10- bob. INSHOOTLARNI LOYIHALASH VA QURISHDA GEODEZIK ISHLAR
UFQIY VA QIYA TEKISLIKNI LOYIHALASH
Ufqiy tekislikni ko‘pincha yer sirti kvadratlar bo‘yicha nive- lirlangan reja asosida loyihalanadi (104- rasm). Bunda ufqiy te- kislik yer sirti o‘rtacha balandligida yotgandagina yer qazish va tuproq to‘kish hajmlari taxminan o‘zaro teng bo‘ladi. Loyiha- lanayotgan tekislikning o‘rtacha loyiha balandligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Н = H1 2H2 3H3 4H4 ,
(10.1)
0
bunda SH , SH , SH , SH
4n
— bir, ikki, uch va to‘rt kvadratlar
1 2 3 4
uchun umumiy bo‘lgan balandliklar yig‘indisi, n — kvadratlar
soni. Hisoblangan o‘rtacha balandlikdan kvadratlar uchlari ba- landliklari ayirmasi
i 0 1
r = H - H (10.2)
ish balandligi deyiladi. Uning ishorasi manfiy bo‘lsa, yer qazish chuqurliligini, musbat bo‘lganda esa tuproq to‘kish balandligini ko‘rsatadi. Kvadrat uchlari, ish balandliklari har xil ishorali bo‘lganda u to‘liq kvadrat, uchlari ishoralari turlicha bo‘lganda esa to‘liqsiz kvadrat deyiladi. Bunday kvadratlar ichida nol ishlari chizig‘i, ya’ni loyihaviy tekisliklar yer sirti bilan kesishish chi- zig‘i yotadi. Uning rejadagi o‘rnini tegishli kvadrat uchidan aniq- lash uchun
x = r1 a
r1 r2
(10.3)
masofa hisoblanadi, bu yerda r1, r2 — ish balandliklari (hisob- lashda ularning ishoralari e’tiborga olinmaydi), a — kvadrat to-
moni uzunligi. Topilgan chiziq yer qaziladigan va tuproq to‘ki- ladigan yuzalarning chegarasi bo‘ladi. Bu yuzalarning og‘irlik markazlari orasidagi masofa o‘rtacha tuproq masofasi deyiladi. Yer qazish va tuproq to‘kish hajmlari to‘rt va besh qirrali prizmalar uchun taxminiy
1 8 1
formula, uch qirrali prizmalar uchun esa
i
formula bo‘yicha hisoblanadi, bunda S r
yig‘indisi, p — prizma asosi yuzasi.
Hisoblangan hajmlar ishoralari bilan rejada yoziladi va har bir gorizontal chiziqlar bo‘yicha yig‘indilari topiladi. Hajmlar farqi 3 %dan oshmasligi kerak.
Suv oqishni ta’minlash uchun qiya tekislik bo‘ylama ix va ko‘ndalang iy nishabliklar va boshlang‘ich A nuqta balandligi HA bo‘yicha loyihalanadi. Boshlang‘ich HA nuqtadan Sx, Sy masofa- larda joylashgan tegishli kvadrat uchining loyihaviy balandligi
quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
L A x x y y
H = H + S i + S i . (10.6)
Kvadratlar har bir uchlarining loyihaviy va haqiqiy balandlik- lari farqi ish balandlklar hisoblanadi. Qolgan ishlar ufqiy tekislikni loyihalash masalalari singari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |