Karta bo‘yicha chiziqning haqiqiy azimuti va direksion bur- chagini aniqlash. P nuqtadan yaxshilangan gruntli yo‘lning haqiqiy azimuti va direksion burchagini aniqlash uchun P nuqtadan g‘arbiy
3 6
va sharqiy minutli romga va kilometrli to‘rning tiklik chizig‘iga parallel chiziqlar o‘tkaziladi. Transportir noli P nuqtada shimolga qaratib qo‘yilib, yo‘l yo‘nalishiga A = 89°10¢ va a = 91°30¢ bur- chaklar olinadi.
YER SIRTINI RAQAMLI KO‘RINISHDA TASVIRLASH
Hisoblash texnikasining rivojlanishi va avtomatlashtirilgan chizmachilik asboblari, geoinformatsion sistemalarining (GIS) paydo bo‘lishi inshootlarni loyihalash va qurish bilan bog‘liq bo‘lgan har xil muhandislik masalalarini yechish uchun avtomat- lashtirilgan sistemalar yaratilishiga olib keldi. Bu masalalarning bir qismi topografik rejalar va xaritalardan foydalanib yechiladi. Shu sababli joy topografiyasi to‘g‘risidagi informatsiyani kompyu- terlarni qo‘llash uchun qulay bo‘lgan raqamli ko‘rinishda ifodalash va saqlash zaruriyati paydo bo‘ldi.
Kompyuter xotirasida joy to‘g‘risidagi raqamli ma’lumotlar eng qulay tarzda yer sirti nuqtalarining tekislikda X, Y, fazoda X, Y, H koordinatalar to‘plami ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Nuqtalarning bunday to‘plami ularning koordinatalari bilan birgalikda joyning raqamli modelini (JRM) tashkil etadi. JRM
rasm. Joyning raqamli modeli: raqamli model nuqtalarining relyefning xarakterli joylarida va gorizontallarida joylashishi (a) va uning asosida tuzilgan joy relyefining hajmli modeli (b), joyning rejasi (d).
3 7
o‘zining mazmuniga ko‘ra joy konturlari tafsilotining raqamli mo- deli va relyefning raqamli modeli (RRM)ga bo‘linadi. Tafsilotning hamma elementlari, joy predmetlari va konturlari holatini aniq- lovchi nuqtalarning koordinatalari X, Y bilan beriladi. Relyefning raqamli modeli joyning topografik sirtini tasvirlaydi (29- rasm). U relyef xarakterini yetarli darajada tavsiflash uchun yer sirtida tanlangan koordinatalari X, Y, H bo‘lgan qandaydir nuqtalar to‘plami bilan aniqlanadi. Relyef shakllari turli-tuman bo‘lganligi uchun uni raqamli ko‘rinishda batafsil tasvirlash anchagina qiyin. Shu sababli yechiladigan masalaga va relyef xarakteriga arab raqamli modellari tuzishning har xil usullari qo‘llaniladi. Masalan, RRM qandaydir kvadratlar to‘ri yoki joy uchastkasi hamma maydonida bir tekisda joylashgan to‘g‘ri burchakli uchburchaklar uchlarining X, Y, H koordinatalari qiymatlari jadvali ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. Uchlar orasidagi masofa relyef shakli va yechiladigan masalaga mos ravishda tanlanadi. Model relyefning xarakterli (egilgan, bukilgan) joylarida (suv ayirg‘ichlarda, talveglarda va h.k.) yoki gorizontallarida joylashgan nuqtalarning koordinatalari jadvali ko‘rinishda ham berilishi mumkin.
Relyefning raqamli modeli koordinatalaridan foydalanib kom- pyuterdagi maxsus, masalan, AvtoCAD, MAPINFO dasturlarida uni batafsilroq ta’riflash, joy uchastkasini berilgan yo‘nalishi bo‘yi- cha bo‘ylama va ko‘ndalang profilini, topografik rejasini tuzish va ularda har xil muhandislik masalalarini yechish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |