KIPREGELNING TUZILISHI VA UNI TEKSHIRISH
Umumiy ko‘rinishi 101- rasmda keltirilgan KN kipregeli ko‘rish trubasi 1, ustun 12, asosiy 10 va qo‘shimcha 3 chizg‘ichlardan
iborat (102- rasm).
Ko‘rish trubasi kuzatilayotgan narsaning to‘g‘ri tasvirini beradi, kremalyera 2 da fokuslantiriladi, qo‘zg‘almas tik doiraga nisbatan aylanadi. Tik doira har bir darajadan 0° dan 50° gacha soat mili yo‘li va unga teskari yo‘nalishda yozilgan, limb bo‘lagi qiymati 5¢ dan. Tik doiradagi silindrik adilak 15 doira nolini nolga
12—O‘.O‘tanov 1 7 7
101- rasm. KN nomogrammali kipregelining umumiy ko‘rinishi.
102- rasm. KN nomogrammali kipregelining tuzilishi:
1 — ko‘rish trubasi; 2 — kremalyera; 3 — qo‘shimcha chizg‘ich; 4 — ignali shtift; 5 — disk; 6 — planshet; 7 — surish vinti; 8 — ko‘tirgich vinti; 9 — masshtab chizg‘ichi; 10 — asosiy chizg‘ich; 11 — silindrik adilak; 12 — ustun; 13 — okulyar; 14 — truba qaratish vinti; 15 — vertikal doiradagi adilak; 16 — elevatsion vint; 17 — trubadagi adilak.
1 7 8
o‘rnatishga xizmat qiladi, nol o‘rni va qiyalik burchaklari quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
NO‘ = (O‘ - Ch), (9.11)
n = (O‘ - NO‘) = (Ch + NO‘), (9.12)
n = 0,5(O‘ + Ch). (9.13)
Nol o‘rni nol bo‘lganda sanoqlar yozilishi qiyalik burchaklari tegishli ishoralarga ega bo‘ladi. Chiziqlar uzunliklari va nisbiy balandliklarini hosil qilish uchun tik doira limbida yasalgan hamda doiraning chap holatida trubaning ko‘rish maydonida ko‘rinadigan nomagramma bor (103- rasm). U asosiy egri chiziq koeffitsiyenti K = 100 va 200 bo‘lgan ufqiy qo‘yilishlar egrisi koeffitsiyentlari
h
K = 10, 20 va 100 tegishli egrilarda yozilgan nisbiy balandliklar
egrisi h dan iborat.
s s
Masofani va nisbiy balandlikni aniqlash uchun asosiy egri reykaning noliga qaratiladi va tegishli S va h egrilardan ls va lh kesmalar sanoqlari olinadi, ufqiy masofa S = K l , nisbiy baland-
h h
lik h = K l hisoblanadi. 103- a rasmda S = 19,4 sm•100 =
= 19,4 m, h = 12,6 sm•10 = 1,26 m.
1 7 9
Trubadagi silindrik adilak kipregeldan nivelir sifatida foydala- nish imkonini beradi. Ustun 12 ning yuqori qismida (102- rasm) mahkamlangan doiraning o‘qida ko‘rish trubasi o‘rnatiladi, us- tunning pastki qismi kipregel zaminining asosiy chizg‘ichi 10 bilan biriktirilgan. Qo‘shimcha chizg‘ich 3 olinadigan nuqtaning plan- shetdagi o‘rnini masshtab chizg‘ichi 9 va ignali shtift 4 yordamida asbobni qo‘zg‘atmasdan aniqlash imkonini beradi. Ustunga biriktirilgan silindrik adilak 11 menzula taxtasini (planshetni) ufqiy holga keltirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |