Profilni tush bilan chizib chiqish.
Profil uch xil rangdagi tushda chiziladi.
Qizil rang bilan quyidagilar chiziladi:
ishchi balandliklar, loyiha chiziq nishabligi, loyihaviy balandliklar, trassa o‘qidagi to‘g‘ri va egri kesimlar hamda ularning qiymatlar, «joy plani» qatorida o‘tkaziladigan trassa o‘qi.
Ko‘k rangda: nol ishlari nuqtalari balandligi , ular masofasi, nol ishlari nuqtalaridan profilni shartli gorizontallarigacha tushirilgan perpendikulyar chiziqlar, kanaldagi suvning kesimi.
Qolgan hamma yozuvlar va chiziqlar qora rangda chiziladi. Profilni chizilgan namuna – nusxasi 1 – shaklda berilgan.
Sug‘orish kanali trassasini nivelirlash natijasini ishlab chiqish,
bo‘ylama va ko‘ndalang profilini tuzish
Trassani nivelirlash va piketlash jurnalida kerakli hisoblashlarni bajarib, millimetrli qog‘ozda sug‘orish kanali trassasini bo‘ylama va ko‘ndalang profilini tushda tuzish kerak.
Bo‘ylama profil masshtablari: gorizontal 1:1000; vertical 1:100 Ko‘ndalangni gorizontal va vertical masshtablari 1:200.
Boshlang‘ich ma’lumotlar
Nivelir yo‘li balandliklari
75.231 =71.371
bo‘lgan N 11 va N17 reperlar orasida o‘tkazilgan.
PK2+52 nuqtada burilish burchagi va radiusi
Do'stlaringiz bilan baham: |