Geodeziya, kartografiya, geografiya


Zamonaviy sharoitda geoaxborot tizimini qo’llash



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#237035
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Geodeziya, kartografiya, geografiya (1) (1) (1)

2.3 Zamonaviy sharoitda geoaxborot tizimini qo’llash 

      Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari GIS asosiy ilm 

va  texnologiyalarga  tayanadi  va  bunday  soha  fanlari  bilan  yaqin  aloqada 

bo‘ladi,  jumladan:  geografiya,  kartografiya,  aerokosmik  metodlar, 

geodeziya,  fotogrammetriya,  informatika,  matematika,  statistika  va 

boshqalar (2.3.1-rasm). 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

2.3.1-rasm GISning tadqiqot usullari 

 

 



 

 

      



 

      


Geografiya 

 

Kartagrafiya 



 

Masofadan tadbiq qilish 

 

Geodeziya 



 

Fotogrammetriya 

 

Informatika 



 

Matematika va statistika 

 

GIS 



 

 

17 



 

      


      Geografiya: 

  –  GIS  asosida  geografiya  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hodisalar,  ularning 

kelib  chiqishi,  o‘zaro  bog‘liqligi  va  er  yuzida  tarqalishi  mohiyatini 

tushuntiradi; uzoq muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq 

qilish metodlarini amalga oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va 

qarashlarga GIS fazoviy yondashish kerakligini ta’kidlaydi; 

 - geografiya fani o‘z oldida turgan vazifalarini echishda GISdan foydalanib, 

juda zarur bo‘lgan kuchli metodik qurolga ega bo‘ladi. 

     Kartografiya:  

-  hozirgi  vaqtda  GISga  kiritilayotgan  asosiy  manbalar  -  kartalar  va 

tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi; 

 - kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli bayon etishga o‘z 

usullarini taqdim etadi; 

 -  kartografiya  GISdan  foydalanish  mobaynida  ixtiyoriy  kartografik 

mahsulotlarni  yaratish  uchun  kuchli  vosita  va  juda  katta  hajmdagi 

qurilmalarga ega bo‘ladi. 

     Masofadan turib zondlash: 

 –  samolyot  yoki  boshqa  vositalardan  olingan  suratlar  GIS  uchun  asosiy 

geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi; 

  -  masofadan  turib  olingan  zondlash  materiallari  deshifrovka  qilingach, 

GISning  boshqa  turdagi  ma’lumotlari  qatlamlari  bilan  osongina 

birlashtiriladi; 

 - rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari 

yordamida bajariladi. 

     Geodeziya: 

 -  Yerda  olib  borilgan  plan  olish  natijasidan  yuqori  aniqlikdagi  topografik 

karta, u asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;   

-  Yerning  va  boshqa  planetalarning  shakli  va  o‘lchamlari  haqida  sifatli 

ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini 



 

 

18 



 

ishlab  chiqishni,  erlardan  foydalanishda  ekin  turlari  chegaralarini  aniq 

belgilashni ta’minlaydi; 

 -  qishloq  xo‘jalik  erlarining  holatini  va  ulardan  foydalanish  karta  va 

planlarni GPS va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari 

va uslublari o‘rganiladi. 

     Fotogrammetriya: 

 -  er  yuzasida  joylashgan  obektlarning  o‘rnini,  o‘lchamini  va  shaklini 

aniqlash metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero- 

va kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi 

bo‘lib hisoblanadi. 

     Informatika: 

 - avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u 

asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb 

etadi; 

 -  kompyuter  grafikasida  erishilgan  yutuqlar  grafikli  ob’ektlarni  qayta 

ishlashda,  namoyish  etishda,  ayniqsa  nashr  qilish  vositalarida  keng 

ishlatilmoqda; 

 - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) - ma’lumotlarni raqamli 

ko‘rsatishda,  katta  hajmli  axborotlarni  tizimini  o‘rganishda  va  qayta 

ishlashda, ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli darajada 

usullar bilan ta’minlamoqda; 

     Matematika va statistika: 

 - GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar 

bazasi  nazariyasi,  boshqarishni  optimallashtirish,  statistika  va  boshqarish 

tizimlarini  loyihalashda,  fazoviy  ma’lumotlarni  taxlil  qilishda  va 

modellashtirishda keng qo‘llanilmoqda. 

     Hozirda  GIS  Yer  yuzasining  millionlab  tadqiqotchilariga  xizmat 

qilayotgan  soha  hisoblanadi.  Ular  GISni  turli  sohalarda  qo‘llamoqdalar  – 

global  muammolarni  o‘rganishda  (xududlarning  ifloslanishi,  qishloq 

xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy 



 

 

19 



 

masalalarni echishda (punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda, yangi aholi 

punktlarini  optimal  joylashtirishda,  elektr  energiyasi  va  neft  va  gaz 

tarmoqlarini  o‘tkazishda,  mahaliy  boshqarish  tashkilotlarining  er 

munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik masalalar GISda 

qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va undan 

foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.   


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish