2.2. Yirik masshtabli plan va kartalarda qo`llaniladigan shartli belgilar
Topografik plan va kartalar tuzishda ularni aniq, tushunarli va ko‘rgazmali bo‘lishi
uchun joy tafsilotlari va relefi maxsus qabul qilingan shartli belgilar va yozuvlar
yordamida tasvirlanadi. Maxsus shartli belgilar o‘z xususiyatiga va vazifalariga ko‘ra
to‘rtta guruhga bo‘linadi: konturli, masshtabsiz, chiziqli va tushuntirish.
Planda tafsilotlarning tabiiy chegaralari, chiziqli inshootlardan tashqari, nuqtalar
bilan ko‘rsatilib, ichi bir-biridan farqlanuvchi belgilar bilan to‘ldiriladi.Karta va
planlarda davlat standartlari bo‘yicha qabul qilingan shartli belgilar, ularning
o‘lchamlari, rangi plan masshtabi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hamma suv havzalari ko‘k rangda ko‘rsatiladi. Tabiiy relef elementlari, gorizontallar,
suv o‘yib ketgan chuqur joylar – jigar rangda, boshqa hamma ob'ektlar qora rangda
ko‘rsatiladi.
23
Plan va kartalar uchun qabul qilingan shartli belgilar 2.2.1- shaklda tasvirlangan.
O`zbekiston iqtisodining eng muhim tarmoqi bo‘lgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
to‘g’risidagi hukumat qarorlarini izchil amalga oshirish topograflar, geodezistlar,
kartograflar va yer tuzuvchilar oldiga juda katta ilmiy-amaliy vazifalarni qo‘yadi.Yirik
masshtabdagi plan va kartalar bilan ta'minlash va ularga asoslanib, qishloq xo‘jaligini
umumiy va xususiy karta va atlaslarini tuzish shular jumlasidandir.
2.2.1-shakl.Shartli belgilar.
Barcha kartalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya,
kartografiya va Davlat kadastri bosh boshqarmasi (o’zgeodezkadastr) tarkibiga kiruvchi
ixtisoslashgan korxonalar tomonidan tuziladi va nashr etiladi. Bundan tashqari, davlat er
tuzish loyiha institutlari va ularning ekspeditsiyalari tomonidan ham qishloq xo‘jalik
kartalari tuzilib, nashr etiladi.
Qishloq xo‘jalik kartalarini tuzish ishlari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari
bilan belgilanadi. Buning uchun quyidagilar kerak:
— qishloq xo‘jalik xodimlarini sifatli kartalar bilan ta'minlash, ayniqsa, yirik
masshtabli tuproq va er-suv hamda erdan foydalanish kartalarini yaratish;
24
— kartalar mazmunini yanada takomillashtirish, raqamli (statistik) materiallardan
foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
— qishloq xo‘jalik kartalarini loyihalashtirish va tuzish hamda ulardan
foydalanishda orttirilgan tajribalarni umumlashtirish va kartalarni tay±rlashni yangi,
ancha takomillashgan usullarini ishlab chiqish;
— jamoa, shirkat va fermer xo‘jaliklari yirik masshtabli yangi plan va kartalarini
yaratish, ularni boshqarish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan tizim (seriya)
kartalarini yaratish;
— karta tuzish texnikasini takomillashtirish va sifatini oshirish, shu jumladan,
kartalarning matematik asosini yasash usullarini ishlab chiqish, hisoblash ishlarini
osonlashtirish, yangi proeksiyalarni ishlab chiqish va amali±tga joriy qilish.
Yuqoridagilarning hammasi qishloq xo‘jalik kartalarini tuzishdagi dolzarb
vazifalarga kiradi.
Qishloq xo‘jalik kartalari o‘z vazifasi (maqsadi), mazmuni, masshtabi, egallagan
maydoni va boshqa shunga o‘xshash xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi.
Kartalarning vazifasi (maqsadi) ularning masshtabiga, mazmuniga va
rasmiylashtirish (jihozlash) usuliga bog’liqdir. Buni bitta hududni (xo‘jalikni) bir xil
masshtabli va mazmunli, lekin har xil vazifali (maqsadli) kartalarini bir-biriga
taqqoslasak yaqqol ko‘ramiz.
Vazifasiga ko‘ra qishloq xo‘jalik kartalarini: o‘quv kartalari, ilmiy-ma'lumotnoma
kartalar, operativ-xo‘jalik, taribot va tashviqot, kadastr, loyiha va boshqa kartalarga
bo‘lish mumkin.
Qishloq xo‘jalik kartalari masshtabining yirik-maydaligiga qarab quyidagi uchta
guruh kartalarga bo‘linadi: yirik masshtabli (1:200 000 va undan yirik), o‘rta masshtabli
(1:200 000 dan 1:1000000 gacha) va mayda masshtabli (1:1 000 000 va undan mayda).
Kartalar egallagan maydoniga ko‘ra dunyo, yarim sharlar, materiklar, alohida
davlatlar va boshqa kartalarga bo‘linadi. Alohida davlatlar kartalariga misol qilib
O’zbekiston Respublikasi, QoraqalpoQiston Respublikasi kartalarini, viloyatlar,
tumanlar, davlat va shirkat xo‘jaliklarini kartalarini ko‘rsatsa bo‘ladi.
25
Ammo tasniflash (klassifikatsiyalash) belgilaridan qishloq xo‘jalik kartalari uchun
eng muhimi ularning mazmuni hisoblanadi. Bu belgiga ko‘ra qishloq xo‘jalik kartalari
quyidagi 9 ta katta guruhga bo‘linadi:
1. Qishloq xo‘jalik korxonalari va muassasalarining joylashish kartalari.
2. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari kartalari.
3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish kartalari.
4. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining kartalari.
5. Umumiy qishloq xo‘jalik kartalari.
6. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodi va jadallashtirish kartalari.
7. Qishloq xo‘jalik ishlarini olib borishda tashkiliy-texnik shartlarini aks ettiruvchi
kartalar.
8. Tarixiy-madaniy kartalar.
9. Qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan tabiiy sharoit kartalari.
Yuqoridagi guruhlardan uchinchisi va to‘rtinchisi eng asosiy guruh kartalari deb
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik atlaslari egallagan maydoniga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, jamoa va shirkat xo‘jaliklari
atlaslariga bo‘linadi. Mazmuni bo‘yicha umumqishloq xo‘jalik va tarmoq
(dehqonchilik, chorvachilik, paxtachilik va h.k.) atlaslariga bo‘linadi.
26
Xulosa
Men bu kurs ishimda yirik masshtabda planga olish uchun geodezik asos yaratishni
loyihalashni o’rgandim. Bugungi kunga kelib yirik masshtabli kartalardan foydalanish
keng qo’llanilmoqda xususan kadastr, qishloq xo’jaligi, aholi punktlarini loyihalash va
yirik ishlab chiqarish ob’ektlrini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunga
kelib kartalardan foydalanishga bolgan talab oshib borganligi sababli kartaning
zamonaviy va yangilanib borilishi kata axamyatga ega.
Men bu kurs ishimda ishni bajarish jarayonida qanday qilib joyga mos masshtab
olishni o’rganib chiqdim . Masshtablar ikkiga bo’linishini yirik va mayda masshtablarga
, agar berilgan masshtabning surati bir xil bo’lib maxraji kichik bo’lsa u holda yirik
masshtab , va aksincha maxraji katta bo’lsa mayda masshtab deyiladi.Asosan yirik
masshtablarda aholi punktlari , qishloq xo’jaligi yerlari , ijtimoiy ob’ektlar va ishlab
chiqarish ob’ektlarini planini chizishda keng qo’llaniladi. Mayda masshtablarda esa
kartalarni chizshda qo’llaniladi.
Odatda, planlar yirik masshtabda, kartalar mayda masshtabda tuziladi.
Lekin yirik va mayda masshtablarning tushunilishi nisbatan bo‘ladi. Chunki 1:5 000
masshtabli qishloq xo‘jalik planlari yirik masshtabli hisoblansa, shahar planlari uchun u
mayda masshtabli hisoblanadi. 1:200 000 masshtabli geografik karta yirik masshtabli
karta bo‘lib hisoblansa, yerdan foydalanuvchi xo‘jaliklar uchun mayda masshtabli karta
hisoblanadi.Sonli masshtab 1:10 000 bo‘lsa „1 santimetrda 100 m“ deb yoziladi, ya'ni
plandagi 1 santimetr uzunlik joydagi 10000 sm yoki 100 m uzunlikka mos kelarkan.
Sonli masshtabni bilib joydagi chiziqni planga (kartaga) yoki aksincha, plandagi
chiziqni joyga osongina ko‘chirish mumkin.
Men bu kurs ishimni tayyorlash jarayonida olgan bilimlarimni kelgusida xorij
davlatlarida ishlab chiqarilgan kitoblar ,elektron ma’lumotlar asosida yanada
mustahkamlab olishni va ularni amaliyotda qo’llashni o’rganmoqchiman.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |