1. Geoaxborot tizimi tushunchasi.
Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat . Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarishdeb tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi, turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.
Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif
berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif b eradi: “Geografik axborot tizimi – bu ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik toʻliq emas, chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida koʻrsatilmagan, vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq va tushunish uchun osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, tahlil qilish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”.Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq koʻrinish beradigan boʻlsak, unda geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining geografik ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompleks tizimdir, degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyida eng aniq ta’rifni bersak boʻladi: “Geoaxborot tizimi – bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻ lgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy izimdir”.Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish, u aqidagimuhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha ta’riflarning amirida
yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni bosh ta’rif deb qabul qilish mumkin.
Yuqorida berilgan ta’rifdagi fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi deganda barcha yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni, joyning huquqiy va iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ko’plab muhim bo’lgan fazoviy ma’lumotlarni tushunish lozim.
Geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar oʻrtasida Kanadada paydo boʻlib,
Kanada geografik axborot tizimi (Canadian Geographic Information System CGIS) deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari
inventarizatsiyasini oʻtkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va kelajakdagi potensialini aniqlashdan iborat edi.
Hozirda rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi koʻplab ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, tabiiy resurslarni boshqa rish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa sohalarda qoʻllanilib kelmoqda. Geoaxborot tizimi bizning sayyoramizga tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr a’lumotlari,gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi materiallarini kuzatish, burgʻulash natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni integrallashtirgan holda hamma jabhalarni egallab kelmoqda. Geoaxborot tizimini kengroq rivojlantirishda xalqaro assotsiatsiyalar (BMT, YeH va b.), davlat uyushmalari, vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, ilmiy institutlar hamda xususiy firmalar qatnashmoqdalar. Koʻplab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan boʻlib, ularning vazifalariga geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy rejalashtirish, huquqiy uammolarni oʻz ichiga olgan geografik axborotlarni sir saqlagan holda yigʻish hamda tarqatish va boshqalar kiradi. Oʻzbekistonda 1991–1992-yillarda ʻzdavgeologqoʻmita fondi tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratishni oʻz ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999-yillarda„GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri uchun 1:25000 masshtabda, Fargʻona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va Oʻzbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GATloyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa Oʻzbekistonning 1:1000000 va Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi. Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli
kartalari Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan toʻliq tuzib boʻlindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi
oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi
2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va
Toshkent viloyati boʻyicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish
kelishilgan. Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablagʻ va kuch talab
etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning oʻrni katta. OʻzGASHKLITI da
qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan.
Hozirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi
doirasida ham Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish boʻyicha
ishlar boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy
geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045-sonli qarori asosida Oʻzbekiston
Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot
tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qa mrab oladigan hamda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi –
Milliy geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlar olib
borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga
integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va
vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan
axborot resurslari kompleksini oʻzida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |