YER SIRTI NUQTALARI O‘RNI KOORDINATALARINI YER SUN’IY YO‘LDOSHLARI
BO‘YICHA ANIQLASH PRINSIPI
GPS (Clobal Position System — yer sirti nuqtasi o‘rnining holatini aniqlashning global sistemasi) nuqtalarning fazoviy ko- ordinatalarini aniqlash uchun boshlanishi Yer markazida bo‘lgan dekret koordinatalar sistemasini kiritamiz.
1 2 4
Yerning navigatsiya sun’iy yo‘ldoshi (ENSY) koordinatalarini
xy, yy, zy Yer sirtida joylashgan geodezik P punkt koordinatalarini
x , y , z orqali belgilaymiz. ENSY va P nuqta orasidagi D ( j = 1,
p p p j
2, 3) masofaning kvadratini quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz (73-
rasm):
y p y p y p
D 2 = ( x - x ) 2 + ( y - y ) 2 + ( z - z ) 2. (7.1)
ENSY koordinatalari hamda yo‘ldosh va P nuqta orasidagi D masofa (o‘lchangan) ma’lum deb faraz qilamiz. U holda (7.1) tenglamada P nuqtaning uchta koordinatasi noma’lum.
j
Demak, xp, yp, zp koordinatalarni aniqlash uchun uchta ENSY gacha uchta D (j = 1, 2, 3) masofani o‘lchash zarur. Bunda
o‘lchash lahzasida yo‘ldoshlar õ , y , z
(j = 1, 2, 3) koordinatalari
cj cj cj
ma’lum bo‘lishi kerak. Kiritilgan belgilarni e’tiborga olinsa, (7.1)
ifoda uchta tenglama sistemasi ko‘rinishiga ega bo‘ladi:
cj p cj p cj p
D 2 = ( õ - x ) 2 + ( y - y ) + ( z - z ) 2, (7.2)
bunda j = 1, 2, 3 ENSY nomeriga mos.
(7.2) tenglama quyidagi ko‘rinishga keltirilishi mumkin:
1
j cj j cj p cj p
D D = ( x
- x )2 + (y
- y )2 + (z
- z )2 2 -
- ( xcl -
x ) 2+ ( y -
y ) 2 + ( z -
1
zp )2 2 , (7.3)
p cl
p cl
jl
bunda j = 1, 2, 3; D — P nuqta va ikki ENSY ( j va birinchi)
ikki yo‘ldosh orasidagi (o‘lchangan) masofalar farqlari.
73- rasm. Nuqta o‘rnining holatini aniqlash prinsipi.
1 2 5
(7.3) sistema ikkita tenglamadan iborat bo‘lib, xp, yp, zp koor- dinatalarning farqli dalnomerli o‘lchashlar natijalari bo‘yicha aniq- lash imkonini beradi.
Bayon qilinganlar dalnomerli sistemada nuqta o‘rni holatini aniqlash prinsipini ifodalaydi. Bunda ENSY yuqori aniqlik bilan bog‘liq bo‘lgan signallarni tarqatadi, o‘z koordinatalarini aniqla- yotgan abonent berilgan lahzada ko‘rinish zonasida qulay joy- lashgan ENSY dan to‘rttasini tanlaydi (73- rasm) va ulardan abo- nentgacha signallarning tarqalish vaqtini yorug‘lik tezligiga ko‘pay- tirilishidan aniqlanadigan (7.2) formulani qayta o‘zgartirilishidan kelib chiqadigan quyidagi psevdo-uzoqlik deyiladigan miqdor- larni o‘lchaydi:
r 2 = (D + uDt
)2 .
(7.4)
j j sh
sh
Bu sistemada Dt = const, noma’lumlar soni to‘rtga teng (uchta
p p p sh
koordinata x , y , z va vaqt shkalasi farqi D t
). Demak, uni
yechish uchun to‘rtta ( j = 1, 2, 3, 4) ENSY gacha masofani o‘lchash va to‘rt tenglamadan iborat (7.4) sistemani yechish kerak. Umuman:
Yer sun’iy yo‘ldoshlari signallari bo‘yicha nuqtalar o‘rni holatini aniqlashda o‘lchashni o‘tkazish vaqti uchun yo‘ldoshlar- ning koordinatalari (efemeridlari)ni bilish zarur;
yo‘ldoshli radionavigatsiya sistemalari ballistik strukturasi bir paytda o‘lchashlarni kamida to‘rtta yo‘ldosh bo‘yicha o‘tka- zishni ta’minlashi kerak;
nuqta holatini hisoblashda aniqlanadigan parametr ENSY dan aniqlanadigan nuqtagacha elektromagnit to‘lqinlarning tar- qalish vaqti bo‘ladi, bu parametr fazali metodda o‘lchanadi.
74- rasm. Psevdouzoqlikni o‘lchash prinsipi.
1 2 6
Keyinchalik, bu o‘lchangan fazalar farqi tegishli psevdouzoqlik qiymati bilan taqqoslanadi. Bunda ENSY uzatkichning va priyom- nikning vaqt shkalalari farqi o‘lchash jarayonida o‘zgarmagan deb hisoblanadi (74- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |