Geodeziya laboratoriya


YUZANI BIR NECHA BEKATDAN NIVELIRLASH VA NATIJALARNI ISHLAB CHIQISH



Download 6,28 Mb.
bet55/148
Sana06.01.2022
Hajmi6,28 Mb.
#322979
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   148
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov) (2)

YUZANI BIR NECHA BEKATDAN NIVELIRLASH VA NATIJALARNI ISHLAB CHIQISH

(AMALIY MASHG‘ULOT)

Agar uchastka o‘lchami 100 m dan katta bo‘lsa, relyefi tavsifi hamma kvadratlar uchlarini bir necha bekatdan nivelirlanadi. Bog‘lovchi nuqtalar sifatida ikki qo‘shni bekatdan nivelirlash mumkin bo‘lgan kvadratlar uchlari tanlanadi. Bog‘lovchi nuqtalar ikki marta nivelirlanadi: bir tomonli reykalarda asbobning ikki


1 0 5

gorizontida va ikki tomonli reykalarda — bir gorizontda, lekin reykalarning ikki tomonidan sanoqlar olinadi. Qolgan uchlari bir marta oraliq nuqtalar kabi nazoratsiz nivelirlanadi. Yuzani kvadratlar bo‘yicha nivelirlashda ish va nuqtalar balandliklarini hisoblash tartibi 61- rasmda keltirilgan, bunda bog‘lovchi nuqtalar doirachalar bilan belgilanadi.

Nivelir 1- bekatda 10 reper va ¹ 1 nuqta o‘rtasida o‘rnatiladi. Uni ish holatiga keltirilib, orqadagi Rp 10 va oldindagi ¹ 1 bog‘- lovchi nuqtalarga qo‘yilgan reykalarning ishchi va qo‘shimcha tomonlaridan sanoqlar olinadi. Nisbiy balandliklar hisoblanishi- ning to‘g‘riligi quyidagicha nazorat qilinadi:



h¢ = 2593 - 436 = +2157,

h ² = 7280 - 5125 = + 21 55 .

Nisbiy balandliklar farqi yo‘l qo‘yarli — 5 mm dan kichik bo‘lganligi uchun uning qiymati jurnal hoshiyasida Rp 10 va ¹ 1 bog‘lovchi nuqta orasida yoziladi. I bekatdan ko‘rinadigan kvadratlarning hamma uchlari oraliq nuqtalar singari nivelirlanadi. Bunda reyka mazkur uchni belgilovchi qorovul qoziq yoniga yerga qo‘yilib, uning faqat ishchi tomonidan sanoq olinadi, uni sxemadagi tegishli kvadrat uchi yoniga jurnalga yoziladi. Keyin reyka boshqa uchga qo‘yiladi va sanoq olinadi, joydagi nishabliklar yo‘nalishlari millar bilan ko‘rsatiladi va h. k. Shunday tartibda 2259, 1499, 2553 va boshqa sanoqlar olingan. I bekatdan nive- lirlangan nuqtalar konturi bo‘ylab punktirlar yuritiladi va keyingi II, III va IV bekatlarda ham nivelirlash yuqorida yozilgan tartibda o‘tkaziladi va yo‘lning oxiri Rp10 ga bog‘lanib yopiq nivelir yo‘li Rp10—¹ 1—¹ 2—¹ 3—Rp10 hosil qilinadi. Dala ishlari tuga- gach, kvadratlar uchlari belgilari hisoblanadi va gorizontalli rejasi tuziladi.

Hisoblash ishlari quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:


  1. Bog‘lovchi nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklardagi bog‘- lanmaslik topiladi, uning yo‘l qo‘yarli ekanligi tekshiriladi va tuzatmalar kiritiladi. Reper va bog‘lovchi ¹ 1, ¹ 2, ¹ 3 nuqtalar yopiq yo‘lni hosil qilgani uchun, undagi nisbiy balandliklar yi-

g‘indisi nolga teng bo‘lishi kerak, ya’ni (Sh
o‘r

= 0). Amalda xa-



toliklar jamg‘arilishi to‘g‘risida bog‘lanmaslik hosil bo‘ladi.
1 0 6

Misolda bog‘lovchi nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklardagi bog‘- lanmaslik quyidagiga teng:


h o‘ r
f = S h = + 21 56 - 1 02 9 - 1 77 0 + 650 = + 7 mm.

Yuzani kvadratlar bo‘yicha nivelirlashda yo‘l qo‘yiladigan bog‘- lanmaslik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:




h
f = 10 mm ,

chekl
bunda n — bekatlar soni.

Ko‘rilayotgan misolda chekli bog‘lanmaslik



h h
f = 7 mm < f = 10 mm

che kl


= + 14 mm

bo‘lganligi uchun nisbiy balandliklar tenglashtiriladi, ya’ni ularga bog‘lanmaslik + 7 mm teskari ishora bilan tarqatiladi:

Tuzatmalar jurnalda o‘rtacha nisbiy balandliklar qiymatlari ustiga ko‘chiriladi va tuzatilgan nisbiy balandliklari quyiroqda yoziladi.


  1. Boshlang‘ich nuqtalar belgilari hisoblanadi, bunda umumiy qoidaga ko‘ra keyingi nuqtaning belgisi berilgan nuqta belgisiga nisbiy balandlik qo‘shilganiga teng. Misolda reper belgisi

HRp10

= 32,693:



1
H = 32,693 + 2,155 = 34,848;


2
H = 34,484 - 1 ,031 = 33,817;


3
H = 33,817 - 1 ,772 = 32,045;


Rp10
H = 32,045 + 0,643 = 32,643.

To‘g‘ri hisoblashlar oxirida reperning boshlang‘ich belgisi kelib chiqadi.



  1. Qolgan kvadratlar uchlari belgilari hisoblanadi. Qolgan uch- lar oraliq nuqtalar kabi nivelirlanganligi uchun ularning belgilari AG asbob gorizontidan foydalanib hisoblanadi. Har bir bekat uchun belgi qiymati ikki marta — orqadagi va oldindagi bog‘lov- chi nuqtalar bo‘yicha topiladi:

AG = H 2 + a va AG = HB + b ,

bunda H2 va HB — orqadagi va oldindagi nuqtalar belgilari, a va



b — bu nuqtalardagi reykalarning ishchi tomonidan olingan sanoq-

1 0 7



lar. I bekatda orqadagi reyka bo‘yicha hisoblangan asbob gori- zonti AG = = 32,693 + 2,593 = 35,286, oldingi reyka bo‘yicha esa AG = 34,848 + 0,436 = 35,284. Qiymatlardagi farqlar 10 mm dan kichik bo‘lganligi uchun jurnalga o‘rtacha miqdor — 35,285 ko‘chiriladi.

Shunday tarzda AG boshqa bekatlar uchun ham hisoblanadi. Oraliq nuqtalar belgilarini hisoblashda AG dan bu nuqtalar- dagi reykalar bo‘yicha olingan sanoqlar c ayiriladi, ya’ni




0
H = AG - c :

1
H = 35,285 - 2,259 = 33,026;


2
H = 35,282 - 1,499 = 33,186 va h.k.
Jurnalda nuqtalar belgilari kvadratlar uchlariga qo‘yilgan rey- kadan olingan sanoqlar tagida yoziladi.

Yuzani nivelirlash rejasini tuzish qog‘ozda tegishli masshtabda kvadratlar to‘rini va ularda plyusli nuqtalarni yasashdan boshla- nadi, rejadagi har bir nuqta yonida santimetrgacha yaxlitlangan belgi yoziladi. Keyin grafik interpolyatsiyalash usulida berilgan relyef kesimida gorizontallar o‘tkaziladi va abris ma’lumotlari bo‘yicha predmetlar va konturlar tushiriladi (63- rasm). Rejani tuzishda chizishdan oldin uni joy bilan solishtiriladi.




63- rasm. Topografik xarita (gorizontallar 0,25 m dan o‘tkazilgan).

1 0 8




Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish