Bog'liq yBSbsCnpG21kbSutklgCm7Sh1h3YVqmVv2p5ntf0-конвертирован
Rastr format deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar koʻrinishida tasvirlash tushuniladi.
Rastr – bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro bogʻlanmagan xarakterga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir.
Elektron kartalar – bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar raqamli karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi.
Stereoskop– bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni koʻruvchi va oʻsha joyning past - balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma. Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi oʻxshash nuqtalarni birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz. Shundan keyin oʻsha joyning relyefini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Koʻzlar orasida interval (masofa) qanchalik katta boʻlsa, ikki suratning farqi va relyefni koʻrish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi.
Bunday asboblar turlicha boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu
koʻzoynak koʻrinishidagi va suratlar ustiga qoʻyilib koʻriladigan stereoskopdir. Koʻzoynak koʻrinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch oʻlchamli tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qoʻyish orqali hosil qilinadi. Bunday koʻrish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali koʻrsatib beradi. Bu koʻzoynak linzalari 2 xil – qizil va koʻk ranglarda boʻladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil rangda, oʻng tarafdagi rasm esa koʻk rangda olinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir joyning surati orqali oʻsha joyning uch oʻlchamli tasvirini uning relyeflari bilan birgalikda koʻrishimiz mumkin. Bunday koʻrinish ayniqsa kompyuter bilan ishlaganda juda qoʻl keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq koʻra olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin boʻladi.
Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud boʻlib, bu qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning oʻrniga avtomatik uch oʻlchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qoʻllaniladigani MatLAB va har bir dastur ichida uch oʻlchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz mumkin. Stereoskopik jarayonda uch oʻlchamli koʻrinish inson miyasida qayta ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga oʻrnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil qilinadi.