7- bob. GEODEZIK TARMOQLAR
GEODEZIK TARMOQLAR VA ULARNING VAZIFALARI
Geodezik ishlar ikki muhim qismdan — Yer sirtida vaziyatlari aniqlangan tayanch nuqtalar sistemasini yaratish va bu nuqtalar sistemasi asosida syomkalarni bajarishdan iborat. Tayanch nuqtalar sistemasi katta hududda bajariladigan syomkalarning hamma qism- larida oldindan o‘rnatilgan aniqlikni ta’minlashi zarur. Shu sa- babli holatlari ular uchun umumiy bo‘lgan yagona koordinatalar va balandliklar sistemasida aniqlangan, joyda mahkamlangan yer sirtining nuqtalari tizimi — geodezik tarmoq yaratiladi.
Geodezik tarmoqlar kichik maydonlarda qanday yaratilsa, katta maydonlarda ham shu kabi barpo etilishi mumkin.
Xududiy xususiyatlariga ko‘ra ular butun yer sharini qoplay- digan global geodezik tarmoqlarga, har bir ayrim mamlakat hududi doirasida mazkur davlatda qabul qilingan yagona koordinatalar va balandliklar — referens sistemasidagi milliy (davlat) geodezik tarmoqlariga, topografik syomkalarga asos uchun mo‘ljallangan zichlashtirish va syomka tarmoqlariga va har xil masalalarni yechish uchun foydalaniladigan lokal uchastkalarda barpo etiladigan mahalliy geodezik tarmoqlarga bo‘linadi.
Geometrik mohiyati bo‘yicha rejali, balandlik va fazoviy geo- dezik tarmoqlar farqlanadi. Rejali tarmoqda o‘lchashlarni ishla- nishi natijasida qabul qilingan nisbiylik sirtida koordinatalar hisoblanadi, balandlik tarmoqlarida punktlar balandliklari sanoq sirtiga nisbatan olinadi, fazoviy tarmoqlarda o‘lchashlar ishlani- shidan fazoda punktlarning o‘zaro holati aniqlanadi.
Global geodezik va qisman milliy tarmoqlar hozirgi kunda kos- mik geodeziya usullarida yer sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish nati- jalari bo‘yicha yaratiladi. Bunday tarmoqdan punktlarning holati XYZ butun dunyo to‘g‘ri burchakli koordinatalarining geomarkaziy WGS -84 sistemasida hisoblanadi, uning boshlanishi yer massasi markaziga, Z o‘qi — uning aylanish o‘qi bilan, X o‘qi tekisligi esa boshlang‘ich meridian tekisligi bilan moslashtirilgan, Y o‘qi sistemani o‘nga to‘ldiradi (74- rasmga qarang). Global geodezik tarmoq oliy geodeziya, geodinamika, astronomiya va boshqa fanlar ilmiy-texnika muammolari va masalalarni yechish (masalan, yerning shakli va gravitatsiya maydonini o‘rganish) uchun
1 0 9
foydalaniladi. Davlat geodezik tarmog‘i tanlangan nisbiylik sirtida geodezik tarmoqlarning o‘zaro holatini eng yuqori aniqlikda yara- tishni ko‘zda tutadi, mahalliy geodezik tarmoq lokal uchastkalarda rejali va balandlik tarmoqlari punktlari koordinatalarini muhan- dislik masalalarini yechish uchun yetarli bo‘lgan zaruriy aniqlikda barpo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |