BURILISH ELEMENTLARI, BURILISHNING ASOSIY NUQTALARINI BELGILASH.
TRASSANI MUSTAHKAMLASH
AB chiziqning yo‘nalishi BC ga o‘zgarganda (110- rasm) yo‘l o‘qi burilish deb ataluvchi ikki yo‘nalishga urinma AMC egri chiziq bo‘yicha o‘tadi.
Burilishlar uchun turli egri chiziqlar qo‘llaniladi, bulardan eng oddiysi doira yoyi yoki doiraviy egri chiziqlardir. Burilishni bo‘- lish uchun uning quyidagi elementlariga ega bo‘lishimiz kerak:
1) burilish burchagi q ; 2) egri chiziqning radiusi R; 3) tangens deb ataluvchi AB = BC = T urinmaning uzunligi; 4) egri chi- ziqning uzunligi AMC = K; 5) bissektrisa BM = b; 6/domer D = 2 T - K .
Joyda burilish burchagi teodolit bilan o‘lchanadi, radius R esa joy sharoiti va yo‘l loyihalashning texnik normativlariga muvofiq belgilanadi. Agar q va R ma’lum bo‘lsa, qolgan elementlar quyidagi ifodalalardan topilishi mumkin:
b = O B - O M = R -
cos q
P = R 1-
cos q
cos q
2
rasm. Burilish elementlari.
D = 2 T - K . (10.13)
Bu ifodalardan ko‘rinadiki, berilgan q bo‘yicha egri chiziqning hamma element- lari uning radiusiga to‘g‘ri proporsionaldir. Egri chiziqning õohlagan radiusi uchun uning elementlarini jadvaldan topish egri chiziqning yuqoridagi xususiyatiga asos- langan.
1 9 0
Egri chiziqlarning (10.10)—(10.13) ifodalar bo‘yicha radiusini bilish uchun tuzilgan jadvallar ko‘p (Vajeevskiy, N. V. Fedorov, tomonidan tuzilgan jadvallar ko‘proq qo‘llaniladi).
Vajeevskiy jadvalida 125, 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1200—1500 va 2000 radiusdan egri chiziqlarning elementlari burchak bo‘yicha har 10¢ dan va radius 1000 bo‘lganda har 2¢ dan berilgan.
Quyida R = 1000 uchun Vajeevskiy jadvalidan namuna kelti- rilgan.
29- jadval
R = 1000
Burilish burchagi
|
Tangens, T
|
Egri chiziq, K
|
D 2T K
|
Bissektrisa, b
|
20
|
367,268
|
703,949
|
30,587
|
65,310
|
22
|
367,598
|
704,531
|
30,665
|
65,424
|
24
|
367,928
|
705,113
|
30,743
|
65,538
|
Fedorov jadvallari 250 dan 2000 gacha bo‘lgan radiuslar uchun tuzilgan bo‘lib, burchaklar esa hamma hollar uchun har 3¢ da berilgan. Bundan tashqari jadvallarda T, K, b va D elementlarga har 1¢ ga to‘g‘ri keladigan tuzatma ham bor.
Giprodor jadvalida radiuslari 40 m dan 300 m gacha bo‘lgan egri chiziqlarning elementlari har 2¢ da berilgan.
Egri chiziqning boshi, oxiri va o‘rtasi burilishning bosh nuq- talari deyiladi. Masalan, burilish burchagi q = 40°20¢, R = 200 m bo‘lsin. Burilish burchagining va egri chiziq radiusining qiymat- lari bo‘yicha jadvaldan tangens, egri chiziq va bissektrisa uzun- liklarini tanlab olinadi. R = 200 va burilish burchagi 40°20¢ uchun jadvaldan T = 73,45, egri chiziq K = 140,79, bissektrisa b = 13,06 larni olamiz. So‘ngra joyda ABC burchakning (teodolit yordami bilan) bissektrisasi BM (111- rasm) topiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha B nuqtasidan bissektrissa uzunligi b = BM = 13,06 m ni o‘lchab qo‘yib AMC egri chiziqning o‘rtachasi bo‘lgan M nuqta topiladi. B nuqtadan ikki tomonga T = 73,45 m qiymatni o‘lchab qo‘yib egri chiziqning boshi A va oxiri C nuqtalar topiladi. O‘lchash natijalarini yozish va ularni hisoblash uchun burchaklar jadvali qo‘llanadi. Unga: 1) burchakning tartib nomeri; 2) burchak uchining piketlash belgisi; 3) burchakni o‘nga yoki chapga buri- lishi; 4) burilish burchagining qiymati; 5) yo‘nalishning bussol
1 9 1
rasm. Trassani mustahkamlash.
bilan o‘lchangan va hisoblangan rumb- lari; 6) egri chiziqning belgilangan radiusi; 7) egri chiziq elementlarining qiymatlari; 8) qanday sabablarga asosan trassa yo‘nalishi o‘zgartirilgan va egri chiziq radiusi qabul qilinganligi to‘g‘risidagi mulohazalar yoziladi.
T r a s s a n i m u s t a h k a m l a s h . Trassa burchagining uchi B (111- rasm) yashirin qoziq va tanib olish uchun ustunlar bilan mahkamlanadi. Yo‘g‘on- ligi 7—10 sm va uzunligi 50 sm bo‘lgan
qoziq burchak uchiga yer yuzi bilan baravar qilib qoqiladi. Odatda, qoziq ustiga 50 sm balandlikda tuproq yoki tosh uyub, atrofiga ariqcha qaziladi. Burchak uchidan 2 m da bissektrisa bo‘ylab 12— 16 sm yo‘g‘onlikdagi burchakni topish ustuni yerga 1 m kirgizib o‘rnatiladi. Bundan tashqari, yer ishi bajariladigan joydan nariroqda burchak tomonlarining har ikkala davomida yana ikkita shunday ustun ko‘miladi. Burchak uchi joydagi buyumlarga bog‘lab qo‘yiladi. Trassaning uzun to‘g‘ri uchastkalarida stolbalar o‘zaro ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi. Trassaning bosh va oxirgi nuqtalari yashirin qoziqlar va belgi stolbalar bilan belgilanadi va ularni joydagi qo‘zg‘almas narsalarga bog‘lanadi.
Trassaga ikki turli, ya’ni doimiy va vaqtinchalik reperlar o‘rna- tiladi. G‘isht uylarining sokoliga (pastki qismiga) o‘rnatiladigan reperlar, ko‘priklarning ustunlari va hokazolar doimiy reperlar bo‘la oladi.
Mustahkam inshootlar bo‘lmagan taqdirda ilgari suv bosmagan, o‘pirilish va siljish hodisalari bo‘lmaydigan joylarda metall tru- badan yoki relsdan ishlangan reperlar o‘rnatiladi. Reperning pa- stki uchi yerning muzlash qatlamidan pastda bo‘lishi kerak. Vaqtinchalik reperlar uchun imoratlar devorlariga qoqiladigan temir qoziqlar, har xil imorat va inshootlarning turtib chiqqan joylari va yerga o‘rnatiladigan yog‘och ustunlar ishlatiladi. Doimiy reperlarning oralig‘i 15 km dan oshiq bo‘lmasligi, uzoq hamda aholi kam yashaydigan joylarda esa 30 km bo‘lishi kerak. Vaqtinchalik reperlar tekis yerlarda har 3 km da, past-baland joylarda har 2 km da va tog‘lik joylarda har 1 km da o‘rnatiladi. Katta suvlardan o‘tish joyida ikkala qirg‘oqqa bittadan vaqtli reper o‘rnatiladi.
1 9 2
Do'stlaringiz bilan baham: |