WGS-84 KOORDINATALAR SISTEMASI
Hozirgi kunda GPS sistemasidan foydalanishda kuzatishlar punktlar holatini 1984- y Dunyo geodezik sistemasi (WGS-84)da aniqlash ko‘zda tutilgan. Sistemaning boshlanishi Yer massasi markazida berilgan. Fazoviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar siste- masi z o‘qi shartli Yer qutbi yo‘nalishiga parallel (xalqaro shartli boshlanish), x o‘qi WGS-84 shartli meridian tekisliklari bilan aniqlanadi (nolinchi meridianga parallel (73- rasm). y o‘qi sistema koordinatalarini o‘ngga to‘ldiriladi. WGS-84 koordinatalar sistemasi koordinata o‘qlarining boshlanishi va holati WGS-84 ellipsoidi geometrik markazi va o‘qlariga mos tushadi. WGS-84 koordinatalar sistemasini 2000- yil davriga berilgan FK-5 yulduzlar katalogida berilgan koordinatalar sistemalari orasida bog‘liqlik o‘rnatilgan. Ellipsoid parametrlari 10- jadvalda berilgan, bu para- metrlar sobiq ittifoq hududida yig‘ilgan yerda o‘lchash infor- matsiyasi asosida o‘rnatilgan, MDH ga nisbiylik sistemasi sifatida qabul qilingan Krasovskiy ellipsoidi parametrlari ham keltirilgan. WGS-84 ning 80 ta geodezik koordinata sistemalari bilan bog‘-
liqligi o‘rnatilgan.
Koordinatalar sistemasining eng muhim tavsiflari punktlar o‘zaro holatlarining aniqligi bo‘ladi.
10- jadval
Parametr
|
WGS-84
|
Krasovskiy
|
Katta yarim o‘qi, L km
|
6378,137
|
6378,245
|
Siqilishi
|
1:298,26
|
1:298,3
|
Yo‘ldoshli geodeziyada vaqtning uchta har xil sistemasidan foy- dalaniladi: dinamik, atomli va yulduzli vaqt.
1 2 3
Dinamik vaqt — bu gravitasion maydonda jismlar harakati be- riladigan doimiy shkala. Bu vaqt (noaniq ko‘rinishda) GPS sis- temasi yo‘ldoshlari efemerid (koordinata)larini hisoblashda foy- dalaniladigan vaqt. Hozirgi kunda dinamik vaqtning dastlabki asosi umumiy nisbiylik nazariyasi va inersial referensli koordinatalar sistemasi bo‘ladi. Sanoqning inersial sistemalaridan inersialligiga eng yaqini Quyosh sistemasi markazidan boshlanadigan (bari- markaziy) sistema bo‘ladi, bu sistemada o‘lchanadigan dinamik vaqt Barimarkaziy dinamik Vaqt (VDT) deyiladi. Yo‘ldosh orbita- sini hisoblash uchun Yerli Dinamik Vaqt (TDT) ham qo‘llaniladi, u Yerdagi atomli soat singari tezlikka ega.
Yerdagi hamma shkalalar uchun fundamental vaqt shkalasi bo‘lib, Xalqora Atomli Vaqt (IAT) xizmat qiladi. U Quyosh sutkalik vaqti bilan sinxronlashmaganligi sababli IAT dan foydalanish noqulay, shu sababli koordinatalashtirilgan universal Vaqt (UTC)ga o‘tiladi. U IAT vaqti singari tezlikda yuradi, lekin zarurat tug‘ilganda 1 sekundga sakrash tarzida o‘zgaradi.
GPS yo‘ldoshlari uzatadigan vaqtli signallar Bosh Nazorat Stansiyasi (Kolorado Springs) atomli soatlari bilan sinxronlash- tiriladi (76- rasm). Bu soatlar o‘z navbatida UTC vaqti bilan davrli ravishda sinxronlashtirilib turiladi.
Vaqt shkalasi va geodezik koordinatalar orasidagi bog‘liqlikni Grinvich haqiqiy yulduzli vaqti berilgan sana uchun bahorgi teng kunlik haqiqiy nuqtasiga Yer aylanish burchagi orqali o‘rnatish mumkin. Haqiqiy Grinvich vaqti notekis. Efemeridlarni tuzishda bir tekis o‘tadigan vaqtni argumenti sifatida foydalanish zarurati quyidagi UTI = UTC + T formula bo‘yicha hisoblanadigan efe- meridli deyiladigan vaqtni kiritishga olib keldi. T tuzatma vaqtning milliy va xalqaro xizmatlari tomonidan ko‘rib chiqiladi, hisob- lanadi va jadvallashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |