P.S.Gipertrixoz- quloqda jun chiqishi, Ixtioz- terisining ko’p muguzlanishi
15. Daltonizm va kar- soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar- soqovlik autosomada joylashgan. Daltonik va kar- soqov erkak sog’lom ayolga uylanganda oilada bitta o’g’il daltonik, kar- soqov, bitta qiz daltonik lekin normal eshitadigan bo’lib tug’ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo’yicha ham kasal qiz tug’ilishi mumkinmi?
16. Odamlarda katarakta va polidaktiliya autosomaga joylashgan dominant gen tomonidan yuzaga chiqariladi. Bu genlar o’zaro to’liq bog’langan(krossingover kuzatilmaydi). Ikkala belgi bo’yicha geterozigotali ayol va erkak nikohidan fenotip va genotip bo’yicha qanday avlod kutish mumkin?
17. Odamda rezus faktor geni bilan eritrositlarning shaklini belgilovchi gen birikkan holda nasldan- naslga o’tadi. Ularning orasidagi masofa 3 morganidaga teng. Rezus- musbat va elliptositoz(eritrositlarning ellips shaklida bo’lishi) ga nisbatan geterozigotali bo’lgan erkak rezus- manfiy va normal eritrositli ayolga uylangan. Farzandlarning genotipi va fenotipini aniqlang.
18. Odamlarda polidaktiliya (6 barmoqlilik) dominant holatda nasldan naslga o’tadi. Geterozigotali 6 barmoqli erkak normal (5ta) bo’lgan ayolga uylanganda ularda 2 ta farzand tug’ilgan, bittasining barmoqlari 6 ta, ikkinchisiniki 5 ta. Bu bollalarning genotipini aniqlang. Gomozigotali 6 barmoqli erkak normal barmoqli ayol bilan turmush qurganda farzandlarfenotipi va genotipi qanday bo’lishi mumkin?
19.Vilson kasalligida mis elementining almashishi buziladi. Bu belgi retsessiv bo’lib, autosoma xromosomasiga bog’liq. Ota – onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog’lom (uning ota- onasi ham sog’lom) bo’lsa oilada kasal bolalar tug’ilishi mumkinmi?
20. Qo’y ko’zli (dominant belgi), chapaqay (retsessiv belgi) yigit ko’k ko’zli o’naqay qizga uylanganda ulardan ko’k ko’zli chapaqay bola tug’ilgan. Bolaning va ota- onalarning genotipini aniqlang.
21. Shapko’r (dominant belgi), chapaqay (retsessiv belgi) erkak har ikkala belgisi bo’yicha sog’lom ayolga uylangan. Oilada ikki bola tug’ilgan; ularning bittasi ikkala belgi bo’yicha sog’lom, ikkinchisi chapaqay va shapko’r. Ota- onalarning va bolalarning genotipini aniqlang.
22. Qandli diabet bilan kasallangan, ammo yaxshi eshitadigan ayol sog’lom erkak bilan turmush qurgan. Shu oilada qandli diabet bilan kasallangan va kar bola tug’ilishi mumkinmi? (Qandli diabet va karlik retsessiv belgi hisoblanadi).
23. Talassemiya (kamqonlikning bir turi) chala dominant holatda autosoma orqali nasldan- naslga o’tadi. Gomozigotalilarda kasallik 90- 95 % o’lim bilan tugaydi, geterozigotalilarda kasallik yengil shaklda o’tadi. Agar ota- onalarda kasallik yengil shakda uchrasa, bolalarning sog’lom tug’ilish ehtimoli qancha?
24. Oilaviy giperxolesterinemiya autosoma orqali nasldan- naslga o’tadi. Geterozigota holatda kasallik qonda xolesterin miqdorining ko’payishi bilan xarakterlanadi, gomozigota holatida esa undan tashqari ksantoma va ateroskleroz ham kuzatiladi. Har ikkala ota- onada qonda xolesterin yuqori miqdorda bo’lganda bolalarda giperxolesterinemiyaning rivojlanish darajasi ehtimolligini aniqlang.
25. Leykositlar yadrosi segmentlanishining Polger anomaliyasi autosoma orqali chala dominant belgi sifatida nasldan naslga o’tadi. Gomozigotali holatda yadro segmentatsiyasi kuzatilmaydi, geterozigotali holatda esa segmentatsiyada buzilish kuzatiladi. Ota- onalardan birida segmentatsiya buzilgan bo’lib, ikkinchisida normal holatda bo’lsa, bolalarda leykosit yadrosi segmentatsiyasi qanday bo’lishini; ota- onalardan birida segmentlashmaydigan ikkinchisida normal bo’lsa bolalardagi segmentlanish xarakterini aniqlang.
1. II qon guruhli gomozigota ayol III qon guruhli gomozigota erkakka turmushga chiqsa, bu nikohdan qaysi qon guruhiga ega bo’lgan bolalar tug’iladi?
2. II qon guruhli, ko’k ko’z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko’k ko’z, besh barmoqli otadan I qon guruhli, ko’k ko’z, 5 barmoqli farzand tug’ildi (qo’y ko’zlik ko’k ko’zlik ustidan dominantlik qiladi). Ota- ona genotipini aniqlang.
3. AaBb genotipga ega bo’lgan organizmlar o’zaro chatishtirilganda fenotip bo’yicha qanday nisbat olinadi?
4. Bug’doy doning rangi ikki juft polimer genlar bilan belgilanadi va donning rangi qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq bo’lishi mumkin. Quidagi genotiplarning qaysi biri doning pushti rangini belgilaydi? 1) A1a1A2a2; 2) a1a1A2a2; 3) A1A1A2a2; 4) A1a1A2A2; 5) A1a1a2a2;
6) A1A1a2a2;
5.Bug’doy donining rangi ikki juft polimer genlar bilan belgilanadi va doning rangi qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq bo’lishi mumkin. Quidagi genotiplarning qaysi biri donning qizil rangini belgilaydi? 1) A1a1A2a2; 2) a1a1A2a2; 3) A1A1A2a2; 4) A1a1A2A2; 5) A1a1a2a2; 6) A1A1a2a2;
6. Digeterozigota organism necha hil gameta hosil qiladi?
7. . Digeterozigotalar chatishtirilganda necha xil genotipik sinf hosil bo’ladi?
9. Digeterozigotali sariq rangli, silliq shaklli donga ega ikkita no’hat navlari o’zaro chatishtirilsa, avllodda sariq donning soni yashil ranga, silliq shaklining soni burishgan shaklga qanday nisbatda bo’ladi?
10. Drozofila pashshasida ko’zning oq rangi X- xromosomadagi ressesiv gen bilan ifodalanadi.
Agar oq ko’zli urg’ochi pashsha qizil ko’zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da olingan duragaylarning qaysi birida ko’zning rangi qizil bo’ladi?
11.Drozofila pashshasida ko’zning oq rangi X- xromosomadagi ressesiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko’zli urg’ochi qashsha qizil ko’zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da olingan duragaylarning qaysi birida ko’zning rangi oq bo’ladi?
12.Drozofila pashshasida ko’zning oq rangi X- xromosomadagi ressesiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko’zli urg’ochi pashsha qizil ko’zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da qanday ajralalish namayon bo’ladi?
13.Drozofila pashshasining spermotozoidlarida nechta va qanday xromosomalar bo’ladi?
14.Dukkagi oddiy (dominant) shaklli no’hat navi dukkagi bo’g’imli shaklga ega bo’lgan navi bilan chatishtirilsaF2 da genotip bo’icha qanday ajralish namayon bo’ladi?
15. Dukkagi oddiy (dominant) shaklli no’hat navi dukkagi bo’g’imli shaklga ega bo’lgan navi bilan chatishtirilsa F2 da genotip bo’icha qanday ajralish namayon bo’ladi?
16. Ikkita har hil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib P, gardishsimon qovoqlar olindil. P2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. P2 bo’g’inda olingan uzunchoq mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan?
17.Ikkita har hil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda olingan uzunchoq mevali o’simlikalarning nechtasi gomozigotali bo’ladi?
18.Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda olingan yumaloq mevali o’simliklarning nechtasi geterozigotali bo’ladi?
19. Itlar jun rangining qora bo’lishi jigarrang bo’lishi ustidan, kalta bo’lishi uzun bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Har ikkala belgining rivojlanishini ta’minlovchi genlar boshqa- boshqa xromosomalarda joylashgan. Agar digeterozigotali qora va kalta junli itlar o’zaro chatishtirilganda keyingi avlodda olingan kuchukchalarning necha foizi kalta va qora junli bo’ladi?
20. Qaysi genotipli organizmlar ikkita (1), to’rtta (2), sakkista (3), va o’n oltita (4) gametalar hosil qiladi? a)aabbccDd; b) aaBbCcdd; c) AABBccdd; d) AabbCcDc; e) AaBbCcDDEe; f) aaBbccddee; j) AabbCCDd; k) aaBbccDdEe; i) aaBbCcDdEe …
21. Qanday genotipli organizmlar chatishtirilsa avlodda 64 ta kombinatsiya hosil bo’ladi?
22. Qanday genotipli tovuq va ho’rozlar chatishtirilganda, keyingi avlodda tovuqlarning barchasi faqat qora tovuq, ho’rozlar esa faqat chipor tusli bo’ladi? (Chipor rang dominant belgi)
23. Qanday chatishtirishda avlodda genotip va fenotip bo’icha 1:1:1:1:1:1:1:1 nisbbatda ajralish olinadi?
24. Qovoq o’simligi mevasining shakli ikki juft komplementar genlar bilan belgilanadi. Quidagi genotiplarning qaysi biri qovoqning gardishsimon shaklini belgilaydi? 1) Aabb; 2) AABb;
3) AABB; 4) AaBB; 5) AaBb; 6) aaBB; 7) aaBb; 8) AAbb
25. Quyonlarda yungining normal uzunligi domint (B), qisqaligi(b) ressesiv belgi hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar BB x bb o’zaro chatishtirilishidan qanday fenotipli organizmlar hosil bo’lishini aniqlang?
27. Quyonlarda yungining normal uzunligi domint (B), qisqaligi(b) ressesiv belgi hisoblanadi. Normal yungli quyon qisqa yungli quyon bilan chatishtirilganda, hamma duragaylar normal yungli bo’ldi. Ota- ona formalarning genotipini toping?
29. Quyonlarda yungining normal uzunligi domint (B), qisqaligi(b) ressesiv belgi hisoblanadi. Normal yungli quyon qisqa yungli quyon bilan chatishtirilishi natijasida 50% normal yungli, 50% qisqa yungli quyonlar olindi. Ota- ona formalarning genotipini toping.
30. Quyonlarda yungining normal uzunligi domint (B), qisqaligi(b) ressesiv belgi hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar Bb x Bb o’zaro chatishtirilishidan qanday fenotipli organizmlar hosil bo’lishini aniqlang.
31. Quyonlarda yungining normal uzunligi domint (B), qisqaligi (b) ressesiv belgi hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar Bb x bb o’zaro chatishtirilishidan qanday fenotipli organizmlar hosil bo’lishini aniqlang?
32. Quyonlarda yungining normal uzunligi domint (B), qisqaligi (b) ressesiv belgi hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar Bb x BB o’zaro chatishtirilishidan qanday genotipli organizmlar hosil bo’lishini aniqlang.
33. Quidagi genotiplar necha hil gameta hosil qiladi? a) AABBCCDD; b) aabbccDdmm;
c) AabbCCcc; d) AaBB; e) AaBBCcDdmm;
34. Quyidagi qanday genotipli ota onadan daltonik o’g’illar tug’ilishi mumkin?
1) XDXD x XDY; 2) XDXd x XDY; 3) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY
35. Kulrang uzun qanotli erkak drozofila pashshasini (BbVv) qora rang kalta qanotli urg’ochi drozofila (bbvv) pashshasi bilan chatishtirish natijasida avlodlar o’rtasida faqat ota- onalarga o’hshash formalar teng miqdorda olingan. Bunga sabab nima?
36. No’hatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi kalta poyali, qizil gultojbargli formasi bilan chatishtirildi. Bunda F1 da 120 ta uzun poyali qizil gulli o’simlik hosil bo’ldi. F2 da hosil bo’gan 720 ta o’simlikdan nechtasi uzun poyali oq gultojbargli bo’ladi?
37. No’hatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi kalta poyali, qizil gultojbargli formasi bilan chatishtirildi. Bunda F1 da 120 ta uzun poyali qizil gulli o’simlik hosil bo’ldi. F2 da hosil bo’gan 720 ta o’simlikdan nechtasi uzun poyali qizil gultojbargli bo’ladi?
38. Odamda normal eshitish dominant, karlik ressesiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota- onadan tug’ilgan farzandlarning necha foyizi ota- onaga genotip jihatdan o’hshash bo’ladi?
39. Odamda normal eshitish dominant, karlik ressesiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota- onadan tug’ilgan farzandlarning necha foyizi ikkita belgisi bo’yicha gomozigotali bo’ladi?
40. Odamlarda kipriklarning uzun bo’lishi dominant genga, kalta bo’lishi ressesiv genga bog’liq. Uzun kiprikli ayol bilan kalta kiprikli erkak turmushidan 9 ta farzand tug’ildi deb faraz qilaylik. Ularning 4 tasi uzun kiprikli, 5 tasi kalta kiprikli bo’lsa ota- ona genotip qanday bo’ladi?
41.Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigota organizmlarning sochi to’lqinsimon bo’ladi. O’ng qo’lni ishlatish va normal eshitish chapaqaylik va karlik ustidan to’liq dominantlik qiladilar. Jingalak sochli, o’naqay, normal eshituvchi ayol, to’lqinsimon sochli, chapaqay, normal eshituvchi erkakka turmushga chiqqan. Ularda to’lqinsimon sochli, chapaqay, kar farzand tug’ilgan bo’lsa, ota- ona genotipini aniqlang?
42. Onasi gemofiliya tashuvchisi, otasi sog’lom bo’lgan oilada qiz bolalarning necha foyozi gemofiliya bilan kasallangan bo’ladi?
43. Onasi gemofiliya tashuvchisi, otasi sog’lom bo’lgan oilada o’g’il bolalarning necha foyizi gemofiliya bilan kasallangan bo’ladi?
44. Ota- onalarning genotipi qanday bo’lganda, tahliliy chatishtirish natijasida olingan duragaylarda genotip bo’yicha 1:1:1:1 nisbatda ajralalish namayon bo’ladi?
45. Otasi gemofiliya bilan og’rigan, onasi sog’lom bo’lgan oilada gemofilitik o’g’il tug’iladimi?
46. Polimeriya hodisasida F2 bo’g’inda fenotip bo’yicha qanday nisbat kuzatiladi?
47. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq ranga ega bo’lgan ota – ona o’simliklari chatishtirilganda, 50% qizil, 50% sariq rangli duragaylar vujudga keldi. Ota – ona formalarining genotipini toping?
48. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq ranga ega bo’lgan ota – ona o’simliklari chatishtirilganda,75% qizil, 25% sariq rangli duragaylar vujudga keldi. Ota – ona formalarining genotipini toping?
49. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq ranga ega bo’lgan ota – ona o’simliklari chatishtirilganda, F1 da 100% qizil rangli mevaga ega duragaylar vujudga keldi. Ota – ona formalarining genotipini toping?
50. Pomidor mevasining shakli yumaloq (A) shakli noksimon (a) shakli ustidan, qizil (B) rangli sariq (b) rangi ustidan dominatlik qiladi. Agar qizil rangli yumaloq va qizil rangli noksimon bo’lgan, birinchi belgisi bo’yicha geterozigotali pomidorlar o’zaro chatishtirilsa, olingan avlodda fenotip bo’yicha qanday ajralish kuzatiladi?
51. Pomidor mevasining shakli yumaloq (A) shakli noksimon (a) shakli ustidan, qizil (B) rangli sariq (b) rangi ustidan dominatlik qiladi. Tajribada yumaloq qizil rangli pomidor (ikki belgisi bo’yicha gommozigotali) noksimon sariq rangli pomidor bilan o’zaro chatishtirildi. F1 duragaylarining fenotipini toping?
Do'stlaringiz bilan baham: |