Bog'liq 8-sinf jahon tarixi xronologiyasi [uzsmart.uz]
1838-1842 - Birinchi afg’on-ingiliz urushi.
1878-1880 - Ikkinchi afg’on-ingiliz urushi.
1838 - Buyuk Britaniya Afg’onistonni o‘z ta’sir doirasiga olish maqsadida unga hujum qildi. Qisqa vaqt ichida Kobul shahrini egalladi. Taxtga Durroniylar sulolasining vakili Shuju o‘tqazildi.
1841 - Kobul aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu qo‘zg'olonda Do‘st Muhammadxonning o‘g’li Akbarshoh katta ro’l o‘ynadi. Buyuk Britaniya qo'shini qo‘mondonligi barcha harbiy qismlarini Afg'onistondan olib chiqib ketish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashga majbur bo'ldi.
1842 - Buyuk Britaniya qo‘shini Afg‘onistondan chiqib ketdi. Shu tariqa birinchi afg‘on — ingliz urushi Buyuk Britaniya mag'lubiyati bilan tugadi. Do’st Muhammadxonning amirlik hokimiyati qayta tiklandi.