MENZULA SYOMKASI
Menzula syomkasi kichik maydonlarning topografik rejasini menzula va kipregel yordamida dalada bevosita tuzishda qo‘lla- niladi. Syomkani bajarish joydagi ayrim nuqtalarning planshetdagi o‘zaro holatini grafik usulda aniqlashga asoslangan. Bunda nuq- talargacha bo‘lgan masofa kipregel dalnomeri va reyka yordamida o‘lchanadi, ufqiy burchaklar o‘lchanmaydi, grafik yasash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Dalada tuzilgan topografik reja joy bilan taqqoslanadi. Men- zula syomkasini bajarish uchun zichlash syomka tarmog‘i joy sha- roiti va syomka masshtabiga qarab analitik yoki grafik usullarda barpo etiladi. Analitik usulga teodolit va taxeometrik yo‘llari kiradi, ularning uchlari balandliklari relyef kesimni 1 m gacha bo‘lganda geometrik nivelirlash usulida aniqlanadi. Ish boshlash- dan avval planshet tayyorlanadi — sifatli chizma qog‘oz aluminiy yoki fanerga tuxum oqi yoki kraxmal yordamida yopishtirilib, unda kvadratlar to‘ri yasaladi, syomka asosi nuqtalari koordinata- lari bo‘yicha tushiriladi, balandliklari yoziladi. Planshet menzula taxtasiga mahkamlanadi, usti (kalka) shaffof qog‘oz bilan qopla- nadi. Syomkani bajarish uchun menzula joy nuqtasi (bekat)da
1 7 3
99- rasm. Menzula planshetida ufqiy burchakni yasash prinsipi. 1 — taxta; 2 — markazlashtirish ayrisi; 3 — kipregel chizg‘ichi; 4 — silindrik adilak; 5 — planshet; 6 — kipregel; 7 — shtativ.
o‘rnatiladi — menzula markazlashtiriladi, taxtasi ufqiy holatga keltiriladi va yo‘nalish aniqlanadi (99- rasm).
Menzulani markazlashtirishda syomka planshetidagi nuqta joy- ning tegishli nuqtasi ustiga 1:2000 va undan yirik masshtab syomkalarda markazlashtirish ayrisi yordamida, undan maydaroq masshtabli syomkalarda esa ko‘z bilan chamalab o‘rnatiladi.
Menzula taxtasi (planshet)ni ufqiy holga keltirish uchun kip- regel chizg‘ichi ikki ko‘targich vint yo‘nalishida qo‘yilib, ular yor- damida adilak pufakchasi o‘rtaga keltiriladi. So‘ngra chizg‘ich boshlang‘ich yo‘nalishga perpendikulyar qo‘yilib, uchinchi vint orqali pufakcha o‘rtaga keltiriladi. Bundan keyin chizg‘ichning har xil holatida pufakcha o‘rtada qolishi kerak.
Menzula yo‘nalishini aniqlashda (oriyentirlashda) syomka plan- shetidagi va joydagi chiziqlarning o‘zaro parallelligiga erishiladi. Bunda kipregel chizg‘ichi planshetda asbob turgan nuqta undan eng olis va joyda yaxshi ko‘rinadigan nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqqa qo‘yiladi. Menzula taxtasi avval qo‘lda, so‘ngra taglik surish vintida aylantirilib, truba ko‘rish o‘qi shu nuqtaga mos kelishiga erishiladi. Menzula yo‘nalishini aniqlash boshqa yo‘na- lish orqali tekshiriladi. Menzulaning taxminiy yo‘nalishni aniqlash uchun bussol planshet tomoniga parallel qo‘yilib, menzulani burash orqali uning mili nolinchi diametrga keltiriladi.
1 7 4
Syomka bajarish uchun planshetdagi nuqtalar zichligi yetarli bo‘lmaganda ular syomka asosli punktlari — to‘g‘ri birlashgan (kombinatsiyalashtirilgan), teskari kesishtirish usullarini qo‘llab, shuningdek, menzula yo‘llarini o‘rnatish orqali zichlantirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |