Geodeziya laboratoriya


QABUL QILISH (PRIYOMNIKLI) APPARATURANI QURISH PRINSIPI



Download 6,9 Mb.
bet71/150
Sana01.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#284754
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov)

QABUL QILISH (PRIYOMNIKLI) APPARATURANI QURISH PRINSIPI

Priyomnikli apparaturaning yechadigan asosiy masalalaridan ENSY ishchi turkumini tanlash, navigatsiya signallarini izlash, dalnomerli signallarni kuzatish, sinxronli sistemasiga kirish, navi- gatsiyali axborotni ajratish va masalani yechish (qabul qiluvchi apparatura o‘rnatilgan joyning koordinatalarini aniqlash), ma’- lumotlarni raqamli tabloda aks ettirish kiradi (77- rasm).

GPS priyomnikni amalda qo‘llashni yengillashtirish maqsadida uni ishlab chiqaruvchi har bir firma undan foydalanish uchun qo‘llanma ishlab chiqqan. Bunda priyomnik uning standart va

9—O.Otanov 1 2 9




77- rasm. Geodezik tarmoqlarni yaratishda qo‘llaniladigan GPS- priyomnikning tuzilishi:

1 — ta’minot shnuri; 2 — kabel; 3 — ta’minot bloki; 4 — kabel;

5 — antenna; 6, 7, 8, 9 taglik detallari; 10 — ta’minot bloki;

11 — nazorat (kichik EHM), 12 — ustun; 13 — shtativ.
qo‘shimcha konfiguratsiyasi, ishga tayyorlash, ta’minotiga talablar va boshqa qo‘shimcha jihozlar bilan bog‘liqligi yoritilgan, priyomnikni qanday o‘rnatish, ishni boshlash va ma’lumotlarni to‘plash yo‘llari ko‘rsatiladi.

Hamma GPS signal qabul qiladigan antennaning yuqori qis- midagi fazali markazga keltiriladi. Buning uchun antenna va punkt orasidagi antenna yoki asbob balandligi deyiladigan masofa o‘lcha- nadi va u priyomnikka kiritiladi, ma’lumotlarni yig‘ish uchun priyomnik ulanadi. Bunda priyomnik avtomatik tarzda nazorat testlarini bajaradi, imkoni boricha hamma yo‘ldoshlarni izlaydi va qayd qiladi, GPS o‘lchashlarni bajaradi va o‘z holatini hisob- laydi, fayl ochib, unga hamma ma’lumotlarni to‘playdi. Syomka tugagach, priyomnik uzilganda fayl avtomatik tarzda bekilib, to‘plangan ma’lumotlar saqlanadi.


1 3 0

GPS-priyomnik geodeziya va navigatsiya maqsadlari uchun o‘rin holatini aniqlashning global NAVSTAR sistemasidan foydalanadi. Antenna priyomnikni ko‘rish maydonida joylashgan hamma yo‘ldoshlarni o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan 12 kanal bo‘yicha qo‘lda yoki oldindan dasturlab tanlash zaruriyatisiz kuzatadi.

Navigatsiyali rejimda fuqaro foydalanuvchilar mutlaq koordi- natalarni 30—100 m, harbiy foydalanuvchilar esa mutlaq koordi- natalarni 1 m gacha xatolik bilan topish imkoniyatiga ega. Geodeziyada ikki va undan ortiq priyomniklar bilan yo‘ldoshlar- gacha masofa fazali usulda aniqlanadi va bu o‘lchashlar natijalari bo‘yicha punktlar orasida fazoviy vektolar hisoblanadi, bu punktlar orasida koordinatalarni uzatish imkonini beradi. GPS bilan ishlash oson, syomkani bajarish uchun shtativni punkt ustida markaz- lashtirish, o‘rnatish va priyomnikni ulash yetarli. U ma’lumotlarni avtomatik tarzda to uzilgunicha to‘play boshlaydi.

Priyomnik uchta yo‘ldoshni kuzatganda antennaning holati va tezligini hisoblash mumkin, to‘rtta yo‘ldoshni «ushlagan»da esa uch o‘lchamli holatini va tezligini aniqlashi mumkin. O‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘lchashlar interpolyatsiya va ekstrapolyatsiyasiz har yarim sekundda bajariladi, bir paytda ko‘rinayotgan hamma yo‘ldoshlar holati va tezligi hisoblanadi. Bunda dinamik tezlikni hisoblash uchun koordinatalarni differensiyalashni talab qilmay- digan to‘rtta yo‘ldoshdan lahzali o‘lchashlardan foydalaniladi. Pri- yomnik 12 ko‘rinadigan yo‘ldoshni 12 ta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan kanallarda kuzatishi mumkin. Har bir yo‘ldosh 30 sek chastota bilan almanax va efemeridlar to‘g‘risida informatsiya beradi, priyomnik bu informatsiyani o‘chmaydigan xotirasiga yozadi.

Koordinatalarni aniqlashning absolyut (mutlaq) va nisbiy me- todlari farqlanadi.

Mutlaq koordinatani aniqlashda punktlar holati punktlar ko- ordinatalarini yo‘ldoshli radionavigatsiya sistemasida qabul qilin- gan boshqa obyekt koordinata sistemasida aniqlash ko‘zda tutiladi. Obyektning nisbiy xolatini aniqlashda bir obyekt holatini boshlang‘ich deb qabul qilingan boshqa obyekt koordinata siste-

masida aniqlash ko‘zda tutiladi.



    1. Download 6,9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish