64-masala. Ikkita kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali, uzun qanotli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak?
65-masala. Kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 50% i kulrang tanali, uzun qanotli va 50% i kalta qanotli, lekin kulrang tanali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning va chatishtirishdan keyin olingan pashshalarning genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |