PIKETLASH DAFTARCHASI
Piketlash va tafsilotlarni (joydagi predmetlarni) syomka qilish bilan bir vaqtda, odatda millimetrga bo‘lingan qog‘ozdan tay- yorlangan piketlash daftarchasi olib boriladi. Daftarchaga ko‘nda- lang chiziqlar va tafsilotlar, trassadan chetda o‘rnatilgan reperlar
1 9 5
rasm. Piketlash daftarchasi.
va ularni joydagi doimiy predmetlarga bog‘lash sxemalari va boshqalar tushiriladi. Yo‘l o‘qi piketlash daftarchasiga to‘g‘ri chiziq bilan tushiriladi va burilishlarni shartli belgi ko‘rsatkichlar bilan ko‘rsatiladi. 114- rasmda piketlash daftarchasining ochilgan holda ikki beti ko‘rsatilgan.
Trassaning to‘g‘rilangan o‘qi jadvalning o‘rtasiga piket nuqta- lari va qo‘shuv nuqtalari bilan tushirilgan. Trassa boshlang‘ich yo‘nalishning rumbi ShShq + 15°18¢. ¹ 1 + 68,0 nuqtada o‘q
1 9 6
chapga burilgan, daftarchada esa strelka bilan ko‘rsatilgan, yangi yo‘nalishning rumbi ShG‘:32°52¢. Bu burchakning yoniga burilish burchagining tartib nomeri (¹ 1) uning gradus hisobidagi qiymati va yo‘nalish (chapga 48°10¢), egri chiziqning tanlangan radiusi va egri chizig‘ining elementlari yozilgan. Piketlash boshida 1- reper bo‘ylab xizmat qiladigan oq qarag‘ay to‘nkasining shakli tushirilgan. Reper nuqtasi yo‘l o‘qiga nisbatan piket ¹ 0 va
¹ 29 — nuqtadan o‘lchab masofalar yozilgan: 10,50 m va 9,72 m. Ana shu masofalar orqali rejalash ishlari boshlangan. Chaproqda nivelir reykasi o‘rnatilgan joy belgi bilan belgilangan to‘nka tasvirlangan. Piket ¹ 0 dan to +81 nuqtagacha ignabargli o‘rmon joylashgan bo‘lib, ko‘rsatilgan yo‘l uning chegarasi hisoblanadi, keyin esa shudgor boshlanadi. Piket ¹ 2 + 87 nuqtada yo‘l o‘qi daryochani kesib o‘tadi. Yuqoriroqda to‘g‘ri burchakli koordinata- lar usuli bilan syomka qilingan ko‘l o‘lchangan oraliqlar bilan tushirilgan. Nuqta ¹ 5 + 52 dan butazor boshlanadi. Piket ¹ 5 da ko‘ndalang chiziqning shakli tushirilgan. Piketlash daftarcha- si yirik masshtabda, masalan: 1:2000 da olib borildi, so‘ngra masshtab hamma vaqt doimiy bo‘lavermaydi, masalan, tekislik, joylarda bir xil tafsilotli joylarda qo‘shuv nuqtalar kam olingan- ligidan maydaroq masshtab qo‘llaniladi, aks holda ko‘p tafsilotli, relyefi murakkab joylarda ko‘p shakl tushirishga va tez-tez qo‘shuv nuqtalar olishga to‘g‘ri keladi. Bunday holda yirokroq masshtab olish foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |