Genetika fanining tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida bu fan doirasida
fanlar darajasiga ko'tarildi. Shuning uchun ham biz bayon etgan genetika fanining
1. Genetik fanlar o'rganayotgan ob'ektiga qarab quyidagi xususiy genetik fanlarga
ajratiladi: odam genetikasi, hayvonlar genetikasi, o'simliklar genetikasi,
Yuqorida keltirilgan yirik xususiy genetik fanlar o'z navbatida ayrim organizmlar
turi, turkum genetikasini o'rganadigan kichik xususiy genetik fanlarga bo'linadi.
Masalan, o'simliklar genetikasi doirasida quyidagi xususiy genetik fanlar paydo
bo'ldi: bug'doy genetikasi, kartoshka genetikasi, g'o'za genetikasi va boshqalar.
2. Genetik fanlar ilmiy – tadqiqotlarda qo'llaniladigan metodlariga qarab
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
Ontogenetika (fenogenetika) – genlar faoliyati natijasida organizm belgi va
xususiyatlarining ontogenez (shaxsiy rivojlanish) jarayonida uning fenotipida
rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qiladi;
Sitogenetika – duragaylash genetik tahlil metodini sitologik metod bilan kompleks
holda qo'llaydigan fan;
Mutatsion genetika – organizmlar genotipining mutatsion (irsiy) o'zgarish
qonuniyatlarini tadqiq etadi;
Ekologik genetika – organizmlar genotipining fenotip tariqasida rivojlanishiga
ekologik omillarning ta'sirini o'rganadi. Ularning genofondini ekstremal omilning
salbiy ta'siridan saqlash muammolarini yechish usullarini yaratadi;
Populyatsion genetika – populyatsiya genofondining sifat va miqdor tarkibi,
populyatsiyada genlar va genotiplarning tarqalish, hamda taqsimlanish
qonuniyatlarini o'rganadi;
Tibbiyot genetikasi – odamlarda irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablarini
diagnostika qilish va davolash metodlarining genetik asoslarini ishlab chiqadi;
Molekulyar genetika – irsiyat va o'zgaruvchanlikning moddiy asosi bo'lgan
genlarning strukturasi va funktsiyasini tadqiq etadi.
Genetik injeneriya – molekulyar genetikaning nazariy yutuqlariga asoslangan
holda gen va xromosoma injeneriyasi bo'yicha amaliy natija beruvchi tadqiqotlar
o'tkazadi. Transgen o'simliklar, hayvonlar forma-larini yaratish, ayrim
xromosomalarni yoki uning foydali gen joylashgan bo'lagini ko'chirib o'tkazish
orqali yangi formalar yaratish bilan shug'ul-lanadi.
Biotexnologiya – genetik injeneriya metodi bilan olingan yangi genotipga ega
bo'lgan organizmlar yordamida fiziologik aktiv moddalar, rekombinant oqsillar,
dori sifatida ishlatiladigan moddalar olish metodlari va texnologiyalarni yaratadi,
hamda amaliyotga tadbiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: