Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


Geofazoviy ma’lumotlarni tasvirlash usullari va vositalari



Download 8,66 Mb.
bet90/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

Geofazoviy ma’lumotlarni tasvirlash usullari va vositalari


GATda yaratiladigan modellar turlicha boʻladi. Model tushunchasi GATda tizim, obyekt tushunchalaridan keyin eng koʻp qoʻllaniladigan tushunchalardan biridir. Model soʻzi koʻplab sohalarda qoʻllanilgani uchun GATdagi bu tushunchaning vazifasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz.
GATda asosan ma’lumotlar bilan ishlangani uchun ma’lumotlar modeli tushunchasi koʻp qoʻllaniladi. Ma’lumot modeli mavhum yoʻl orqali ma’lumotlarning axborot yoki ma’lumotlar bazasi tizimida tasvirlanishini bildiradi.
GATda fazoviy tahlil jarayoni ma’lumotlarning fazoviy bogʻliqligini aniqlash va uni tuzishdan iboratdir. Geoaxborot dasturlaridan biri sanalgan


ArcView dasturida bunday jarayon qoʻshimcha Spatial Analyst degan dastur yordamida amalga oshiriladi. Fazoviy tahlil jarayoni, oʻz navbatida, oddiy va murakkab turlarga boʻlinadi. Oddiy turda ma’lumotlarning fazoviy bogʻliqligi ma’lumotlarni oddiy usulda koʻrish yoki ma’lumotlar bazasidan talab qilib olish bilan chegaralansa, murakkab usulda qoʻshimcha dasturlar ishlab chiqiladi.
Fazoviy tahlilning (Spatial Analyst) muhim qismlaridan biri bu Grid mavzusidir. Grid asosan mavzuning rastr koʻrinishidir. Bundan tashqari, Spatial Analyst jarayoni orqali berilgan grid va asosiy mavzular asosida joyning umumlashgan modeli yaratiladi. Agar ArcView dasturi doirasida oʻrganadigan boʻlsak, bu dastur orqali fazoviy tahlil jarayonida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

    • masofani topish;

    • oʻxshashlikni aniqlash;

    • zichlikni aniqlash;

    • kvadratlarning statistik ma’lumotini aniqlash;

    • zonalarni umumlashtirish;

    • zonalarning gistogrammasini yaratish;

    • maydonlarni joylashtirish;

    • kartalarni olish;

    • kartalardagi maydonlarni hisoblash;

    • qoʻshni poligonlarni hisoblash;

    • qayta tasniflash.






5.20-rasm. Uch oʻlchamli modellar (Manba: Internet)


Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, grid mavzulari orqali joyning tafsilotlari fazoviy tahlil jarayoni orqali batafsil koʻrsatib beriladi. Grid mavzusining oʻzi nima ekan? Grid soʻzi inglizchadan olingan boʻlib, toʻr degan ma’noni beradi, ya’ni bizga ma’lumki, kartalar toʻrlarga boʻlinadi. Grid bu fazoviy ma’lumotlar kvadrat kataklarga boʻlinib tasvirlangan geografik qatlamdir. Har bir katak oʻzida berilgan joyning geografik qatlami toʻgʻrisidagi axborotni namoyon qiluvchi raqamlangan ma’lumot qiymatini saqlaydi. Axborot turiga qarab grid mavzusi, oʻz navbatida, toʻliq yoki qisman nuqtalardan iborat boʻlishi mumkin. Toʻliq qiymatlardan tashkil topgan grid mavzu atribut ma’lumotlarga ega boʻlgan jadval bilan bogʻliq. Bunda katakchalar bir xil atribut ma’lumotlarga ega boʻladi. Qisman yoki oʻzgaruvchan nuqtali qiymatlardan tashkil topgan grid mavzular jadvaldagi ma’lumotlarga mos boʻlmaydi. Qiymatlar oʻzgaruvchan boʻlganligi uchun ikkita katakcha bir xil qiymatga ega boʻlmaydi. Grid mavzu oʻsha joyning geografik ma’lumotini namoyon qiladi, lekin oʻzida hech qanaqa ma’lumot saqlamaydi. Dastur yordamida ixchamlash jarayonida har bir katakcha ranglar bilan toʻldiriladi. Har bir katakcha oʻzida qiymatlarni mujassamlashtiradi va bu qiymatlar kartalarga shartli belgilar orqali tushiriladi.
Grid mavzu yaratishning geoaxborot tizimidagi oʻrni shundan iboratki, bunda har bir nuqta koordinata ma’lumotlariga bogʻlangan boʻladi va bu koordinatalarni jadvallardan oladi. Bundan tashqari, maxsus buyruqlar orqali bu nuqtalar bir-biridan teng masofada joylashtiriladi va hosil boʻlgan kvadrat

katakchalar orqali joyning modeli hosil qilinadi. Kvadrat katakchalar qanchalik kichik oʻlchamda boʻlsa, yaratilayotgan modelning past-balandliklari shunchalik aniq hosil boʻladi. Bu boshqacha nom bilan joyning relyef modeli deb ham ataladi. Joyning relyef balandligidan tashqari, GATda yuza sathlari, meteorologik kuzatuvlar natijasi, aholi zichligi va boshqa koʻrsatkichlar ham modellanishi mumkin.


Joyning modelini yaratishda uch oʻlchamli koordinata sistemasidan foydalaniladi. Ushbu qoʻllanmaning boshlangʻich boblarida DEM (Digital Elevation Model) yoki relyefning raqamli modeli degan tushunchaga duch keldik. Bu ba’zi joylarda DTM yoki yuzaning raqamli modeli (Digital Terrain Model) deb ham yuritiladi. DTM bu joy past-balandliklari (relyef, qiyalik, burchaklar, kanallar va boshqa past-balandliklar) xususiyatlarining raqamli namoyandasi hisoblanadi. Ushbu modelni yaratishda toʻrt xil nuqtali tizimlardan foydalaniladi (5.21-rasm). Grid yoki kvadrat toʻrlar orqali, tasodifiy yoki oʻzgaruvchan nuqtalar orqali, kontur chiziqlar va koʻndalang kesmalar orqali yaratish bunga misol boʻla oladi.


  1. Download 8,66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish