari bilan bog‘liq fazoli o‘lchashlar xatoligini minimallashtiradi (78- rasm). Statik syomkada kamida ikkita statsionar GPS qo‘llaniladi, ular bir paytda vaqtning konkret davrida bir necha umumiy yo‘ldosh- lardan psevdouzoqliklar va eltuvchi chastotalar fazalarini o‘lchay- di. Antennalardan biri ma’lum punktda markazlashtiriladi, bo-
shqalari aniqlanadigan punktlarda o‘rnatiladi.
Statik syomka eng ishonchli va eng aniq usul bo‘lib, koordinata orttirmalarini millimetrli aniqlikda aniqlaydi. Priyomnikning bir punktda nisbatan uzoq vaqt ortiqcha o‘lchashlarni olish uchun qoplashi bu usulning kamchiligi bo‘ladi.
Psevdokinematik syomkada nuqtalarda priyomniklar vaqt bo‘yicha uzoq davr (1 soat) bilan ajralgan ikki, qisqa davr (ma’lumotlarni yig‘ish 5 dan 10 minutgacha) turishi talab qilinadi. Keyingi nuqtaga o‘tish vaqtida yo‘ldoshlarni uzluksiz kuzatish talab qilinmaganligi sababli bu usul marshrut bo‘ylab havoli to‘siqlari bo‘lgan joylarga mos keladi.
Psevdokinematik tasvirlashni statik tasvirlashdan afzalligi nuqtada kam vaqt turishi, kinematik usuldan farqi esa priyomnikni ko‘chirishda yo‘ldoshni uzluksiz o‘lchash zarurati yo‘qligidan iborat. Kamchiligi esa ma’lumotlar segmenti o‘lchami statik va kinematik tasvirlashlarga qaraganda aniqligi kamligi, takroriy o‘lchashlar oralig‘ida ionosfera to‘lqinlari ta’siriga sezgirligi bo‘ladi.
Kinematik usul yo‘ldoshning ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan joyda ko‘p miqdorda bazisli vektorlarni aniqlash imkonini beradi. Bu usul uchun koordinatalari ma’lum nuqtada kamida bir priyomnik
1 3 2
va nuqtadan nuqtaga o‘tishda bir yoki ko‘p harakatlanish priyomniklari zarur.
Bu usullardan har xil kombinatsiyalarda foydalanish mumkin. Bunda har bir tasvirlash loyihasi uchastkalari uchun o‘lchash usu- lining maqbul variantini tanlashga katta e’tibor berilishi kerak. Tasvirlash loyihasini tuzishda eng yaxshi ko‘rinishni ta’minlash marshrutini tanlash ahamiyatli. Bu syomkalarni bajarishda asosiy amallarni bajarish: komplektni o‘rnatish, antenna balandligini o‘lchash, priyomnik bilan ishlash va boshqa zaruriy ma’lumotlar hamda Yer sun’iy yo‘ldoshlari kuzatishlari natijalarini qayta ishlash uchun maxsus dasturli paketlar tuzilgan. Hamma matematik ta’minotni birlashtirish uchun konstuksiyalangan Ashtek firmasi (AQSh) dasturli paketi GPS kuzatishlarni rejalashtirish, natijalarni qayta ishlash va yakuniy hisobotni tuzish bo‘yicha qulay vosita taqdim etadi. U kuzatishlarni rejalashtirish, priyomnikdan infor- matsiyani shaxsiy EHM ga o‘tkazish, o‘lchash fayllari bilan ishlash, boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritish va qayta o‘zlashtirish, tarmoqlarini shakllantirish, shaxsiy EHM parametrlarini o‘rnatish, tenglashtirish, ishlar natijalarini grafikli ifodalash, tahrir qilish, koordinatalarni bir sistemadan boshqasiga qayta hisoblash uchun dasturli modullarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |