Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari


bob. GEOAXBOROT TIZIMINING ME’YORIY VA HUQUQIY



Download 8,66 Mb.
bet115/143
Sana13.06.2022
Hajmi8,66 Mb.
#661273
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
Bog'liq
yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован

bob. GEOAXBOROT TIZIMINING ME’YORIY VA HUQUQIY


ASOSLARI



    1. GATning Davlat kadastrlari yagona tizimidagi oʻrni

Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma’lumotlarni tadqim qilishning tarkibi va tartibi boʻyicha Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu nizom mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va tashkilotlarning Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) ma’lumotlarni taqdim etishini belgilab beradi.
Davlat kadastri DKYT ning tarkibiy qismi hisoblanadi va u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xoʻjalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
DKYT Oʻzbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta’minlashga moʻljallangan koʻp maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi. Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
DKYT koʻp maqsadli axborot tizimi hisoblanib, davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni va boshqa kadastr ma’lumotlarini oʻz ichiga oladi.Mazkur nizomning geoaxborot tizimi bilan bogʻliqligi shundaki, ushbu tizimga kiritiladigan barcha ma’lumotlar „Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan geoaxborot tizimi shaklida qabul qilinadi va bunda yagona dastur sifatida ArcGIS dasturi fayllari qabul qilingan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa Oʻzbekiston hududi boʻylab umumiy ma’lumotlarni qayd qilish va hisobini yutirishdir.
DKYT yuritishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • kadastr obyektlarining har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini toʻla qamrab olish;

  • fazoviy koordinatalarning yagona sistemasini qoʻllash;




  • kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;

  • kadastrga doir axborotning aniqligi;

  • kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.

DKYT tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik hamda jismoniy shaxslarga faoliyatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, shu bilan birga barcha turdagi resurslardan foydalanish istiqbollari va uning boshqaruvi, hududlarni rivojlantirish boʻyicha yechimlarni taqdim etadi. Soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, ushbu tizim barcha tashkilotlar boʻyicha foydalanuvchilarga ma’lumot yetkazib berish yuzasidan xizmat koʻrsatadi. Tizimning boshqa ma’lumot ta’minoti bilan shugʻullanadigan xizmatlardan farqi shundaki, bunda ma’lumotlar raqamli, grafik, oorish karta, diagrammalar, kartalar, sxemalar yoki boshqa shakllarda berilishi mumkin. Bunday ma’lumotlar asosida foydalanuvchi oʻzining yangi biznesini qayerga joylashtirishi, ishchilar bilan ta’minlanganligi va boshqa ma’lumotlarni olishi mumkin.
DKYTni yuritish tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tizimni yuritishga quyidagilar kiradi:

    • kadastr obyektlariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

    • kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;

    • kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;

    • kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab oorish;

    • kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;

    • Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;

    • foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta’minlash.

Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir
boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar,
mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisida, shuningdek, ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi. Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. DKYT ga ma’lumotlar ArcGIS loyihasiga asoslangan elektron karta koʻrinishida 1:200 000 masshtabda taqdim etiladi. Bunda karta raqamli topografik asosga ega boʻlishi va atribut baza ma’lumotlari bogʻlangan boʻlishi talab etiladi. DKYT ni yuritish milliy geografik axborot tizimini yuritishda juda muhim boʻlib, davlat kadastrlari milliy geografik axborot tizimini ma’lumotlar bilan ta’minlash va uni yuritishda katta ahamiyatga ega.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Davlat yer kadastri.

  2. Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar davlat kadastri.

  3. Davlat suv kadastri.

  4. Davlat oʻrmon kadastri.

  5. Oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri.

  6. Hayvonot dunyosi davlat kadastri.

  7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri.

  8. Binolar va inshootlar davlat kadastri.

  9. Davlat shaharsozlik kadastri.

  10. Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri.

  11. Tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat kadastri.

  12. Avtomobil yoʻllari davlat kadastri.

  13. Temiryoʻllar davlat kadastri.

  14. Transport quvurlari davlat kadastri.

  15. Aloqa obyektlari davlat kadastri.


  1. Energetika obyektlari davlat kadastri.

  2. Chiqindilarni koʻmib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri.

  3. Tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri.

  4. Texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri.

  5. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri.

  6. Hududlar davlat kadastri.

    1. Download 8,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish