Monoduragay chatishtirish
1.Irsiyat qonunlarining yaratilishida
G. Mendel qaysi metodga asos solgan?
A) duragaylash B) sitogenetik
C) molekulyar genetik D) genetik injeneriya
2.Gomozigota qora junli buqa bilan, gomozigot qizil junli sigirlar chatishtirilib, qora rangli buzoq olindi. Buzoqning genotipini aniqlang.
A)aa B)Aa C)AA D)AaBb.
3. Qora rangli (AA) molni qizil rangli (aa) buqa bilan chatishtirish natijasida F1 da qanday natija kutish mumkin?
A) 100% qora B) 100% qizil
C) 75% qora va 25% qizil
D) 50% qora va 50% qizil
4. Geterozigota (Aa) qora quyonlar o'zaro chatishtirilsa, keyingi bo'g'inda ajralishlar fenotip va genotip bo'yicha qanday bo'lishini aniqlang?
A) l Aa: laa (1 ta qora, 1 taoq)
B) 1 Aa: laa (hammasi qora)
C) 1 АА: 2 Аа: laa (3ta qora, 1 ta oq)
D) 1 AA: 2Aa (3 ta oq 1 ta qora)
5. Kulrang (Aa) geterozigota qo'y bilan qora rangli qo'chqor (aa) chatishtirilganda F1 da qanday fenotipli organizmlarni kutish mumkin?
A) hammasi qora B) hammasi kulrang
C) 75% qora, 25%kulrang
D) 50 % qora,50%kulrang
6. Mioplegiya kasalligi dominant belgi sifatida nasldan naslga o'tadi. Quydagi genotipli organizmlarning qaysi biridan 50% kasal, 50% sog' bolalar tug' iladi?
A)AA x aa B)Aa x Aa C)Aa x AA D)Aa x aa
7.Geterozigota (Aa) qora rangli sigirni qizil rangli (aa) buqa bilan chatishtirish natijasida F1 da qanday fenotipli buzoqcha olish mumkin?
A) faqat qora B) faqat qizil
C)75% qora, 25% qizil D) 50% qora, 50% qizil
8. Geterizogata qizg'ish poyali (Aa) pomidor gomozigota yashil (aa) pomidor bilan chatishtirildi. Duragaylarning fenotip va genotipini aniqlang?
A) l Aa: 1 aa (1 ta qizg'ish, 1 ta yashil)
B) l AA: 1 aa (1 ta qizg'ish, 1ta yashil)
C) l AA: 1 Aa (hammasi qizg'ish)
D) l AA: 1 aa (hammasi yashil)
9. Geterozigota poyasi uzun (Aa) o'simlik gomozigota past bo'yli (aa) o'simlik bilan chatishtirildi. Durigaylarni genotip va fenotip bo'yicha ajralishini belgilang.
A)l Aa: 1 aa (1 ta uzun: 1 ta past bo'yli)
B)l AA: laa (1 ta uzun: 1 ta past bo'yli)
C)l AA: lAa (hammasi uzun poyali)
D)l AA: 2 Aa: aa(3 ta uzun poyali: 1 ta past bo'yli)
10. Shoxsiz mol bilan (AA) shoxli (aa) buqani chatishtirish natijasida F1 da qanday buzoqchalarni kutish mumkin?
A)shoxsiz B)shoxli
C)75% shoxsiz, 25% shoxli
D) 50% shoxli, 50% shoxsiz
11. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a)ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq rangga ega bo'lgan ota- ona formalar chatishtijilganda 50 % sariq, 50 % qizil formalar olingan Ota ona genotipini toping?
A)Aa x aa B)AA x aa C)Aa x Aa D)Aa x AA
12.Quyidagi qo'yko'zlik dominant, ko'kko'zlik retsessiv belgi bisoblanadi. Agar geterozigota qo'y ko'zli yigit ko'k ko'zli qiz bilan turmush qursa ulardan tug'ilgan bolalarning genotopi qanaqa bo'ladi?
A)Bb B)Bb va bb C)bb D)BB
13.Kulrang (AA) gomozigota qo'y bilan qora rangli qo'chqor (aa) chatishtirilganda F2 da qanday fenotipli organizmlarni kutish mumkin?
A)hammasi qora B)hammasi kulrang
C)75% qora, 25% kulrang
D)25 % qora, 75% kulrang
14. Mioplegiya kasalligi dominant belgi sifatida nasldan naslga o'tadi. Quydagi genotipli organizmlarning qaysi biridan 50% kasal, 50% sog' bolalar tug'iladi?
A) AA x aa B) Aa x Aa
C) Aa x AA D) Aa x aa
15.Pomidorda mevaning tuksiz bo'lishi tukli bo'lishidan dominantlik qiladi. Tuksiz mevali pomidor bilan tukli mevali pomidor chatishtirilganda, F2 da ajralish nisbati qanday bo'ladi?
A) 1/2 tuksiz: 1/2 tukli B) 1/4 tuksiz : 3/4 tukli C)2/4 tuksiz : 3/4 tukli D) 3/4 tuksiz : 1/4 tukli
16.Quyonlarda qaysi genlar allel hisoblanadi? A) xurpaygan, kulrang B) xurpaygan, oq C) silliq, kulrang D) silliq, xurpaygan
17. Quyidagi belgilarning qaysi biri allel genlarga misol bo'la oladi?
A)sariq, silliq B) bujmaygan, yashil
C)qora, qizil D) qizil, shoxli
18.Organizm individual rivojlanishida hosil bo'lgan belgi va hususiyatlar yig'indisiga nima deyiladi?
A) gen B) parentale C) fenotip D) genotip
19. Genetikaga nechanchi yili asos solindi?
A) 1865 B)1900 C)1800 D) 1965
20.Agar geterozigota qo'yko'zli yigit va qiz turmush qursa, ulardan tug'ilgan bolalarning genotipi qanaqa bo'ladi?
A)Bb, bb B)BB va Bb C) Bb D) BB, Bb, bb
21.Quyidagi belgilar orasidan noallel genlarni ko'rsating.
A) shoxsiz, shoxli B) qizil, oq
C)silliq , jingalak D) shoxli, qizil
22.Pomidorda mevaning tuksiz bo'lishi tukli meva ustidan to'liq dominantlik qilsa, tuksiz mevali geterozigotali pomidor bilan tukli mevali pomidor chatishtirilganda, ajralish nisbati qanday bo'ladi?
A)l/2 tuksiz : 1/2 tukli B) 1/4 tuksiz : 3/4 tukli C)2/4 tuksiz : 3/4 tukli D)3/4 tuksiz : 1/4 tukli
23.Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq rangga ega bo'lgan ota-ona formalar chatishtirilganda 100% qizil formalar olingan Ota ona genotipini toping?
A) Aa x aa B)AA x aa C)Aa x Aa D) Aa x AA
24. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gomozigotali gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo'rozlar bilan chatishtirilganda olingan duragaylar o'zaro chatishtirilgan. olingan duragaylami fenotip bo'yicha ajralish nisbati qanday?
A) 1 ta no'xotsimon, 2 ta gulsimon, 1 ta oddiy
B) 3 ta gulsimon, 1 ta oddiy
C) 1 gulsimon, 2 ta yong'oqismon, 1 oddiy
D) hammasi gulsimon
25.Mendelning birinchi qonuni qanday ataladi?
A) dominantlik B) retsessivlik
C) mustaqil irsiylanish D) ajralish
26.Monoduragay chatishtirishda necha juft belgilar bisobga olinadi?
A)2 B)l C)3 D)4
27. To'liq irsrylanishning birinchi bo'g'in duragaylar fenotipida namoyon bo'lmaydigan belgini aniqlang?
A) gomolog B) dominant C) retsessiv D) allel
28. Monoduragay chatishtirishda ikki xil irsiy formaga ega bo'lgan gomozigota formalar ishtirok etgan F2 duragaylarini hosil bo'lishida ishtirok etgan gametalar nisbati qanday bo'ladi?
A)3:l B)l:2:l . C)2:2 D) 2:1:1
29. Uzun quloqli (AA) urg'ochi sichqon bilan, kalta quloqli (aa) sichqon chatishtirilganda F1 da qanday fenotipli sichqonlarni kutish mumkin?
A) uzun quloq B) kalta quloq
C)757 uzun quloq va 257 kalta quloq
D)257 uzun quloq va 757 kalta quloq
30. Mendel qonunlari qaysi olimlar tomonidan qayta ochildi?
A) T. Morgan, De-Friz
B) E. Chermak, De-Friz, J. Kyuve
C) De-Friz, E. Chermak, К Korrens
D) N.I. Vavilov, T.Morgan, К Korrens
31. Dominantlik deb nimaga aytiladi?
A) bir belgini tashiydigan gen
B) o'zaro chatishtirilganda fenotipda namoyon bo'ladigan gen
C) geterozigota holatda ustun chiqadigan gen
D) ikkinchi bo'g'inda fenotipda namoyon bo'ladigan gen
32."Gametalar sofligi" gipotezasiga to'g'ri izoh
berilgan javobni aniqlang
A)har bir gametalar juft genlarning ikkitasini ham o'zida saqlaydi
B)har bir gametalar juft genlardan faqat bittasini o'zida saqlaydi
C)har bir gametada juft genlarning ikki hissa ortgan holati saqlanadi
D)geterozigotalilar nasldan-naslga sof holda o'tadi
33. Dengiz cho'chqalarning silliq junli bo'lishi retsessiv genga bog'liq, hurpaygan dominant gen bilan aniqlanadi. Hurpaygan junli ikkita dengiz cho'chqalari chatishtirilganda ulardan 36 tasi hurpaygan 11 tasi silliq junli bo'ldi. Ularning ichida nechtasi dominant gomozigotali?
A)11 B)12 C)36 D)24
34. Mendelning ikkinchi qonuni qanday ataladi? A) ajralish
B) belgilarning mustaqil holda irsiylanishi
C) dominantlik D) gametalar sofligi
35. No'xat o'simligining dominant (1) va retsessiv (2) holda irsiylanuvchi belgilarini aniqlang. a) burishgan don; b) уashil don; c) bo'g'imli dukkak; d) oddiy dukkak; e) qizil gul; f) silliq don
A) l-a,b, c; 2-d,e, f B) 1-d, e, f; 2-a, b, с
С) 1-a, с, f; 2-b, d, e D) 1-b, d, e; 2-a, c, f
36. Juft genlar qayerda joylashgan bo'ladi?
A) nogomologik xromosomalarda
B) faqat autosomalarda
C) gomologik xromosomalarda
D) faqat jinsiy xromosomalarda
37. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) retsessiv. Tajribada gomozigotali gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo'rozlar bilan chatishtirildi. Fl duragaylari bilan tahliliy chatishtirish o'tkazilsa, F2, da qanday xilma-xillik vujudga kelishini aniqlang.
A) 50% gulsimon tojli, 50% oddiy tojli
B) 75% gulsimon tojli, 25% oddiy tojli
C) 25% gulsimon tojli, 75% oddiy tojli
D) 100% gulsimon tojli
38. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), qisqaligi (b) retsessiv belgi hisoblanadi. Normal yungli quyon qisqa yungli quyon bilan chatishtirilganda, hamma duragaylar normal yungli bo'ldi. Ota-ona formalarining genotipini toping.
A)Bb x BB B)Bb x bb G)BB x bb D)Bb x Bb
39. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil rangga ega bo'lgan ota-ona O'simliklari chatishtirilganda, 75% qizil, 25% sariq rangli duragaylar vujudga keldi. Ota-ona formalarning genotipini toping.
A)Aa x Aa B)AA x aa C)Aa x AA D)Aa x aa
40.Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qizil va sariq rangga ega bo'lgan ota-ona o'simliklari chatishtirilganda, 50% qizil, 50% sariq rangli duragaylar vujudga keldi. Ota-ona formalarning genotipini toping.
A)Aa x Aa B)AA x aa C)Aa x AA D)Aa x aa
41. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A) oddiy toj (a) retsessiv. Tajribada gulsimon tojli geterozigota tovuqlar oddiy tojli xo'rozlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarining fenotipi va genotipini toping.
A)gulsimon tojli, Aa
B)oddiy tojli, Aa
C)gulsimon tojli, aa
D)gulsimon tojli, oddiy tojli Aa,aa
42. Qaysi organizmlar chatishtirilganda Fl da fenotip bo'yicha 1:1 nisbat kuzatiladi?
A)AA x AA B)Aa x Aa C)Aa x aa D)Aa x aa
43. Dukkagi oddiy (dominant) shaklli noxat navi dukkagi bo'g'imli shaklga ega bo'lgan navi bilan chatishtirilsa F2 fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?
A)100% oddiy B)1 oddiy: I bo'gimli
C)3 oddiy : 1 bo'g'imli D)3 bo'g'imli: 1 oddiy
44. Dukkagi oddiy (dominant) shaklli no'xat navi dukkagi bo'g'imli shaklga ega bo'lgan navi bilan chatishtirilsa F2 genotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?
А)1:2:1 B)13:3 C)l:1 D)3:1
45. Odamlarda kipriklarning uzun bo'lishi dominant genga, kalta bo'lishi retsessiv genga bog'liq. Uzun kiprikli ayol bilan kalta kiprikli erkak turmushidan 9 ta farzand tug'ildi deb faraz qilaylik. Ularning 4 tasi uzun kiprikli, 5 tasi kalta kiprikli bo'lsa ota-ona genotipi qanday bo'ladi?
A)Aa x aa B)aa x AA C)AA x Aa D)Aa x Aa
46. Sariq va yashil rangli gomozigota bo'lgan no'xotlarni chatishtirishda F2da fenotip jihatdan qanday nisbatda ajralish mumkin?
A)2:1 B)l:2:1 C)3:1 D)l:1
47.Keltirilgan genotiplarning qaysi birlari
dominanatlik belgilarini hosil qilishi mumkinlgini ko'rsating.
A) Aa, AA ,aa B)AA,aa,aA
C) AA,Aa,aa D)AA,Aa,aA
48. Oq lekgorn zotli va qora patli parrandalar chatishtirilganda umumiy hisobda F1 da bir necha yuzlab oq patli jo'jalar olingan. F2 da 586 ta jo'ja olingan bo'lsa, ularning nechtasi oq lekgorn zotli bo'lgan?
49. Oq lekgorn zotli va qora patli parrandalar chatishtirilganda Fl da 2521 a oq va 262 ta qora patli jo'jalar olingan. Ota-ona formalari va olingan duragaylarning genotiplarini aniqlang.
50.Pashshalar chatishtirilganida F2 da olingan avlodning 1392tasi kulrang va 467 tasi qora bo'ldi. Boshlang'ich ota-ona formalarining genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |