|
Trigonometrik nivelirlashning aniqligi
|
bet | 11/13 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #126112 |
| Bog'liq KURS ISHI
2.2 Trigonometrik nivelirlashning aniqligi Trigonometrik nivelirlashda nisbiy balandlik nuqtalar oralig‘idagi yo‘nalishning qiya burchagini o‘lchash orqali aniqlanadi. Qiyalik burchagini o‘lchashda teodalit yoki taxeometr qo‘llaniladi. Bunda ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa o‘lchanadi, hamda o‘lchash natijalaridan nuqtalarning nisbiy balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqiladi. Nisbiy balandlikni aniqlash uchun A nuqtaga teodolit (taxeometr), B nuqtaga tik qilib vexa yoki reyka o‘rnatiladi (2.2.1- rasm). Teodalit ko‘rish turbasidan vexaning uchidagi M nuqtaga qarab qiyalik burchagi v o‘lchanadi. Joydagi A va B nuqtalar orasidagi masofaning gorizontal proektsiyasi ABꞌ = d bo‘lsa MJN uchburchakdan quyidagini yozish mumkin:
MN = hꞌ = d tgv, h + l = i + hꞌ
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|