Geodeziya laboratoriya


GEODEZIK TARMOQLARNI YER NAVIGATSIYALI SUN’IY YO‘LDOSHLARI (ENSY) SISTEMALARIDAN



Download 6,28 Mb.
bet64/148
Sana06.01.2022
Hajmi6,28 Mb.
#322979
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov) (2)

GEODEZIK TARMOQLARNI YER NAVIGATSIYALI SUN’IY YO‘LDOSHLARI (ENSY) SISTEMALARIDAN


FOYDALANUVCHI GPS-PRIYOMNIKLAR YORDAMIDA YARATISH TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Hozirgi davrda dunyoda yetakchi geodezik asboblarni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan an’anaviy optik asboblar, zamonaviy optik-elektron asboblar (elektron taxeometrik stansiya- lar va elektron raqamli nivelirlar) bilan birgalikda NAVSTAR (GPS) va Glonass (Rossiya) kabi geodezik yo‘ldoshli priyomniklar GYP ishlab chiqarilmoqda.

Shu sababli MDH davlatlarida hozirgi vaqtda Yer sirti va Yer atrofi fazosi nuqtalari (punktlari) koordinatalarini bevosita aniqlashda yo‘ldoshli usullar keng qo‘llanilmoqda. Avtonom me- todlar bilan koordinatalarni aniqlash kosmik YENSY yo‘ldosh- laridan GPS-priyomniklar oladigan ma’lumotlarga tayanadi. ENSY sistemalari sinfli davlat geodezik tarmoqlarini yaratishdan tortib to topografik syomkalarni bajarishgacha bo‘lgan geodezik ishlarning deyarli hamma turlarini qamrab oladi. Signallarni qabul qilish uchun kanallar qo‘llaniladi. 12 kanalli priyomnik odatda bir chastotali, 24 kanalligi esa ikki chastotali hisoblanadi yoki har bir chastotasi bo‘yicha GPS va Glonass dan signallarni qabul qilish mumkin. Bir chastota bo‘yicha signallarni qabul qilish uchun

12 tagcha kanallar qo‘llanilib, bir paytda 12 ta yo‘ldoshdan signallarni qabul qilish mumkin. Kanallarning umumiy miqdori chastotalar miqdoriga yoki foydalaniladigan yo‘ldoshli sistemalar soniga proporsional tarqatiladi. Ikki chastotali priyomniklar

1 2 1

ionosferali tuzatmalarni hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli bir chastotali priyomniklarga nisbatan aniqroq bo‘ladi va Yer sirtidagi nuqtalar rejali koordinatalari va balandliklari orttir- malarini tegishlicha ±10 mm + 2•10-6D va ±20 mm + 2•10-6D nisbiy xatoliklar bilan aniqlashni ta’minlaydi, bunda D — boshlang‘ich va aniqlanadigan punktlar orasidagi masofa, km. Ikki chastotali priyomniklarda aniqlashda yo‘ldoshlarni kuzatish seanslari davomiyligini oshirish va aniqlashtirilgan efemeridlardan foydalanish fazoviy koordinatalar orttirmalarini 1000 km gacha masofalarda ±10 mm + 2•10-8 xatolik bilan aniqlash imkonini beradi.

GPS-priyomniklarda o‘lchashlar natijalarini kompyuterli qayta ishlash (post) va real vaqt (RTK — Real Time Kinematuk) re- jimlarida olinishi mumkin. O‘lchashlar jarayonida koordinatalarni millimetrli aniqlikda topish, muhandislik-geodezik ishlarini bajarishda — muhandislik inshootlari loyihaviy nuqtalar, chegara- larni, burchaklarni va h. k. joyga ko‘chirichda va syomka qilish uchun kiritilgan RTK funksiyali GPS-priyomniklar qo‘llaniladi. Bajarilgan eksperimental tadqiqotlar yo‘ldoshli metodlar aniq- ligi bo‘yicha an’anaviy metodlarga nisbatan topografik-geodezik ishlarning hamma turlarini ta’minlashini ko‘rsatmoqda. Bunga geodezik signallar qurish, punktlar orasida o‘zaro ko‘rinishni ta’- minlash, o‘lchashlarning ob-havoga bog‘liq emasligini, harakatdagi tashuvchi (yer usti, suv, havo)larda priyomniklar o‘rnatilgan holda koordinatalarni aniqlash, mehnatning unumdorligi va tezkorligi tufayli yo‘ldoshli informatsiyani post rejimida va vaqtning real masshtabida avtomatik qabul qilish va ishlov berish hisobiga eri-

shiladi.

Bu afzalliklar borish qiyin bo‘lgan hududlarga geodinamik ta- dqiqotlarni va h. k. ishlarni tashkil etish va yuritishni sezilarli yengillashtiriladi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar ikki chastotali GPS-priyomniklar 1- sinf yo‘ldoshli geodezik tarmoq (YGT) punktlar orasidagi o‘rtacha masofa 40 km gacha bo‘lganda, rejadagi astronomik-geodezik tarmoqda (AGT) punktlari orasidagi o‘rtacha masofa 12 km gacha bo‘lgan o‘zaro rejadagi xatolik 2—3 sm ni, balandlik bo‘yicha esa 3—4 sm ni tashkil etishini isbotladi.

Bir chastotali GPS-priyomniklar 3- sinf geodezik zichlashtirish tarmog‘i punktlari orasidagi masofa 6 km va 4- sinf, 1- razryad 2- razryad tarmoqlar punktlari orasidagi masofalar tegishlicha 3,

1 2 2

4 va 2 km bo‘lganda punktlarning xatoliklari 3—4 sm dan, baland- ligi esa 4—5 sm dan ortmaydi.

Yo‘ldoshli metodlar davlat geodezik tarmoq punktlari koordi- natalarini aniqlashda iqtisodiy samarador hisoblanadi, ular an’ana- viy metodlarga nisbatan uch karrali ijobiy samara beradi, syomka tarmoqlari punktlari koordinatalarini aniqlashda esa xarajatlar taxminan teng bo‘ladi.



    1. Download 6,28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish