JOY RELYEFINI XARITA VA REJALARDA GORIZONTALLAR BILAN TASVIRLASH
Topografik xarita va rejalarda relyefni tasvirlashda joy nuqta- lari balandliklarini tez topish, yonbag‘ir yo‘nalishlari va tiklikla- rini aniqlash mumkinligi va tasvirlangan joy relyefi hamda uning ayrim shakllarining o‘zaro joylashishi to‘g‘risidagi yaxshi tushun- cha olish shartlari qo‘yiladi. Relyefni tasvirlash uchun yer yuza- sining o‘ziga xos nuqtalari 1, 2, ..., hamda chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha nuqtalarning rejali o‘rinlari va balandliklari topiladi (25-
2 9
rasm. Rejali (planli)-balandlik syomkalarda balandlik nuqtalari.
rasm), ularning hammasi xaritada ko‘rsatilsa, uni o‘qish qiyin bo‘ladi.
Shu sababli yuqorida sanab o‘tilgan shartlarni qanoatlantirish uchun relyefni tasvirlashda nuqtalar balandliklaridan ayrimlarini yozish bilan birgalikda gorizontallar usuli keng qo‘llaniladi (26- rasm).
Bu usulda yer yuzasi bo‘lagi teng h oraliqdagi gorizontal tekisliklar (sathiy sirtlar) bilan fikran kesiladi (26, a- rasm). Ke- suvchi tekisliklar orasidagi h tik masofa relyef kesimi balandligi deyiladi. Tekisliklarning yer sirti bilan kesishishidan yopiq egri chiziqlar — gorizontallar hosil bo‘ladi. Yer sirtida balandilklari teng bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq gorizontal deyiladi. Fazodagi ABA, CDC, FEF gorizontallar Q tekislikka proyeksiya- lanib va rejada tegishli masshtabda kichraytirilib, ularning yassi tasvirlari aba, cdc, fef hosil qilinadi. Gorizontallar o‘zaro kesishmaydi, uzluksiz bo‘ladi, ular orasidagi masofalar — gori- zontal qo‘yilishlar qanchalik kichik bo‘lsa, yonbag‘ir tikligi
b)
rasm. Relyefni gorizontallar bilan tasvirlashning mohiyati (a) va uning beshta asosiy shaklining gorizontalli tasvirlari (b).
3 0
shuncha katta va aksin- cha bo‘ladi. 26- b rasm- da relyefning beshta aso- siy shakllari gorizontallar bilan qanday tasvirla- nishi ko‘rsatilgan. Ularni bir- biridan ajratish uchun ayrim gorizontal- larga yonbag‘ir pasayishi yo‘nalishini ko‘rsatilgan
rasm. Qiyaliklar formalari: a — tekis;
b — qavariq; d — botiq; e — aralash.
kalta chiziqlar — berg shtrixlar qo‘yiladi, ayrimlariga baland- liklarini bildiruvchi raqamlarning yuqori qismi yonbag‘ir ko‘- tarilishi tomoniga qaratib yoziladi. Rejada relyefni batafsil tasvir- lash uchun gorizontallardan tashqari, har 5—15 detsimetrda uning xarakterli nuqtalari balandliklari yoziladi.
Rejadagi gorizontallar ko‘rinishiga qarab joy qiyaligi to‘g‘risi- da tushunchaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, 27- rasmdagi go- rizontallar oralig‘i teng bo‘lganda joy qiyaligi bir tekis, ortib bor- ganda — qavariq, har xil bo‘lganda botiq yoki aralash va h. k.
Rejada joy AC chizig‘ining tiklik qiymati — nishoblik i qiyalik burchagi n orqali (26- a rasm)
i = tg n= CC1 = h
AC1 S
(2.1)
formula bilan aniqlanadi, bunda: h — relyef kesimi balandligi,
S — AC chiziq gorizontal qo‘yilishi.
Nishablik i foizda yoki promil (birning mingdan bir ulushi,
‰ bilan belgilanadi)da ifodalanadi, n ning qiymati esa:
bu yerda 57,3° — bir radiandagi graduslar soni.
M i s o l . Joydagi AC chiziq tikligini aniqlash uchun uning go-
ac
rizontal qo‘yilishi ac = S = 46,5 m o‘lchangan va rejadagi relyef
kesimi balandligi h = 1 m bo‘lsa, (2.1) va (2.2) formulalarga ko‘ra joydagi AC chiziqning nishabligi va qiyalik burchagi mos ravishda bunday bo‘ladi:
i = 1 /46,5 = 0,022 = 2,2 % = 22 ‰,
n = 57,3°•0,022 = 1,2°.
3 1
Shunday tarzda gorizontallari bo‘lgan xaritalarda joyning har qanday chizig‘ining tikligini (qiyalik burchagi yoki nishabligini) hisoblash oson. Nishablik i va qiyalik burchagini (2.1), (2.2) for- mulalar bo‘yicha hisoblash bilan birga topografik xarita bo‘yicha qo‘yilishlar masshtabi deyiladigan maxsus grafiklar yordamida ham aniqlash mumkin (5- rasm).
Qiyalik burchaklari uchun qo‘yilish masshtabi (2.1) formuladan kelib chiqib yasaladi. Unga ko‘ra
s = h•ctg n. (2.3)
n
(2.3) formulada qiyalik burchaklariga har xir qiymatlar berilib, ma’lum relyef kesimi h uchun qo‘yilish s hisoblanadi, keyin to‘g‘ri chiziqni (27- a rasm) teng uzunlikdagi kesmalarga bo‘linadi, hosil bo‘lgan nuqtalar qarshisida qo‘yilishlar hisoblangan joy chiziqla- rining qiyalik burchaklari qo‘yiladi (yoziladi). Bu nuqtalarda qo‘yi- lish masshtabi asosi bo‘lgan chizig‘iga perpendikular tiklanib, ular- da xarita masshtabida qiyalik tikligi miqdori qo‘yilgan nuqtalar- ni silliq egri chiziq bilan tutashtiriladi. Undan foydalanishda rejadan olingan va qo‘yilishning joydagi qiyalik burchagi
ab
= 1°30¢, joy pasayotgan bo‘lsa, xuddi shu kesmaning nishabligi
qiymati oldiga minus ishorasi qo‘yiladi. Rejadagi ab chiziqning joydagi nishabligi 27- a rasmga ko‘ra: i = 0,035.
Nishabliklar uchun qo‘yilish masshtabi (2.1) formuladan kelib chiqadigan
s = h i
(2.4)
ifoda mavjud. Unda joy chizig‘i nishabliklari berilib, (2.4) for- mula bo‘yicha ularga tegishli qo‘yilishlar xarita masshtabida qo‘yi- lish asosiga perpendikularda o‘lchanib qo‘yiladi.
27- a rasm. Qo‘yilish masshtablari grafiklari: 1—qiyalik burchaklari; 2—nishabliklari.
3 2
Har xil masshtabli xaritalarda relyef kesimini tanlash joy relye- fini xaritada tasvirlash sifatiga ta’sir qiladigan muhim omillardan bo‘ladi. Topografik rejalarda har xil relyef kesimi balandligida relyefning har xil tasviri hosil bo‘ladi, relyef kesimi kichik bo‘lsa, u batafsil ifodalanadi, lekin gorizontallar soni ko‘payib, uni o‘qish qiyin bo‘ladi va aksincha, relyef kesimi balandligi katta bo‘lsa, u batafsil tasvirlanmaydi. Masalan, 26- a rasmda tekis qiyalikni tasvirlash uchun chiziqning ikki uchi belgilari bo‘yicha relyef kesimiga karrali gorizontallarni o‘tkazish kifoya, ammo relyefning qolgan formalarini batafsil tasvirlash uchun optimal relyef kesimini tanlash kerak, chunki faqat bir qiyalikda yotgan nuqtalar orasida gorizontallar o‘tkazish mumkin, aks holda ular haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish qiyin. Shuning uchun normal (me’yoriy) relyef kesimi balandligi topografik xarita, reja masshtablarida 0,2 mm ni tashkil qiladi, ya’ni
h = 2,2 mm•M, (2.5)
bunda M — xaritaning sonli masshtabi maxraji. Agar joy relyefi normal relyef kesimida xaritada kuchsiz ifodalansa, 0,5h kesimli yarim gorizontallar bilan tasvirlanadi. Topografik syomkalarni bajarish uchun yo‘riqnomalarda tekis joylar uchun relyef kesimi balandligi (2.5) formula orqali hisoblagan qiymatdan 2 marta ki- chik qilib tayinlanadi. Sug‘oriladigan joylar uchun uning qiymati xarita masshtabiga qarab 0,25 m, 0,5 m, 1,0 m va 2,5 m bo‘ladi. Xaritada relyefni o‘qishni yengillashtirish maqsadida relyef kesimi balandligi 1,2 va 5 m bo‘lganda gorizontallarning har beshinchisi balandliklari 5, 10, 25 m ga karrali va relyef kesimi 0,25, 0,5 va 2,5 m ga karrali bo‘lgan gorizontallar yo‘g‘onlashtiriladi va ularning balandliklari ko‘tarilish tarafga qaratib yoziladi. Gorizontallar xaritada och jigarrangda chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |