MASOFA O‘LCHASHNING FAZALI METODI
Fazali metodning asosiy prinsipi 46- rasmda ko‘rsatilgan. Uzat- kich f chastotali garmonik to‘lqinlarni nurlatadi, ular qaytargich- gacha bo‘lgan D masofani to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda o‘tib va
J
qaytadan priyomnikka j = 2p f t - 2p f 2D bo‘lgan fazalar siljishi
bilan kiradi. Bu fazalar siljishi uzatkich va priyomnik orasiga kiri- tilgan fazametrlarda o‘lchanadi.
O‘lchanadigan masofa quyidagi ifodadan aniqlanadi:
D= J
2 f
j ,
2 p
(5.14)
fazalar siljishi
f = 2p N + Dj, (5.15)
bunda N — butun son; Dj esa 2p dan kichik miqdor (0 < Dj < 2p ). Har qanday real fazametr fazalar siljishini 0 dan 2p gacha, ya’ni faqat Dj doirasida o‘lchashi mumkin, N ni aniq- lash uchun maxsus tadbirlar qo‘llanadi. (5.15) formulani (5.14) ga qo‘yish fazali dalnometriyaning asosiy tenglamasini beradi:
2 p
D = J N +
2 f
Dj , (5.16)
bu tenglama ko‘pincha quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
bunda: l = u / f — to‘lqin uzunligi, D N = Dj/2p birdan kichik bo‘lgan kasr (0 < D N < 1).
46- rasm. Dalnometriyaning fazali metodini reallashtirish sxemasi.
7 9
Dalnomerli tenglamada qatnashayotgan f chastota masshtabli (o‘lchash) chastotasi deyiladi. 46- rasmda tasvirlangan sxemada uzatkichdan nurlanayotgan chastota masshtabli chastota bo‘ladi. Eltuvchi to‘lqinlar foydalanayotgan chastotalar diapazoniga qarab fazali dalnomerlar: har xil sifatli ikki sinfga — svetodalno-
merga va radiodalnomerga bo‘linadi.
Svetodalnomerda — eltuvchi to‘lqinlar sifatida spektrning optik diapazonidagi — ko‘rinadigan yorug‘lik yoki infraqizil nurlanish to‘lqinlaridan foydalaniladi.
Radiodalnomerda — eltuvchi to‘lqinlar sifatida radiodiapazon- dagi o‘ta yuqori chastotali to‘lqinlardan foydalaniladi. Odatda, ular santimetrli yoki kamroq millimetrli radioto‘lqinlar.
Fazali dalnomerlarda ko‘p qiymatlilikni yechishga to‘g‘ri keladi. Ko‘p qiymatlilik deb (5.16) va (5.17) dalnomerli tengla- malarda noma’lum butun N sonni aniqlashga aytiladi. Zamonaviy yorug‘lik dalnomerlarida va hamma radiodalnomerlarda ko‘p qiymatlilik belgilangan chastotali deyiladigan usulda yechiladi, bunda dalnomerda modulyatsiyani bir necha aniq chastotalarda o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Belgilangan chastotalar to‘rini yasashning ikki varianti bo‘lishi mumkin, ya’ni chastotalarning butun son marta ketma-ket kamayadigan quyidagi qatorlarini tashkil qiladigan
f1 > f 2 > ... > fm (5.18)
va yaqin chastotalarning har gal birinchi va qolgan chastotalar farqlari butun songa karrali ketma-ket kamayadigan qilib tan- langan yaqin chastotalarni ularni kichrayishi tarkibida raqam- langan quyidagi qatorni beradi:
f 1 > ( f 1 - f m ) > . .. > ( f 1 - f 2 ) . (5.19)
Birinchi variant ko‘pincha karrali chastotalar metodi, ikkin- chisi kombinatsiyalangan chastotalar metodi deyiladi. (5.18) yoki (5.19) qatorlar qo‘shni bosqich nisbatlari bir qiymatli emaslik koeffitsiyenti deyiladi. Ular butun yoki har xil son bo‘lishi mumkin yoki ko‘pincha hamma bosqichlar bo‘yicha har xil bo‘lishi mum- kin. Bu noaniqlikni yechishda hisoblash amallarini minimumga keltirish va masofani o‘lchash natijasini o‘nlik metrik ko‘rinishda olish uchun ko‘pincha noaniqlikni razryad (bosqich)lar bo‘yicha yechishdan foydalaniladi. Buning uchun (5.18) va (5.19) chastotali
8 0
qator shunday yasaladiki, unda hamma darajalar bo‘ylab noaniqlik koeffitsiyenti bir xil va 10 ga teng, birinchi chastota esa l/2 10 m yoki 1 m ga teng qilib tanlanadi. Bu holda hamma chastotalarda bajarilgan o‘lchashlar natijalariga ishlov berilib, N sonni hisob- lamasdan masofa qiymatidan o‘nli razryadlarni oddiy hisoblashga olib keladi. Bunda eng aniq razryad va uning ulushi birinchi chastotada aniqlanadi. Bu usul raqamli texnikalardan foydalanib masofalarni aniqlashda eng ko‘p yaroqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |