Geodeziya laboratoriya


ARIQQA QUVURNI ALOHIDA O‘RNATISH VAQTIDAGI REJALASH ISHLARI



Download 6,9 Mb.
bet136/150
Sana01.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#284754
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov)

ARIQQA QUVURNI ALOHIDA O‘RNATISH VAQTIDAGI REJALASH ISHLARI

Yer ostidagi ariqqa quvurni o‘rnatmasdan avval ana shu uchastkada ishchi reperning mavjudligini tekshirib chiqiladi. Agarda reperda belgi raqami bo‘lmasa, bunday holda yer osti quvurini rejalash joyiga qo‘shni reper belgisidan nivelirlash yo‘li bilan belgi raqamini olib kelib rejalash ishlarini olib boriladi. Ariqqa truboprovodni o‘rnatish uchun dastlabki hujjat bo‘lib, bo‘ylama profil va rejalash chizmasining nusxasi hisoblanadi. Ana shu hujjatning to‘g‘riligi ijro etuvchi tashkilotlar tomonidan tekshirilgan bo‘lishi lozim. Quvurni alohida rejalashdagi loyiha belgi raqamini quduq ostiga ikkita aralashgan quduq raqamidan olib beriladi. Obnoska orasiga tortilgan shovun ipi orqali quduq markazini aniqlanadi. Yer ostiga o‘rnatilgan gazoprovod,




  1. rasm. Ko‘cha tarmog‘ida chuqurlik boshlanishini aniqlash sxemasi. QCh — quduqning chiqarilishi; NQ — nazorat quduq; ShK — shahardagi kollektor.

2 5 9

vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlari texnika talabiga javob berishi lozim.

Rejadagi masofa bilan yer osti kommunikatsiyasiga berilgan ruxsatnomaning eng qisqa masofasi 36- jadvalda berilgan.
36- jadval

Kommunikatsiyaning nomi va qaysi vositagacha berilgan ruõsatnomadagi masofa


Kanalizatsiya



Vodoprovod

Gazoprovod

Past bosim

O‘rtacha bosim

Yuqori bosim

Puteprovod va tonneldan qurilish chizig‘igacha yoki bino fundamentining qirqimigacha

3—5

5

2

4

7—10

Yer ostidagi kuchli kabelgacha

0,5

0,5

1

1

1

Yuqori kuchlanishdagi elektr chizig‘igacha:
















35kV

5

—5

5

5

5

35 kV

10



10

10

10

Kabellarning bog‘lanishigacha

1

0,5

1

2

3

Issiqlikni o‘tkazish va mahsulotni o‘tkazishdagi quvurning tashqi yuzasigacha

1—1,5

1,5

2

2

2—4

Gazoprovodlargacha:
















past bosim

1

1







o‘rtacha bosim

1,5

1,5







yuqori bosim

2—5

2—5







Stolbalarning tashqi qiyofasini yoritishgacha



1,5







Temir yo‘lining yaqinlashgan joyigacha

4,5

4

3

4

7—10

Àriqning qirg‘og‘idan tramvay relsining oõiri- gacha

1,5

2

2

2

3

Àriqning qirg‘og‘idan ko‘tarma yostig‘igacha

1









Àvtoyo‘ldagi bordyur toshining qirg‘og‘igacha

1,5

2







Yo‘lning chekkasiga o‘rnatilgan manzarali da- raõt ko‘chatlarning tanasigacha

2

1,5

1,5

1,5

15

2 6 0






  1. rasm. Yer osti tarmoqlarini oqilona joylashtirish sxemasi.

E — elektr tarmog‘i; T — telefon; G — gazoprovod; K — kanalizatsiya; Yo — yomg‘irni qabul qiluvchi; YoK — yomg‘irli kanalizatsiya; IT — isitish tarmog‘i; KYo — kabelni yoritish; S — suv.
162- rasmda yer osti tarmoqlarini joylashtirishning ko‘p joylar- da ma’qullangan namunasi keltirilgan.


    1. YER OSTI KOMMUNIKATSIYALARINI OLDINDAN TEKSHIRIB KO‘RISH

Geodeziya ishlarini olib boruvchi muhandis shahardagi kana- lizatsiya tarmog‘ini ekspluatasiya qiluvchi tashkilot bilan birgalikda belgilangan uchastka bo‘yicha tekshirish ishlarini olib boradi. Uchastkaning sxemasiga asoslanib quyidagi ishlarni kiritish mum- kin: Yangitdan o‘rnatilgan yer osti kommunikatsiya quvurlarining chiqish joylaridagi chizmaga yangilik kiritish va chizmada keraksiz chizma bo‘lsa, ana shu chizma o‘chiriladi va yangi chizmaga har qaysi quduqning tartib nomerlari yozib chiqiladi. Masalan, gaz tarmog‘i uchun 101 dan 200 gacha, vodoprovod tarmog‘i uchun 201 dan 300 gacha va hokazo. Yer osti kommunikatsiyalarining har qaysi turiga alohida nom berib boriladi: gazoprovod quvurlari bo‘yicha, kameralar, baxmallar, nazorat quvurlari, dyukerlar, binolarga gazlarni olib kirishlar, gazni taqsimlovchi punktlar (GRP) va hokazolar. Vodoprovod quduqlari bo‘yicha kolonka- lardan, dyukerdan, suv devorini o‘rnatishdan, nasos stansiyasidan, suvning tozalagich inshootidagi kanalizatsiya quduq bo‘yicha suvni chiqarish, suvni haydash stansiyasi, suvni dalada tinitish, dyukerlar, yomg‘ir suvni qabul qiluvchilar va trubadan havoni haydab chiqaruvchilardir.

Issiqlikni o‘tkazuvchi quduqlar bo‘yicha kameralardan, joy- dagi suvni isitib haydovchilar, TES, qish vaqida trassa bo‘ylab

2 6 1






  1. rasm. Kanalizatsiya quvurining tiklik qirqimi.

H — quduq qopqog‘ining belgi raqami; H1 — tarnov quvurning belgi raqami; a, aa1 — balandlik bo‘yicha

o‘lcham, b — kengaytirilgan qismdagi

diametr, d — quvurning diametri.


  1. rasm. Vodoprovod qudug‘ining tiklik qirqimi.

H — quduq qopqog‘ining belgi raqami, H1 — gidrant qopqoqchasi, H2 — quvur- ning yuqori belgisi: a, a1 balandlik bo‘yi-

cha o‘lcham, b — kengaytirilgan qism-

dagi diametr, d — quvurning diametri.







  1. rasm. Yer osti kommunikatsiya tafsiloti rejasi.

2 6 2



qorning yo‘qligida binolarga issiq suvni nasos orqali haydab, aholiga yetkazib beriladi. Kam quvvatli quduqlarning tarmog‘i bo‘yicha kabellarni yer yuzasiga chiqarishda, podstansiyadagi taqsimotning mavjudligida, tuproqning o‘z-o‘zidan cho‘kishi munosabati bilan kabellarni ko‘rsatib qo‘yadilar. Ana shu inshoot joylarini oldindan tekshirish uchun dala jurnali bo‘lib, ana shu jurnalda yer ostidagi barcha trassalarning bir-birini kesib o‘tishi ko‘rsatiladi. Masalan: kommunikatsiyalarning burilish burchak- larini, yer yuzasiga quvurlardan suvni chiqishini, iflos suvni kutib oluvchi quduqlarni, texnologik quduq choklarining va tafsilotlar- ning asosiy elementlarini qanday joylashganligi ko‘rsatuladi. Quvur qismlarini kuzatishdagi ishlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1 — quduqning tiklik bo‘yicha qirqim chizmasi (163- va 164- rasm). 2 — quduq elementini o‘lchash va elementning o‘lchanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni quduq rejasining tik qirqimiga yozish. 3 — truboprovod quvurining materialini aniqlash va quvurning diametrini va kabellarning kommunikatsiya o‘qini kesib o‘tish nuqtasini va burilish burchagini aniqlash, quduq tarmoqlarini nivelirlash, quduq doirasidagi tuynukning tiklik bo‘yicha aniq- lanayotgan elementgacha bo‘lgan masofani aniqlash. Quvurlarning orasiga qo‘yilayotgan barcha prokladkalar kuzatiladi, kanali- zatsiyadan boshqa quvurning tashqi diametri o‘lchanadi. Rejada esa truboprovod quvurining ichki diametri ko‘rsatiladi. Quvurning tashqi diametridan ichki diametrgacha bo‘lgan masofani maxsus jadvaldan olinadi. 165- rasmda ko‘rsatilishicha, har qaysi quduqqa alohida nomer belgilab, yozib qo‘yilgan. Quduq ustidagi teshikning yuqorisiga va tarnov ostiga belgilangan belgi raqami yozilgan. Chi- ziqdagi quduqlarning orasida quyidagi belgilar mavjud: d — quvur- ning diametri, i nishablik, l — masofalar.



    1. Download 6,9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish