Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun ”Kartashunoslik” fanidan



Download 2,57 Mb.
Sana18.04.2022
Hajmi2,57 Mb.
#560720
Bog'liq
2020 Kartografik generalizatsiya GIB

Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi

5311500-Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun

”Kartashunoslik” fanidan

TAQDIMOT


O’qituvchi: Gulimmatov I.B.
Mavzu: Kartografik generalizatsiya mazmuni, turlari va omillari

Mavzu: Kartografik generalizatsiya mazmuni, turlari va omillari


Reja
Generalizatsiyani mohiyati va omillari.
Generalizatsiyani turlari.
Generalizatsiyani aniqligi va sifati.
Har xil joylashgan hodisalarni (ob'ektlarni) generalizatsiya qilish.

Generalizatsiyani mohiyati va omillari


"Generalizatsiya" termini fransuzcha so`z "generalisation"dan kelib chiqqan bo`lib-umumlashtirish. qaysiki o`z navbatida lotincha yasama (hosila) so`z "generalis" dan kelib chiqqan bo`lib, umumiy, bosh degan ma'nolarni anglatadi. Generalizatsiya terminini lingvistik ildizlari uni kartografik mohiyatini yaxshi ifoda etadi.
Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta'rif berilgan: xaritada tasvirlanayotgan ob'ektlarni xaritani maqsadi va masshtabi hamda xaritaga olinayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlash (saralash) va umumlashtirish kartografik generalizatsiya deyiladi.
Karta generalizatsiyasiga ta`sir qiluvchi omillar
Karta mazmuni
Kartalarning maqsadi
Masshtab
Joyning o’ziga xos xususiyatlari

Karta mazmuni (mavzusi va tipi)

Xaritani mavzui va tipi xaritada qaysi elementlarni ancha mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada umumlashtirib tasvirlash kerakligini belgilaydi. Shunday, geologik yoki tuproq xaritasida gidrografik to`rni aniq tasvirlash muhim, lekin yo`llarni va aholi punktlarini, kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma'muriy chegaralarni esa butunlay tushirib qoldirish mumkin. Lekin, iqtisodiy mavzudagi xaritada buni teskarisi aholi punktlarini, aloqa yo`llarini va ma'muriy bo`linishni mufassal ko`rsatish zarur. Xuddi o`sha paytda kema qatnovi uchun muhim bo`lgan daryolarni saqlab qolib qolgan gidrografik to`rni esa generalizatsiya qilib ko`rsatsa bo`ladi.

Kartalarning maqsadi

Xaritalarda faqat ularni maqsadiga mos keladigan ob'ektlargina ko`rsatiladi. Xaritani maqsadiga javob bermaydigan boshqa ob'ektlarni tasvirlash xaritani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan ishlashni qiyinlashtiradi. Masalan, o`quv ma'muriy xarita auditoriyada (xonada) namoyish etish uchun ishlatiladigan bo`lsa, u holda unda faqat mazmunni eng muhim elementlari saqlab qolinadi. qaysiki ularni ortiqcha detallashtirib yubormasdan, ancha yirik umumlashtirish bilan, yiriklashtirilgan ko`rinishda tasvirlanadi. Agar ma'muriy xarita zarur ma'lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida foydalaniladigan bo`lsa, u holda ma'muriy bo`linish, aholi punktlari, aloqa yo`llari haqida mazkur masshtab uchun maksimum mumkin bo`lgan hajmdagi informatsiyaga ega bo`lishi kerak.


Ilmiy ma`lumotnoma
O’quv karta

Masshtab

Generalizatsiyaga masshtabni ta'siri shunda namoyon bo`ladiki, ancha yirik tasvirdan mayda tasvirga o`tishda tasvirlanayotgan hududni o`lchamlari qisqaradi. (Masalan, yer yuzasidagi 1 km2 maydon 1:1 +masshtabli xaritada 1 m2, 1: 10 000 masshtabda 1 dm2 , 1:100 000 masshtabda 1 sm2 va nihoyat 1:1 000 000 masshtabli xaritada esa atigi 1 mm2 ga teng bo`ladi xolos). Ancha mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabli xaritada bo`lgan hamma mayda-chuyda detallarni va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas, shuning uchun ularni saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo`ladi. Xaritani masshtabini qisqarishi bilan, fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta'sir qiladi, yirik masshtabli xaritalar uchun muhim bo`lgan ob'ektlar (masalan, maxalliy oriyentirlar) mayda masshtabli xaritalarda o`z ahamiyatini yo`qotadi va shunday ekan ular chiqarib tashlanishi lozim


1: 50 000
1:100 000
1:200 000

Joyning o’ziga xos xususiyatlari

Ushbu omilni generalizatsiyaga ta'siri xaritada o`sha ob'ektni yoki hududni o`ziga xos xususiyatlarini aks ettirish, eng xarakterli elementlarni berish zaruratida ko`rinadi. Masalan, qurg`oqchil dasht yoki chala cho`l rayonlarda hamma mayda ko`llarni ko`rsatish juda muhim, ba'zan generalizatsiya vaqtida ularni hatto kattalashtirib beriladi. Ko`l ko`p bo`lgan tundra landshaftlarida ko`llardan ayrimlarini tushirib qoldirsa ham bo`ladi, ammo bunda hududni serko`lligini saqlab qolib uni to`g`ri aks ettirish kerak.


Generalizatsiya turlari
Nuqtali obyektlar
Chiziqli obyektlar
Arealli obyektlar
Gorizantallar
1:200 000
Gorizantallar 40 metrdan
Vulqan kartografik tasviri
1:500 000
Gorizantallar 100 metrdan

Geomterik aniqlik

Foydalanilgan adabiyotlar


E’tiboringiz uchun rahmat !
Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish