YER EGRILIGI VA TIK (VERTIKAL) REFRAKSIYANING NIVELIRLASH NATIJALARIGA
TA’SIRI
(6.1) formulani keltirib chiqarishda boshlang‘ich sathiy sirt EF tekislik, A va B nuqtalarga o‘rnatilgan reykalar esa o‘zaro parallel va atmosferada yuradigan CD nur to‘g‘ri chiziqli deb qabul qilingan edi. Haqiqatda esa reykalar A va B nuqtalardagi sathiy sirtlarga perpendikular.
Agar sathiy sirtni sfera deb qabul qilinsa, B nuqtaning A
nuqtadan nisbiy balandligi (49- rasm)
h = BC = MA - N B (6.9)
kesmani tashkil etadi.
A va B nuqtalarda tik (vertikal) qo‘yilgan reykalardan MA va
NB sanoqlarni hosil qilish uchun gorizontal qarash nurlarining
PA va QB sanoqlarini Yer egriligi uchun tegishlicha k1 = PM va
2
k = QN tuzatmalar ayrilishi kerak. Bunday sharlarda h = BC nis-
biy balandlik
8 4
2
bo‘ladi.
Dh= s
2R
h = ( P A - k ) - ( QB - k ) (6.10)
formulaga binoan yer egriligi uchun tuzatma:
Ammo OP va OQ qarash nurlari nivelir va reyka orasidagi o‘z yo‘lida har xil zichlikdagi atmosfera qatlamlari bilan uchrashadi va ular orqali o‘tishda sinib, refraksiyali deyiladigan egri chiziq- ni ifodalaydi (49- rasm). Shu sababli PA va QB sanoqlar o‘rniga haqiqatda reykadan mA va nB sanoqlarni olamiz. Pm va Qn kes- malar A va B nuqtalar turgan reykalar bo‘yicha sanoqlarga ref- raksiya uchun tuzatma bo‘ladi, kuzatilayotgan narsalar refraksiya ta’sirida o‘z holatidan ko‘tarilibroq ko‘rinadi, bunga botib bo‘lgan Quyoshning qizarib ko‘rinib turishi misol bo‘ladi.
2
Kuzatishlardan refraksiya uchun tuzatma o‘rtacha yer egriligi
uchun k tuzatmaning
Dh= S
2 R
formula bo‘yicha taxminan 16 %ni
tashkil etish isbotlangan, ya’ni
r = 0,16 S 2 .
2R
(6.12)
Refraksiya uchun tuzatma yer egriligi uchun tuzatmani ka- maytiradi, shu sababli 49- rasmda Yer egriligi va refraksiya uchun tuzatmani ifodalaydigan mM va nN kesmalar
f = k - r
rasm. Yer egriligi va vertikal refraksiyaning nivelirlashga ta’siri.
8 5
bo‘ladi, bu formulaga k va r o‘rniga ularning (6.11) va (6.12) formulalardagi qiymatlari qo‘yilsa, quyidagiga ega bo‘lamiz:
f = 0, 42 S 2
R . (6.13)
Nivelir nivelirlanuvchi nuqtalarning aniq o‘rtasiga o‘rnatilsa,
2
1
f - f farqni nolga teng deb qabul qilish mumkin. Shu sababli
geometrik nivelirlash, asosan, o‘rtadan usulida olib boriladi. Ol- dinga nivelirlash esa ayrim hollarda daryo, jarlik va boshqa to‘siq- lardan balandlik uzatishda qo‘llaniladi.
Agar (6.13) formulaga Yer radiusi sonli qiymati va S masofa- ning qiymati yuzlab metrlarda qo‘yilsa, f ning millimetrlarda ifo- dalangan qiymatini hisoblash uchun qulay formulaga ega bo‘lamiz:
fmm = 0,66S 2 (yuzlab metrlarda). (6.14) Agar S = 100 m bo‘lsa, f = 0,66 m, agar S = 400 m bo‘lsa,
f = 10,6 mm.
O‘rtadan nivelirlashda Yer egriligi ta’siri to‘la kompensatsiya- lanadi, refraksiya ta’siri sezilarli darajada kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |