Qon guruhlari
1.I qon guruhli yigit bilan IV qon guruhli ayol turmush qurganda ulardan qanday qon guruhli farzandlar tug’iladi? A.2 B.3 C.4 D.2,3
2.Geterozigotali ikkinchi va uchinchi qon guruhlar o’zaro chatishtirilganda qaysi qon guruhli bolalar tug’iladi?
A.1,2 B.2,3 C.3,4 D.Barcha javob to’g’ri
3.Nechanchi qon guruhli ota-ona chatishtirilganda faqat 2 va 3-qon guruhli farzandlar tug’iladi?
A.1,4 B.2,3 C.1,3 D.1,2
4.Qaysi qon guruhlar o’zaro chatishtirilganda barcha qon guruhli farzandlar tug’iladi?
A.1,2 B.2,3 C.3,4 D.1,4
5.Geterozigotali ikkinchi qon guruhli erkak bilan 4 qon guruhli ayol turmush qurganda nechanchi qon guruhli farzand tug’ilmaydi. A.1 B.2 C.3 D.4
6.Birinchi qon guruhli erkak bilan geterozigotali uchinchi qon guruhli ayol turmush qurganda ulardan tug’ilgan farzandlarning nechtasi birinchi qon guruhli bo’ladi?
A.1 B.2 C.3 D.4
7.Oilada 1 ta farzand dunyoga kelgan u ham to’tinchi qon guruhli. Ota-ona nechanchi qon guruhli bo’lgan?
A.2,3 B.2,4 C.3,4 D.1,4
8.To’rtinchi qon guruhli erkak bilan gomozigotali ikkinchi qon guruhli ayol turmush qurganda tug’ulgan farzandlarning necha % i uchinchi qon guruhli bo’ladi? A.0 B.25 C.50 D.100
9.Geterozigotali ikkinchi qon guruhli ayol bilan to’rtinchi qon guruhli erkak turmush qurganda ularda tug’ilgan farzandlarning necha % i uchinchi qon guruhli bo’ladi. A.0 B.25 C.50 D.100
10.Birinchi qon guruhli bilan uchinchi qon guruhlilar chatishtirilganda nechanchi qon guruhlilar olinadi?
A.1 B.2 C.3 D.4
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi
1.Pomidor o’simligida shoxlarning uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo’lib, bir xromosomada joylashgan bo’ladi. Uzun poyali (H) va yumaloq mevali (D) gomozigotali pomidor bilan kalta poyali (h) noksimon mevali (d) pomidor chatishtirilganda F1 da 110 ta o’simlik olingan. F1 lar o’zaro chatishtirilganda F2 da 1200 ta o’simlik yetishtirilgan: Savol: 1)F2da uzun poyali yumaloq mevalilar qancha. 2) F2 ning nechtasi genotip jihatdan F1 ga o’xshaydi. 3) F2 da genotip va fenotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi4) F1 da necha xil gameta hosil bo’ladi5) F2 da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi. 6) F2 da hosil bo’lgan kalta poyali noksimon mevali pomidorlar nechta bo’ladi? 7) F2 da olingan pomidorlarning nechtasida keyingi avlodda ajralish ro’y beradi?
2. Pomidor o’simligida shoxlarning uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo’lib, bir xromosomada joylashgan bo’ladi. Uzun poyali (H) va yumaloq mevali (D) kalta poyali (h) noksimon mevali (d) holda bo’ladi. Getrozigotali pomidor bilan kalta poyali noksimon pomidor o’zaro chatishtirildi.
Savol 1)Olingan pomidorlarning necha % ida keyingi avlodda ajralish ro’y beradi; 2) olingano’simliklarning necha % i kalta poyali noksimon bo’ladi;
3.Xitoy pirmulasi gulining ustunchasi va og’izchasi rangini belgilovchi genlar bir xrom
osomada joylashgan. Gul ustunchasining qisqaligi (A), uzunligi (a) og’izchasining yashil rangi (B), qizil rangi (b). Geterozigotali ustunchasi qisqa yashil rangli pirmulalar o’zaro chatishtirildi.
Savol 1) olingan o’simliklarning necha % i qisqa ustunchali va yashil og’izchali bo’ladi 2) olingan o’simliklarning nechtasida keyingi avlodda ajralish ro’y beradi 3) olingan o’simliklarning nechtasi ota-onaga o’xshamaydi.
4.Drozofila pashshasiga tanasining qora rangda bo’lishi (b) kulrang rangda (B), qanotlari uzun bo’lishi dominant (A) kalta bo’lishi retsessiv (a) bo’ladi. Geterozigotali pashshalar o’zaro chatishtirilganda 300 ta pashsha olingan.
Savol; 1) olingan pashshalarning nechtasida keyingi avlodda ajralish ro’y bermaydi; 2) olingan pashshalarning nechtasi F1 ga o’xshaydi. 3) olingan pashshalarning nechtasi genotip jihatdan ota-ona pashshadan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |